6.7. Windows OT ning asosiy menyusi (Pusk tugmachasi)
Windows asosiy menyusi Pusk tugmachasi yordamida ekranga chiqariladi va ekranda quyidagi holat paydo bo’ladi.
P rogrammi — bu menyu bo’limida yordamchi oyna mavjud bo’lib, bunda Windows yordamida ishga tushirilishi mumkin bo’lgan va o’rnatilgan barcha dasturlar ro’yxati mavjud. Bu dasturlar o’zining vazifasiga ko’ra yordamchi oynadan bo’limlarga bo’lingan holda tasvirlanadi. Programmi menyu bo’limida joylashgan dasturlarni ishga tushirish uchun dastlab "sichqoncha" ko’rsatkichi Pusk tugma-chasiga, so’ngra Programmi menyu bo’limiga keltiriladi va ekranda paydo bo’lgan dasturlar ro’yxatidan keraklisi tanlanadi va "sichqoncha"ning chap tugmachasi ikki marta osiladi. Masalan, Word matn muharririni ishga tushirish quyidagicha bajariladi:
Pusk—> Programmi—>Microsoft Word.
Dokumenti—bu menyu bo’limida foydalanuvchi matnli, jadvalli va boshqa dasturlarda ishlagan oxirgi 15 ta fayllarning ro’yxati mavjud bo’lib, ular asosan tez ishga tushi-rish uchun mo’ljallangan. Bundagi ixtiyoriy fayl "sichqoncha" tugmachasini bosish bilan ishga tushiriladi.
Spravka— bu menyu yordamida Windows muhitida yordam olish mumkin. Bu ishni [F1] tugmachasini bosish bilan ham bajarsa bo’ladi. Vipolnit— bu menyu qattiq diskda yoki CD-ROM disklarda joylashgan dasturlarni yuklash uchun xizmat qiladi. Ishga tushirilgan dastur o’zgartirilmaguncha menyu oynasida saklanadi. Zavershenie raboti—bu menyu yordamida kompyuterni o’chirish, qayta ishga tushirish, MS DOS rejimida qayta ishga tushirish, kompyuter ishini vaqtinchalik to’xtatish mumkin.
Zavershenie seansa—bu menyu ishlayotgan rejim(seans)dan chiqish uchun xizmat qiladi va bu rejimga qaytadan o’sha yoki boshqa nom hamda parol bilan kirishni ta’minlaydi.
Nastroyka—bu menyu tizimdagi barcha uskunalarni(printerlar, modem, shrift va hokazo) qayta sozlash imkonini beradi.
Nayti—bu menyu fayl va kataloglarni tez izlab topish, Internet hamda elektron pochta manzillarini topish uchun qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |