Tarbiya fanini o


Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 54.81 Kb.
bet3/10
Sana04.01.2023
Hajmi54.81 Kb.
#1077398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nurmetova Zeboniso Tarbiya fanidan mustaqil ish

Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
O‘quvchilarni togri tarbiyalash, ularga talim berish jarayonida ular organizmining rivojlanish bosqichlariga etiborni qaratish tarbiya tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Chunki oquvchi organizmining rivojlanishini bilmasdan unga tasir korsatib bolmaydi. Anatomiya, fiziologiya fanlari odam organizmi, uning rivojlanishi, tuzilishini o‘rgatuvchi fan hisoblanadi. Shuning uchun ham Tarbiya fani anatomiya, fiziologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liq ish ko‘radi. Har qanday Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o‘quvchilarning gigiyenik qoidalariga asosan tashkil etishda yaratilgan shart-sharoitlar muhim ro‘l o‘ynaydi. Korinib turibdiki, Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani gigiyena fani bilan ham boglangan. Tarbiya jarayonida o‘quvchilarning ahloqiy sifatlari tarkib toptirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ahloq normalarini oquvchilar ongiga singdirish zarur. Ahloq normalari va ahloqshunoslik bilan etika fani shugullanadi. Shunday ekan, Tarbiya ishlar metodikasi fani etika bilan ham uzviy bogliqdir.
Modulli oqitishning mohiyati Modulli oqitish XX asrning 60-yillarida paydo bo‘ldi va ingliz tilli mamlakatlarda tez tarqaldi. Modulli oqitish nazariyasida modul tushunchasi qandaydir bir tizimining aniq funksional vazifasini bajaradigan (yukini kotaradigan) mustaqil biror bir qismini bildiradi. Modul deganda, malum oquv predmeti boyicha aniq maqsadni kozda tutib, obektlarning muhim jihatlarini mantiqan tugal va mukammal holda yorituvchi oquv materialining didaktik birligini tushunamiz. Modulli ta’lim – bu bilimlarni nazorat qilish bilan hamohanglashgan, qandaydir mantiqiy yaxlitlik va tugallanganlikka ega o‘quv axborotidagi mantiqiy belgilangan qism. Ta’limiy modul – unga tegishli metodik materiallar bilan birgalikdagi oquv kursining mazmunli qismi.
Modulli o‘qitish tamoyillari 1) modullilik – o‘qitish mazmunidan alohida elementlarini bolib olish; 2) dinamiklik – bilimning xarakatchanligi (amaliyligiga) va tezkorligiga erishish; 3) moslashuvchanlik – talim mazmunini va unga erishish yollarini talim oluvchining individual ehtiyojiga qarab moslashtirish; 4) metodik maslahatning xar tomonlamaligi – talim oluvchining bilish faoliyatida va pedagogik faoliyatda professionallikni taminlash; 5) tenglik – talim oluvchi va pedagog ortasida ishchan xamkorlikni taminlash; 6) xatoliklarga tayanish tamoyili. Bu tamoyil oqitish jarayonida doimiy ravishda xatoliklarni izlash uchun vaziyatlar yaratilishiga, oquvchilarning ruhiy faoliyati funksional tizimi tarkibida oldindan payqash tuzilmasini shakllantirishga qaratilgan didaktik materiallar va vositalarni ishlab chiqishga yonaltirilgan boladi. 7) oquv vaqtini tejash tamoyili. Bu tamoyil oquvchilarda individual va mustaqil ishlash uchun oquv vaqtining zahirasini yaratishga yonaltirilgan boladi;8) uzviylik tamoyili. Bu tamoyil oquv maqsadlariga erishish imkoniyatini taminlash uchun oquv rejasi va dasturlarni ishlab chiqishda tizimli yondashishin anglatadi. Bunda fanlarning maqsadlariga kora, oquv rejadagi soatlar mosligi taminlanadi. 9) faoliyatlilik tamoyili: bu tamoyil, modullar mutaxassisning faoliyat mazmuniga muvofiq shakllanishini anglatadi; 10) tizimli kvantlash tamoyili. Bu tamoyil axborotni siqib berish nazariyasi, pedagogik bilimlar konsepsiyasi, didaktik birliklarni yiriklash nazariyalarining talablariga asoslanadi. 11) motivatsiya (qiziqishni uygotish) tamoyili. Bu tamoyilning mo­hiyati, oquvchining oquv-bilim olish faoliyatini ragbatlantirishdan iborat boladi. Bu asosiy qoidadir. 12.) modullik tamoyili. Bu tamoyil oqitishni individuallash-tirishning asosi bolib xizmat qiladi. 13) muammolilik tamoyili. Bu tamoyil muammoli vaziyatlar va mashgulotlarni amaliy yonaltirilganligi tufayli, oquv materialining ozlashtirilish samaradorligini oshishiga imkon beradi. 14) kognitiv vizuallik (koz bilan kuzatiladigan) tamoyil. Bu tamoyil psixologik-pedagogik qonuniyatlardan kelib chiqadi, ularga ko‘ra oqitishdagi korgazmalar, nafaqat surat vazifasini, shu bilan birga kognitiv vazifani bajargan taqdirdagina ozlashtirish unumdorligini oshiradi.
Masofaviy o‘qitish – o‘zaro malum bir masofada Internet texnologiya yoki boshqa interaktiv usullar va barcha o`quv jarayonlari komponentlari – maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o‘qitish usullariga asoslangan talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi munosabat. Masofaviy o‘qitish tizimi – masofaviy o`qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o‘qitish tizimi. Barcha talim tizimlari singari masofaviy o`qitish tizimi o`zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega. Masofaviy o‘qitishning pedagogik texnologiyalari – tanlangan o`qitish konsepsiyasiga asoslangan masofaviy talimning o‘quv-tarbiyaviy jarayonini taminlovchi o‘qitish metodi va uslublar majmuasi. Keys-texnologiya – masofaviy o‘qitishni tashkil qilishning shunday uslubiki, masofaviy talimda matnli, audiovizual va multimediali (keys) o‘quv uslubiy materiallar majmuasi qo‘llanishga asoslanadi. TV-texnologiya – masofaviy o‘qitishni tashkil qilishning shunday uslubiki, u talabalarga o‘quv- metodik malumotlarni televidenie vositasi yordamida yetkazishga xizmat qiladi va tashqi aloqali ixtiyoriy interaktiv usullardan biri bilan o‘rnatishga asoslanadi.
Audio va video darsliklar Onlayn darslar (Internet sahifa) Elektron kutubxonalar Testlar Multimedia - elektron darsliklar Masofadan oqitish qanday amalga oshiriladi. Dunyoda kopgina universitetlarda va o‘quv markazlarida bu usul mavjud. Kerakli manzilni Internetdan topishingiz mumkin. Manzilga kirib bu oqish talabasi bolish uchun maxsus shaklni toldirishingiz zarur. Odatda avval kursning va oqish tartibi tavsifi bilan tanishib chiqish mumkin. Keyin shakldagi satrlarni toldirib, kredit kartochkangiz raqamini kiritishingiz zarur. Kursga kirish tartibi turlicha, bu mutaxxassilikka bog‘liq. Oqish tartibi quyidagicha: oqituvchi kurs bilan tanishtiradi va topshiriqlar beradi. Siz ko‘rsatilgan manbalar bilan ishlab topshiriqlarni bajarasiz va o‘qituvchiga yuborasiz. O‘qituvchi uni tekshirib, javobni sizga qaytaradi. Zarur holda korsatmalar beradi. Shu tartibda kurs mavzulari o‘rganib chiqiladi. Muzoqara asosan elektron pochta orqali amalga oshiriladi. Telefon tarmogidan ham bazan foydalaniladi. Bosma oquv materiallari pochta orqali yuboriladi. O‘qish jarayonida talaba darsliklardan, elektron kutubxona va darsliklardan, elektron forumlardan, vidoekonferentsiyalardan foydalanadi. Bunda o‘qish individual shaklda olib boriladi va o‘qituvchi o‘quvchining qobiliyati va xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘qitadi. Bu individuallik o‘quvchida qiziqish uyg‘otadi va uni o‘qishda aktivlikka rag‘batlantiradi

Download 54.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling