Tarafdorlar 34 20 20 13 134 qarshilar 0 0 0


Download 310.33 Kb.
bet1/9
Sana11.05.2023
Hajmi310.33 Kb.
#1452906
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
referendum



X
NATIJA


TARAFDORLAR 47 34 20 20 13 134
QARSHILAR 0 0 0 0 0 0
BETARAFLAR 1 0 1 0 0 2
OVOZ BERMAGANLAR 1 0 0 0 0 1

X
NATIJA


TARAFDORLAR 47 34 20 20 13 134
QARSHILAR 0 0 0 0 0 0
BETARAFLAR 1 0 1 0 0 2
OVOZ BERMAGANLAR 1 0 0 0 0 1


10:43
Ovoz berish №7

HJ
97,8% OVOZ BERISH NATIJASI

HJ
0%

ghffa

HJ

HJ
1,5%

QABUL QILINDI
0,7%

Eslatib o‘tamiz, bundan sal avval deputatlar «O‘zbekiston Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahririni qabul qildi.


Moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga ko‘paymoqda. Konstitutsiya matni 65 foizga yangilangan, shuning uchun hujjat nomi «Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar»dan «Konstitutsiya yangi tahrirdagi»ga o‘zgartirildi.
Qonun loyihasiga 137 deputatdan 132 nafari qonunni yoqlab ovoz berdi, 2 nafari betaraf qoldi, 3 nafari ovoz bermadi. Ma’lumot o‘rnida, bundan avvalgi umumxalq referendumi 2002 yilning 27 yanvarida bo‘lib o‘tgandi.
Yangilanayotgan Konstitutsiya – yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi

2023 yil 9 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi masala muhokama qilindi. Majlisda xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchilari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdi.


Loyihada jamoatchilik takliflari, zamonaviy xalqaro standartlar va eng ilg‘or xorijiy tajriba inobatga olingan
Muhokamalarda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha umumxalq muhokamalarida jami 222 715 ta takliflar kelib tushganligi va ular asosida loyiha takomillashtirib, maromiga yetkazilganligi, xususan, takliflarning har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy olganligi ta’kidlandi. Deputatlar Konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlash jarayonida 400 dan ortiq xalqaro hujjatlar, 190 ga yaqin davlatlar konstitutsiyalari puxta tahlil etilganligi, xalqaro ekspert va mutaxassislar tomonidan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan barcha qoidalarini o‘zida mujassam etgan hujjat sifatida yuqori baholanganligini qayd etdilar.
Shuningdek, majlisda Konstitutsiyaning moddalari amaldagi 128 tadan 155 taga ko‘payib, normalari 275 tadan 434 taga oshgani, ya’ni, Asosiy qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilangani, inson huquq va erkinliklariga oid qoidalar uch yarim baravarga ko‘paygani hamda shulardan kelib chiqib, loyihani yangi tahrirdagi Konstitutsiya sifatida qabul qilish uchun barcha asoslar yetarli ekanligi ta’kidlandi. Yangilanayotgan Konstitutsiya taraqqiy etgan davlat – Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligi, bir so‘z bilan aytganda, loyiha tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotganligi alohida ta’kidlandi. Muhokamada so‘zga chiquvchilar tomonidan Konstitutsiyaga kiritilayotgan asosiy o‘zgartirishlarning har biri bo‘yicha alohida-alohida to‘xtalib o‘tildi, fikr almashildi. Xususan, har bir siyosiy partiya fraksiyasi yetakchisi o‘z partiyaviy dastur va maqsadlaridan kelib chiqib, Asosiy qonunimiz loyihasida tegishli takliflari aks etganini alohida ta’kidlashdi.

Download 310.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling