Taraqqiyot strategiyasi I. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish


-maqsad: Hududlarning muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma


Download 490.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/30
Sana15.06.2023
Hajmi490.8 Kb.
#1484784
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Bog'liq
9 mavzu

34-maqsad: Hududlarning muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma 
tizimini hamda xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish. 
«Obod qishloq» va «Obod mahalla» 
dasturlari
doirasida hududlarning «o‘sish 
nuqtalari»dan kelib chiqib, muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini 
qurishga alohida e’tibor qaratish. 
Respublika hududlarida qariyb 80 ming kilometr magistral va taqsimlovchi elektr 
tarmoqlari, 20 mingdan ortiq transformator punktlari hamda 200 dan ziyod podstansiyani qurish 
va yangilash. 
Respublika aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 87 foizga 
yetkazish, 32 ta yirik shaharlar va 155 ta tuman markazlarida oqova suv tizimlarini yangilash. 
Suv ta’minoti quvurlaridagi suv sirqish nuqtalarini sun’iy yo‘ldosh texnologiyasi orqali 
masofadan zondlab aniqlash va ta’mirlashga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish. 
Toshkent shahrida oqova suvini tozalash tizimini shahar hududidan tashqariga chiqarib, 
davlat-xususiy sheriklik asosida yangi inshootlarni barpo etish. 
Hududlarda xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish orqali keyingi 5 yilda 
xizmat ko‘rsatish hajmini 3 baravarga oshirish hamda ushbu yo‘nalishda jami 3,5 million yangi 
ish o‘rinlarini yaratish. 
Shahar va tumanlar markazlarida aholining kundalik ehtiyoji yuqori bo‘lgan maishiy va 
kommunal xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha pullik santexnika, elektrik, uy jihozlarini 
ta’mirlash, keytering kabi xizmatlarni ko‘rsatish punktlarini rivojlantirish. 
Respublika hududlarida savdo va yo‘lbo‘yi xizmatlarini rivojlantirish orqali 130 ta 
zamonaviy bozorlar va savdo komplekslari, shuningdek, yo‘lbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish 
bo‘yicha 65 ta yirik hamda 5000 ta kichik xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini tashkil etish. 
Servis sohasida yashirin iqtisodiyot ulushini 3 baravarga qisqartirish. Xizmatlar 
sohasining jozibadorligini oshirish maqsadida sohadagi tadbirkorlik sub’yektlariga qo‘shimcha 
imtiyozlar taqdim etish. 

Download 490.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling