Tara bn bog’lik operatsiyalar kirish Asosiy qism
Download 30.13 Kb.
|
TARA BN BOG’LIK OPERATSIYALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. YUk hosil etuvchi va yuk qabul etuchi punktlar
- 5. Tashish xajmi va yuk oboroti
3. YUklarni tashish
Tashish yuklarni ishlab chiqarish jarayonining davomidir. U sanoatda ishlab chikarilgan, qishloq xo‘jaligida etishtirilgan va boshqa sohalarda maxsulotni iste’molchiga etkazib beradi. Ammo ishlab chiqarilgan buyum hajm bilan tashilgan yuklar miqdori, yil davomida, iste’molchilar o‘rtasidagi taqsimoti o‘zaro teng bo‘lmaydi. Sakoatda, ayniqsa qishlok xo‘jaligida ishlab chiqarilgan maxsulotning barchasi ham transportda (tashqi) transportda tashilmaydi. Maxsulotning ma’lum qismi o‘sha joyning o‘zida iste’mol etiladi. Maxsulotlarning ayrim qismi esa transportda ikki va undan ortik marta ham tashilishi mumkin. 4. YUk hosil etuvchi va yuk qabul etuchi punktlar YUklar yigiluvchi punktlar yuk hosil etuvchi, ularni qabul etuvchi punktlar yuk qabul etuvchi punktlar deb ataladi. YUk hosil etuvchi punktdan jo‘natilgan yuk miqdori, ayni punktning jo‘natish bo‘yicha yuk oborotini xarakterlaydi. YUk qabul etuvchi punktga keltirilgan yuk miqdori. ayni punktni tovar qabul etish bo‘yicha yuk oborotini xarakterlaydi. Asosiy yuk yig‘iluvchi va qabul etiluvchi punktlarga sanoat korxonalari, qishloqlarda jamoa va fermer xo‘jaliklkari, tegirmon (elevator)lar, tayyorlov punktlari, konlar, temir yo‘l bekatlari, suv portlari, aeroportlar, qurilish maydondari, kar’erlar, moddiy -texnika ta’minoti baza va omborlari, magazin, do‘&en- va do‘qon va shu kabilar kiradi. YUk hosil etuvchi va ularni qabul etuvchi punktlar, ular o‘rtasidaga transport aloqalari ishlab chikariluvchi hamda iste’mol etuvchi korxona va tashkilotlar joylashuvi va iqtisodiy ahamiyati, tovar almashuv shahobchalari, ishlab chiqaruvchi kuchlar joylashuvi hamda barcha turdagi transportlar ortish-tushirish puiktlari joylashuvi bsh1an chambarchas bog‘likdir. 5. Tashish xajmi va yuk oboroti Har kanday avtotransport korxonasining tashish hajmi-bu tashilishga mo‘ljallangan yoki ma’lum davr ichida tashilgan tonnalarda o‘lchanuvchi yuk miqdoridir. Avtotransport korxonasi yuk oboroti dsyilganda ma’lum davr ichida tashilgan yuk miqdorini tashish masofasiga ko‘paytmasi tushiniladi va uning o‘lchami tanno-kilometrda YUk tashish hajmi va yuk oboroti bajarilish vaqtiga nisbatan bir sutkali, bir oylik, kvartal ichi, yarim yillik va yillik bo‘lishi mumkin. Iillik yuk tashish hajmi va kj oboroti odatda notekis bo‘lib, unga ba’zi bir yuklar tashini mavsumiyligi, oylar bo‘yicha kalendar va ish kunlari soni, yo‘l-iklimiy sharoitlar va boshqalar ta’sir etadi. Yillik yuk oboroti (tashish hajmi) notekisligi O‘zbekiston sharoitda oxirgi yillardagi kvartallar bo‘yicha bo‘linishi quydagicha: I kvartal-23....23,5 foiz, II -kvartal 24....24,5 foiz, III -26....27 foiz va 1U-25....25,5 foizni tashkil qilayotir. YUk oboroti notekisli darajasi notekislik koeffitsienti bilan xarakterlanib, uni maksimal miqdorini yuk oborotini o‘rtacha qiymatiga nisbatan qilib aniqlanadi, ya’ni YUk oborotining yuqori darajali notekisligi TVni yil davomida notekis yuklanishiga olib keladi. Bu hol esa ulardan samarali foydalanishni kamaytiradi xamda tashish tannarxini qimmatlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. YUk tashish hajmi va yuk oborotini aniqlash uchun yuk oqimlarini o‘rganish orqali amalga oshirish mumkin. Masalan: -sanoat korxonalariga zarur bo‘lgan yuk tashish hajmini aniqlash uchun, unga keltirish kerak bo‘lgan (xom ashyo, materiallar, jihozlar, asbob, yonilg‘i va shu kabilar) va olib chiqiluvchi (tayyor maxsulot yoki yarim tayyor maxsulot, shdlab chiqarish chiqindilari) hisoblab chiqiladi; -qurshshsh ob’ektlari uchun esa keltrilish zarur bo‘lgan g‘ishtlar, temir beton konstruksiyalar, qum, shag‘al, sement, metall va boshqalar, hamda ob’ektdan chiqariluvchi grunt, qurilish chiqindilari hisoblab chiqiladi; -kishloq xo‘jalik korxonalari uchun keltiriladigan urug‘lik, miniral va orgAniq o‘g‘itlar. etishtirilgan va chikariluvchi maxsulotni ekin maydoni miqdori va hosiddorlik yordamida Aniqdash mumkin; -savdo va ovqatxona shahobcha va korxonalari uchun tashish hajmi va yuk oborotini aniqlashda aholi talabini qoniqtirish uchun zarur maxsulotlar, istiqbol uchun esa aholining o‘sishi va har bir aholiga zarur maxsulot me’yorlar orqali aniqlanadi. Xulosa qilib aytishlik zarurki yuk .tashish hajmi va yuk oboroti esa Aniqlashda xizmat etiluvchi ishlab chiqarish, ob’ektlari ular quvvati va tashishga bo‘lgan aholi talabi xarakterini o‘rganilish orqali bajariladi. Download 30.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling