Taqrizchilar


-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBI NAZARIYASI FANIGA KIRISH


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/103
Sana24.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1796637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
Жуманазаров С. Мухаммедова Д. Бухгалтерия ҳисоби назарияси масалалар тўплами

1-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBI NAZARIYASI FANIGA KIRISH 
Takrorlash uchun savollar 
1. Buxgalteriya hisobi nazariyasi nimani o‗rganadi va uning amaliyoti bilan 
qanday o‗zaro aloqadorlik mavjud? 
2. Buxgalteriya hisobi nima? 
3. Buxgalteriya hisobini qanday tarixiy zarurat vujudga keltirgan? 
4. Buxgalteriya hisobi qachon paydo bo‗lgan? 
5. Buxgalteriya hisobining rivojlanishiga qanday omillar ta‘sir ko‗rsatgan? 
6. Buxgalteriya hisobining qanday asosiy maktablari bo‗lgan va ularning 
xususiyatlari qanday? 
7. Buxgalteriya hisobiga qo‗yiladigan talablar nimalardan iborat? 
8. Hisob turlarida qanday o‗lchov birliklari qo‗llaniladi? 
9. Iqtisodiy faoliyatni boshqarishda hisobning o‗rni va ahamiyati nimada? 
10. Operativ hisob nima? 
11. Statistik hisob nima? 
12. Xo‗jalik hisobi turlariga qanday talablar qo‗yiladi? 
13. Xo‗jalik hisobining qanday turlari mavjud?
14. Buxgalteriya hisobini qanday tarixiy zarurat vujudga keltirgan? 
15. Buxgalteriya hisobi qachon paydo bo‗lgan? 
16. Buxgalteriya hisobining rivojlanishi qanday hissa qo‗shaolasiz? 
17. Buxgalteriya hisobining qanday asosiy maktablari bo‗lgan va ularning 
xususiyatlari qanday? 
18. Buxgalteriya hisobining: Italiya, Frantsiya, Germaniya, Anglo-amerika va 
Rossiya maktablarining xususiyatlari,ularning asosiy vakillari va uslubiy 
ishlanmalari to‗g‗risida ma‘lumot bering. 
19. Temuriylar davlatida hisob ishlari qanday bo‗lgan? 
20. Buxgalteriya hisobining istiqbolini qanday tasavvur qilasiz? 
 
Masala. Hisob turlarini o‗rganish. 
Masalani bajarish uchun ma‘lumotlar. Korxona  faoliyati vujudga keladigan 
jarayonlar:
1. Ishlab chqarish tsexi boshlig‗i ta‘minot bo‗limiga keyingi oyga xom 
ashyoni olish uchun buyurtma berdi.
2. Korxona rahbari telefon orqali bir hafta ichidagi mahsulot ishlab chiqarish 
haqidagi ma‘lumotlarni so‗radi.
3. Xodimlar bo‗limi boshlig‗i korxona xodimlari bilan so‗rovini o‗tkazilishi 
haqidagi topshiriqni olgan. 
4. Korxona rahbariga har bir tsex boshlig‗i joriy hisobot davrida mahsulotni 
o‗rtacha ishlab chiqarilishi haqidagi ma‘lumotlarni taqdim etdilar. 



5. Ombor mudiri faktura asosida tayyor mahsulotlarni saqlashga qabul qilib 
oldi. 
6. Kassir korxona xodimiga xizmat safari uchun hisobdorlik summasini 
berdi. 
7. Korxona rahbari hodimlarni mehnatiga haq to‗langanligi to‗g‗risida 
ma‘lumotga ega bo‗ldi.
8. Korxona kassasiga xaridorlardan sotib olingan mahsulot uchun naqd pul 
topshirildi. 
9. Ta‘minot bo‗limi boshlig‗i korxona rahbariga bir oy ichida qilingan 
ishlarning natijalari haqida axborot bergan. 
10. Bosh muxandis korxona rahbariga bir oy ichida elektrenergiya 
resurslaridan foydalanish haqida axborot bergan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling