Tarbiya biz uchun yo haot yo mamot, yo najot yo halokat,yo saodat yo falokat masalasidir


Download 20.3 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi20.3 Kb.
#1512287
Bog'liq
Tarbiya haqida





“Tarbiya biz uchun yo haot — yo mamot, yo najot — yo halokat,yo saodat — yo falokat masalasidir”
Abdulla Avloniy












Kattalar tug‘ma aql sohiblari bo‘lmish bolalarning yo‘lini to‘sishni yaxshi ko‘radilar. Kattalarning talab hamda vazifalaridan charchagan bolalar bora-bora hafsalasiz va umidsiz bo‘lib, xushchaqchaq ko‘ngillarini bekitib oladilar, qalblarida borini o‘rtoqlashmay qo‘yadilar. Bolaga bunday munosabatda bo‘lish ularning o‘z ichki olamlariga badarg‘a qilish, demakdir. Natijada ularni u olamdan ortga qaytarish qiyin kechadi.


Haruki Murakami


Tarbiya haqida o`gitlar

Kelishmovchiliklar va ahillikning yo‘qligi bois bir dehqonning uyida doimo janjal hukmron ekan.


Bir kuni u o‘g‘illarini to‘plab, ularga bir donadan xivich berib, sindirishni buyuribdi. O‘g‘illari buni qiynalmay bajarishibdi. So‘ngra dehqon o‘g‘illaridan sindirilgan xivichlarni olib,bir butun qilib bog‘labdi va uni sindirishni so‘rabdi. Ammo hech bir o‘g‘il buni uddalay olmabdi.
–O‘g‘illarim, debdi dehqon, — oila ham mana shu xivichlarga o‘xshaydi. Agar siz ham axil bo‘lib, jips yashasangiz hech nima sizni mag‘lub qila olmaydi. Aks holda parokandalik sizdan ustun kelib,barchangizni halok qiladi.”
Siz ham farzandlaringizni ahil qilib tarbiyalang.
Ezop





Ota-ona tabiatiga xos shunday tushunarsiz holat bor: ular o‘z bolalarini ularni jonlariday asrab-avaylagan ota-onalaridan ko‘proq yaxshi ko‘radilar. Kun kelib farzand bilan bo‘lib, ota-onalarining e’tiborini unutib qo‘yadilar.
Ota-ona farzandini ardoqlashga kirishar ekan, bolasiga mehri shu qadar chuqurlashadiki, oxir-oqibat farzand bu mehrni anglab yetishga ojizlik qilib qoladi. Natijada o‘rtada jarlik paydo bo‘ladi.
Sen ana shundagina ota-onangni senga nisbatan muhabbatini javobsiz qoldirganing va katta xatoga yo‘l qo‘yganingni anglaysan.
Ursula Negi



Ota o‘z farzandiga go‘zal odobdan ko‘ra yaxshiroq narsa bermaydi. Farzandingga odob bergin, chunki sen farzandga odob berish va uni ta’lim-tarbiyali qilishga mas’ulsan. Bu mas’ullik esa farzandning kun kelib senga yaxshilik qilishiga mas’uldir.
Hadis

Oilada katta yoki kichik narsa bo‘lmaydi. Hamma narsa, hatto, eng oddiy bo‘lib ko‘ringan oilaviy munosabatlar ham bolaga ta’sir ko‘rsatadi. Aynisqa, rostgo‘ylik, samimiylik, sadoqatlilik, shirin suxan bo‘lish bola kamolotidagi zarur hayotiy vositalardan biridir.


Abu Ali ibn Sino






Katta arava qaydan yursa,
Kichik arava shundan yurar.



Togʼ yerdan oʼsib chiqar,
Odam — ota-onadan.

Daraxtdan meva olaman desang,
Niholligidan parvarish qil.

Tarbiya haqida maqollar

Suv bilan ekin oʼsar,
Tarbiya bilan — odam.

Qush uyasida koʼrganini qilar.

Ustoz bilimli — shogird ilmli.


Suv bilan ekin oʼsar,
Tarbiya bilan — odam.

Download 20.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling