Tara bn bog’lik operatsiyalar kirish Asosiy qism


YUk oqimlari, yuk oqimi empyurasi va chizmasini chizish


Download 30.13 Kb.
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi30.13 Kb.
#1416849
1   2   3   4   5
Bog'liq
TARA BN BOG’LIK OPERATSIYALAR

6. YUk oqimlari, yuk oqimi empyurasi va chizmasini chizish
Biron bir iqtisodiy xududdagi yuk tashish hajmi va yuk oborotini tashish turqumlari bilan, asosiy yuk hosil etuvchi va qabul qiluvchi punktlar joylashuvi, ular o‘rtasidaga ishlab chiqarish (xo‘jalik-iqtisodiy) aloqalarni aniqlash uchun belgilangan yuk oqimi sxemasi asosida, ya’ni ma’lum vaqt ichida tashiluvchi yuk massasi, ular yo‘nalishlaridan foydadanish zarur bo‘ladi.
YUk oqimlari bir tomonlama va ikxi tomonlama (qarama-qarshi yo‘nalishda) bo‘lishlari mumkin.
YUk oqimi notekisligigda odatda mavsumiy tashish hamda yuklar turi (don, paxta xom ashyosi, neft maxsulotlari va boshq.) va xom ashyolarga kayta ishlov berish xarakteri (orqaga tashiluvchi yuklar og‘irligining kamayishi, yoki hajmining oshishi, masalan, engil sanoat maxsulotlari, qadoqlash omborxonalari va boshq) bilan bog‘liqdir.
YUk oqimi tuzilishini zpyuralab tasvirlash mumkin. Epyura bu chizmada masshtablab bir qator har xil endagi tasmalar chizish bo‘lchb, unda tashiladigan yoki tashilishi lozim bo‘lgan yuklar miqdoriga qarab tasmalar chizilgan bo‘lib, ularning eni masshtabda har xil tashiluvchi yuklarni yoki bir xil turdagi yuklarni ifodalaydi.
YUk oqimi empyurasini yuk hosil etuvchi punktdan boshlab tuziladi.
Epyura tuzish. Faraz qilaylik A va B punktlar orasida ikki tomonlama yo‘nalishda yuk tashish ishi bajarilayotir. Marshrut ichida V, V, va V3 uch nuqtada ortish-tushirish punklari joylashgan. Boshlangich va so‘ngi punktlar va oraliq beshta punktlardan yuklar jo‘natilaniladi va qabul etilinadi. Egaora tuzish uchun yo‘l o‘qi bo‘ylab (kilometrda o‘lchanuvchi) tashish punktlari masshtabda uning har bir nuqtasining vertikali bo‘yicha yuk miqdori (tonnada) qo‘yilib tasmalar chiziladi. qarama-qarshi yo‘nalishlar uchun chiziqning ikki tomoni, o‘n ko‘l qoidasiga binoan harakat belgilaniladi (1-rasm).
YUk oqimi epyurasi tashishni to‘g‘ri tashkil etish bilan birga avtomobillarni shaharlarda va shahardan tashqari magistral yo‘llarda oqilona foydalanishni tashkil etadi, tashiluvchi yuklar xajmi (tonnalarda) hamda bajarilgan tonna-kilometrlarda o‘lchanuvchi transport ishi (tashish masofasi va hajmi ko‘paytmasi) butun marshrut bo‘ylab va uning ayrim bo‘laklarida aniqlash imkonini beradi; oralik masofalar va ortish-tushirish punktlarining o‘tkazish qobiliyatini belgilaydi; marshrut yoki uning-ayrim bo‘lagi bo‘yicha to‘gri va orqa yo‘nalishlarda harakatni tashkil etishga yordam beradi; transport vositasining bir qator ish ko‘rsatgichlarini aniqlash imkonini beradi.
YUk oqimlari bir necha kesishgan yo‘nalishlarda bo‘lsa ular kesishish joylari yoki boglami (uzeli) chizmasini tashkil etadi. (2-rasm).
YUk oqimlari ba’zi bir hollarda (yo‘l shahobchalari bo‘ylab) xudud xaritalaridan foydalanib sxemalarda ham berilishi mumkin. Sxemada yuk punktlari yoki mikroxudud markazlari-yuk xosil va qabul etuvchi ggunktlar keltiriladi. Bunyaa tashish xududi xaritasi
teng kvadratlarga bo‘linib beriladi. Xar bir jo‘natiluvchidan qabul qilinuvchiga tashiluvchi yuklarning miqdori bir xil masshtabda sxemada kichik aylanachalarda (ikki xil bo‘yokda jo‘natiluvchisi bir xil va qabul etilinuvchisi ikkinchi xil bo‘yokda) sektorlarga bo‘linib beriladi (3-rasm).
Amalietda yirik shahar, iqtisodiy xudud yoki aholi yashash joylarida yuk oboroti kichik jo‘natuvchi va qabul qiluvchi punktlar ko‘plab tarqoq joylashgan bo‘lsalar ularni o‘zaro mikroxududlarga birlashtirilishlari mumkin.

Xulosa
Mikroxudud deyilganda katta bo‘lmagan er uchastkasi (bo‘lagi) tushinilib, ularda har xil miqdordagi yuk oborotli punktlar joylashtirilgan bo‘ladi. Amalda ayni punktlarda bor yuk oborotining katta-kichikligi, ilgarilardan bor yo‘l shahobchalari, va ko‘chalar, ko‘priklar joylashuvi, suv (anhor, daryo) to‘siqlari va ulardan o‘tish hamda ruxsat etilingan harakat yo‘nalishlari va shu kabilarni hisobga oluvchi transport aloqalari inobatga olinib mikroxudud chegaralari belgilaniladi. Amaldagi qoidalarga ko‘ra har bir mikro xududda yuk jo‘natuvchi yoki qabul etiluvchi birgina yuk punkti bo‘lishi tavsiya etiladi.
Mikroxudud chegarasi quyidagicha belgilanadi: yirik yuk xosil etuvchi eki yuk qabul etuvchi punktalar mustaqil nuqta qilinib ajratiladi, maydalari-kichik yuk oborotlilarini mikroxudud markazi deb ataluvchi shartli ravishdagi nuqtaga birlashtiriladi. Mikroxudud markazlari o‘rtasidagi masofa mikroxudud tuzilishi geometrik markazida emas, har bir ob’ekt yuk oborotini hisobga oluvchi o‘rtacha masofa qabul qilinadi.

Download 30.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling