ABS(coh) — sonning modulini hisoblaydi;
LN (son) — sonning natural logarifmini hisoblaydi;
EXP (son) — sonning eksponentasini hisoblaydi;
SIN (son) — sonning sinusini hisoblaydi;
COS (son) — sonning kosinusini hisoblaydi;
TAN (son) — sonning tangensini hisoblaydi (radianda).
9.4.4. Statistik funktsiyalar
SRZNACH (yoki AVERAGE)() — barcha argumentlar qiymatining o’rta arifmetigini hisoblaydi. Masalan: =SRZNACH(A5:A50)- A5 dan A50 gacha bo’lgan yacheykalardagi sonli qiymatlarning o’rta arifmetigini hisoblaydi.
MAKS(yoki MAX) () — argumentlar ro’yxatidan eng kattasi (maksimal son)ni topadi. Masalan, MAKS(N10:N25)-N10 yacheykadan N25 yacheykagacha bo’lgan sonlardan eng kattasini topadi.
MIN(yoki MIN) () — argumentlar ro’yxatidan eng kichigi (minimal son)ni topadi. Masalan, MIN (G5:G15)- G5 yacheykadan G15 yacheykagacha bo’lgan sonlarning eng kichigini topadi.
SUMM(yoki SUM)() — barcha argumentlar qiymatining yig’indisini hisoblaydi. Masalan: SUMM(Gl:G100) -G1dan G100 gacha bo’lgan yacheykalardagi sonli qiymatlarning yig’indisini hisoblaydi.
9.4.5. Mantiqiy funktsiyalar
Ayrim amaliy masalalarniyechishda hisoblashlar u yoki bu shartlarga bog’liq bo’lishi mumkin. Bunday holatda IF shartli funktsiyasidan foydalanish mumkin. Bu funktsiyaning formati quyidagicha:
IF qiy ifoda> THEN <1-ifoda> ELSE <2-ifoda>
Uning ishlash printsipi quyidagicha ning qiymati "chin" (1) bo’lsa 1-ifoda, "yolg’on" (0) bo’lsa <2-ifoda> bajariladi.
Masalan, tuzilgan jadvalda mahsulotlar soni kilogramm yoki tonnada, bahosi esa 1 kg uchun so’mda ifodalangan. Hisoblash to’g’ri bajarilishi uchun mahsulotlar soni qanday o’lchovda berilgan va uning natijasiga qarab u yoki bu formulani qo’llash mumkin. Agar mahsulot soni kg da berilgan bo’lsa, bahosi S quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi: C=Q*B, bunda Q-mahsulot soni(kg); B-bahosi(so’m/kg). Agar mahsulot og’irligi tonnada berilgan bo’lsa, bahosi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi: C=Q1*1000*E, bunda Ql-mahsulot og’irligi(tonna hisobida).
Do'stlaringiz bilan baham: |