Taqrizchilar: Toshkent davlat texnika universiteti "Informatika" kafedrasi dotsenti O


Download 1.28 Mb.
bet39/70
Sana07.01.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1082690
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70
Bog'liq
Xolmatov T.X Informatika darslik

MATNLAR BILAN ISHLASH.
WORD MATH MUHARRIRI
7.1. Boshlangich ma’lumotlar

Kompyuterdan foydalanuvchi ish jarayonida biror hujjatni tez va yuqori sifatda kirill yoki lotin alifbosida tayyorlash hamda chop qilish zaruratiga ko’pincha duch keladi. Bunday vaziyatda u Microsoft firmasi tomonidan yaratgan WORD dasturida ishlashni bilishi lozim.


MS Word — bu matnli hujjatlarni tuzish, ko’zdan kechirish, tahrir qilish va chop etish uchun xizmat qiluvchi hamda Microsoft Office dasturlari guruhiga kiruvchi zamonaviy matn muharriridir.
MS Word — matnli va grafikli ma’lumotlar ustida yuzdan ortiq operatsiyalarni bajaruvchi hamda matnli protsessorlar sinfiga kiruvchi eng takomillashgan amaliy dasturlardan biri hisoblanadi.
MS Word yordamida ixtiyoriy ko’rinishdagi hujjatni juda tez va yuqori sifatda tayyorlash mumkin. Dasturning yana bir qulaylik tomoni shundan iboratki, unda bir nechta hujjatlar bilan, ya’ni ularni qo’shish, biridan ikkinchisiga kerakli joyni olib ko’chirish, matn yoniga tasvir tushirish, jadval tashkil qilish, turli shriftlar bilan ishlash, harflarni istalgan shakldayetarlicha katta formatda chop etish mumkin. Lekin, MS Word — ayrim «kamchiliklar» dan ham holi emas. Masalan: matematik ifodalar va kimyoviy formulalarni kiritishda katta qiyinchiliklar mavjud. Buvdan tashqari, juda murakkab strukturali poligrafik (atlaslar, albomlar va jurnal muqovalari) materiallarini tayyorlashda noqulaylik yuzaga keladi.
SHunday qilib, Word matn muharriri ko’magida rus va ingliz tilida har xil hujjatlar, xat, hisobot, maqola, tijorat xabarlari kabi bir turkum matnli ma’lumotlarni zudlikda tayyorlash va chop qilish mumkin. Bu matn muharriri yordamida o’zbek shriftida (kirill alifbosiga q,g’,h,o’ harflarni qo’shish nazarda tutilmokda) va lotin alifbosi asosida, o’zbek tilida har xil ma’lumotlarni ham osonlik bilan tayyorlash mumkin.
Word matn muharriri imkoniyatlari

  • matnni kiritish, tahrir qilish va ko’zdan kechirish;

  • qator oralitslari abzatsini o’rnatish;

  • avtomatik tarzda matnni sahifalarga bo’lish;

  • matn qismini ajratish va uni kerakli joyga nusxalash;

  • xujjat mundarijasini tuzish;

  • matematik, kimyoviy formulalarni yozish;

  • har xil shriftlarda oddiy, kuyuq, ogma, tagiga chizib yozish;

  • bir vaqtda bir nechta oynada hujjat tayyorlash; tahrir qilish, biridan ikkinchisiga ko’chirib o’tish;

  • matnda har xil shakl,grafik va rasmlardan foydalanish;

  • turli ma’lumotli jadvallar tuzish;

  • avtofiguralar chizish, titul varatslarini jihozlash va shu kabi yana bir turkum ishlarni bajarishi mumkin.




Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling