Tarafdorlar 34 20 20 13 134 qarshilar 0 0 0


Inson farovon yashashi, davlat barqaror rivojlanishi uchun samarali, ixcham va xalqchil davlat boshqaruvi joriy qilinadi hamda parlamentarizm yanada kuchaytiriladi


Download 310.33 Kb.
bet7/9
Sana11.05.2023
Hajmi310.33 Kb.
#1452906
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
referendum

Inson farovon yashashi, davlat barqaror rivojlanishi uchun samarali, ixcham va xalqchil davlat boshqaruvi joriy qilinadi hamda parlamentarizm yanada kuchaytiriladi
Yangilanayotgan Konstitutsiya xalqparvar davlat qurish maqsadida kuchli parlament, ixcham va mas’uliyatli hukumat, mustaqil va adolatli sud tizimini barpo etishga qaratilgan. Davlat hokimiyati tizimi yagona va yaxlit bo‘lib, hokimiyatning bir bo‘g‘inini modernizatsiya qilish uning boshqa tarmoqlarda ham islohotlarni taqozo qiladi. Shunga ko‘ra, tarmoqlar o‘rtasida bir-birini tiyish va muvozanatni saqlash tizimining samarali ishlashini ta’minlash maqsadida parlament palatalarining vakolatlari qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Unga ko‘ra, Qonunchilik palatasi va Senatning vakolatlari sezilarli darajada kengaymoqda, ikki palata ishidagi takrorlanishlar bartaraf etilib, har birining mas’uliyat sohasi aniq belgilanmoqda. Xususan, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari amaldagi 5 tadan 12 taga, Senatda esa, 14 tadan 18 taga ko‘paymoqda. Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish va ma’qullash, Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish, Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish kabi vakolatlar bevosita xalq tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanadigan Qonunchilik palatasi vakolatiga o‘tkazilmoqda. Bu o‘zgarish quyi palataning vakillik tabiatiga va ilg‘or xorijiy tajribaga to‘la mos keladi. Muhokamalarga boy bo‘lgan yig‘ilishda qayd etilganidek, markazda va joylardagi ijro hokimiyati organlari faoliyatida qat’iy tartib-intizom, mas’uliyat, natijadorlikni kuchaytirish maqsadida shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olib, Bosh vazir nomzodini Prezident Qonunchilik palatasiga kiritib, xalq vakillari ma’qullagandan so‘ng lavozimga tayinlash tartibi joriy etilmoqda. Bosh vazir nomzodini Qonunchilik palatasiga taqdim qilishdan oldin Prezident tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish nazarda tutilmoqda.
Amaldagi tartibga ko‘ra, Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish faqat Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p ovoz olgan partiya yoki partiyalar irodasiga bog‘langan edi. Yangi taklif etilayotgan tartib orqali esa barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining nafaqat Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqishda, balki butun Hukumatni shakllantirishdagi ishtiroki ta’minlanadi. Ya’ni, amaldagi tartib yanada demokratik mazmun kasb etadi. Faoliyati qoniqarsiz deb topilgan vazirni lavozimidan ozod etish bo‘yicha Qonunchilik palatasining Prezidentga taklif kiritish huquqining belgilanayotganligi Hukumat a’zolarining xalq vakillari oldidagi hisobdorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Senat oldiga qo‘yilayotgan yangi vazifalardan kelib chiqib, uni ixcham, xalqchil va hududlar manfaatini ifoda etadigan idoraga aylantirish maqsadida uning mahalliy Kengashlarga ko‘maklashish bo‘yicha vakolati ham Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilmoqda. Ushbu konstitutsiyaviy normalar Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi va ma’muriy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlariga hamohang bo‘lib, parlament palatalari vakolatlarini aniq chegaralab beradi, ular faoliyatidagi o‘zaro takrorlanishlarni bartaraf etadi, parallel funksiyalarni maqbullashtiradi, Oliy Majlisni yagona yaxlit organ sifatida samarali faoliyat olib borishini ta’minlaydi. Shu bilan birga joylardan teng vakillikni saqlab qolgan holda, senatorlar sonini hozirgi 100 nafardan 65 nafarga tushirish, bunda har bir hududdan 4 tadan senator saylanishi, Prezident tomonidan tayinlanadigan senatorlar soni esa 16 tadan 9 taga kamaytirilayotganligi haqida aytib o‘tildi. Bu Oliy Majlis Senati faoliyatini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar mohiyatiga monand tarzda modernizatsiyalash imkonini beradi. Parlamentning quyi palatasi tomonidan kiritilgan qonunlar Senatda 60 kun ichida ko‘rib chiqilishi, muddat o‘tib ketsa, ushbu qonun ma’qullangan deb hisoblanishi va imzolash uchun Prezidentga yuborish amaliyoti joriy qilinayotganligi ham ta’kidlandi.

Download 310.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling