Respublika
Ta'lim Markazi
О
edurtm_uz
TARBIYA, 3-SINF С И
Qozi aka-ukaning da’vosini birma-bir tinglabdi va ularga:
«Sizlarga tarbiya bergan ota-onangizga rahmat!» - debdi.
Chunki uka: «Akamning to‘rt bolasi bor,
men esa hali uylan-
maganman, donni teng bo‘lish adolatdan bo‘lmaydi. Yarmini
akamga qo‘shib qo‘yay», - deb, donidan akasining doniga qo‘shib
qo‘ygan ekan. Akasi esa: «Men
oilaliman, ukam uylanishi kerak,
to‘y
qilishga pul kerak, donni teng bo‘lish adolatdan bo‘lmay-
di», - deb, o‘zining donidan ukasining doniga qo‘shib qo‘ygan
ekan.
Ijodiy faoliyat
1. Hikoyaga sarlavha qo‘ying.
2. Siz ukangiz yoki akangiz uchun o‘zingizga zarur bo‘lgan
narsadan voz kecha olasizmi?
3. «Sizlarning eng yaxshingiz qarindoshlar holidan xabar olib tu-
ruvchingizdir» degan hikmat mazmunini oila a’zolaringizdan
so‘rang.
4. Hikoyada aka-ukalar o‘rtasidagi munosabatni mehr-oqibat
deyish mumkinmi?
5. Mehr-oqibatga misollar keltiring.