Tara bn bog’lik operatsiyalar kirish Asosiy qism


Download 30.13 Kb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi30.13 Kb.
#1416849
1   2   3   4   5
Bog'liq
TARA BN BOG’LIK OPERATSIYALAR

2. Tara va uning xizmati
Ortish va tushirish, tashish va saqlov operatsiyalarida yuklarni buzilishining oldini olish uchun taralardan foydalaniladi.
Taralar mustahkam, ko‘p marotaba foydalanishga mo‘ljallangan va iloji boricha arzon materiallardan yasalgan bo‘lishlari zarur.
Ba’zi bir taralangan yuklar zaifligi (mo‘rtligi) yoki boshqa bir xususiyatlariga ko‘ra ular qo‘shimcha, ishonchliroq tara (supertara)lashni talab qiladilar. Masalan, sut maxsulotlari yoki shisha qadahli mineral suvlar tashishda shisha qadaxlarini maxsus reshyotka (plassmassa)larga joylashtiriladi, butildagi kislotalar daraxt shohlarndan to‘qilgan maxsus korzinalarda tashiladi.
Taralar gabaritlari, shakllari va unga joylashtiriluvchi yuk og‘irlik miqdoriga hamda ishlatiluvchi materiallariga ko‘ra o‘z standart (andoza)lariga egadirlar. Taralarni standartlash tovar oborotini yaxshilash bilan birga barcha transportlarda ham transport vositasi kuzovi yoki platformasidan sig‘dirishi (yuk sig‘dirish va ko‘tarish qobiliyati) dan maksimal foydalanish, bir turdagi ortish va tushirish mexanizmalari, konteyner va taglshslardan foydalanish imkonini beradi
Aksariyat hollarda ishlatuvchi taralar: yashik, koplar (ipchik, tolali, qog‘oz-kraftqop), bitumlashtirilgan yoki bitumlashtirilmagan, poluetapilen (mineral o‘g‘itlar uchun), metal va yog‘ochli bochkalar va boshqalar.
Odatda yuklarni tashish, ortish va tushirish operatsiyalarida saklash maqsadvda -taralar markirovkalanadilar. Markirovkalash to‘rt xil bo‘ladi:
tovar markirovkasi -ishlab chiqaruvchi zavod nomi, yuk turi va og‘irligi ko‘rsatiladi;
yuk markirovksi - jo‘natish va eltib borish joyi (punkti), yuk jo‘natuvchi va qabul etuvchilar ko‘rsatiladi;
transport markirovkasi - to‘ldirilgan xujjat nomeri (tartibi) va joylar soni ko‘rsatiladi;
maxsus markirovka - ayrim xususiyatlar ko‘rsatiladi. «surilmasin», «ustki qismi», «ehtiyot bo‘ling - sinadi» yoki fujer rasmi, «nurdan saqlang» va h.k.
Markirovkada ko‘rsatilgan talablarni bajarishlik tashuvchilar, ortish za tushirish operatsiyasini bajaruvchilar, omborlarda saqlovchilar va boshka shaxslar uchun konun kuchidagi majburiydir.
Taralar turiga – konteynerlar va tagliklar kiradi.
Konteyner bu ko‘p marotaba ishlatuvchi tara bo‘lib, ular TVga ortish va undan
tushirishda mexanizatsiya ishlatishga moslangaidirlar. Amalda konteynerlar taxtadan, metalldan va plastmassadan qattik qilib yasalgan va rezina yoki sintetika plyonkalaridan elastik qilib yasalgan bo‘lish mumkin. Ular faqatgana bir transport turi bilan tashiluvchi (shu joyli) va bir necha tur TVda tashiluvchi tranzit konteynerlarga bo‘linadi.
Konteynerlar vazifalariga ko‘ra universal va maxsus bo‘lishlari mumkin.
Universal konteynerlar deb, har xil - aksariyat holda aholi iste’moli tovarlari tashilishga mo‘ljallanilgan, maxsus konteynerlar esa, aniq yuk turi yoki yuklarning kichik bir guruhini tashilishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Davlat standartlariga binoan konteynerdar brutto- massasi 10, 20 va 30 tonnali ko‘p yuk tashuvchi (suv va kuruklik transportlarida ko‘llaniluvchi), 2,5.... 5t (temir yo‘llarda ko‘llaniluvchi) va kam tonnajli 0,625.... 1.25t avtomobil konteynerlaridan iborat bo‘ladi.
Konteynerlarda yuk tashishning asosiy afzalliklari kuyidagilardan iborat:
-ortish va tushirish operatsiyalarida TV turib qolishini kamaytirish;
-mehnat sarfini kamaytirish, chunki transport vositasi platformasidan yuklarni tushirishga nisbatan konteynerdan tushirish va unga ortish ancha kam mehnat talab qiladi;
-yuk tashishda ularning yaxshi saklanishini ta’minlash;
-aralash transport turlarkda tashishda konteynerlarda yuk tashish o‘ng‘ayligi. CHunki bir transport turidan ikkinchisiga konteynerni o‘tkazishda, faqat uning qulfi plombasini buzulmaganligi tekshiriladi xolos. Xujjat almashuvi ancha osonlashadi.
YUklarni konteynerlarda tashish iqtisodiy jihatdan arzon. Xisoblar
ko‘rsatadiki, furgonli avtomobillarga nisbatan yuklarni kontynerlarda tashish harajatlari, tashish va ekspeditsion harajatlar hisobiga ko‘ra 15 foizga arzonlashar ekan va TV unumdorligi 8 foizga oshar ekan.
YUklarni konteynerlab tashishdagi asosiy kamchilik konteynerlarning o‘z og‘irliklari va ularning qaytarilishidir.
Mayda yuklarni yiriklashtirish maqsadida ularni paketlab yiriklashtirish, tarasiz donali yuklarni tashishda esa tagliklardan foydalanish maqsadga muvofikdir.
Paketlab tashish deyilganga mayda tarali yoki tarasiz donali yuklar partiyasini taglik va tagliksiz bir joyga jamlab tashish tushiniladi. Bu esa ortish va tushirish operatsiyalarini mexanizatsiyalash imkonini beradi.
Tagliklar paketlash kabi ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashga moslashan ,. bo‘lib, unda har xil ko‘targich va kranlar ishlatiladi. Bundan tashqari tagliklar kup , marotaba ishlatiluvchi taralar qatoriga kiradi.
YUklarni paketlab taglikliklarda tashish istiqbolli yo‘nalish bo‘lib tashish harajatlarini tejash imkonini beradi.
Tagliklar yassi, ustunchali va yashik turida bo‘lishi mumkin. YAssi tagliklar eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, vilkali ko‘targichlar bilan ortish va tushirishga mo‘ljallanilgan.

Download 30.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling