Tarbiya fanini o


Download 54.81 Kb.
bet1/10
Sana04.01.2023
Hajmi54.81 Kb.
#1077398
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nurmetova Zeboniso Tarbiya fanidan mustaqil ish


Tarbiya sifatini oshirishda elektron o‘quv adabiyotlardan foydalanish
Reja:
1. Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari
2. Tarbiya jarayonining ijtimoiy ahamiyati.
3. Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
4. Tarbiya fanini o‘qitishda elektron-modulli shakldan foydalanish

Tarbiya fanini oqitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Tarbiya jarayonini tashkil etishning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: - maqsadning aniq me’zonlarda ifodalanishi; - faoliyat maqsadini amalga oshirishda xizmat qilishi;-bolalar tarbiyasidagi faoliyatni o‘qituvchi, ota – ona va jamoa bilan hamkorlikda boshqaruvni taminlash muhimdir. Tarbiya jarayonini tashkil qilish va uning salohiyatini oshirish bola qalbida insoniy fazilatlarni singdirish kop jihatdan tarbiyachi-tarbiyalanuvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etishga bogliq. Ular quyidagi omillarni qollash asosida vujudga keladi: - Tarbiya jarayonini tashkil qilishdagi munosabatlar. Bunda tarbiyalanuvchilarning kundalik hayotiy voqyealari jamoadagi tartib qoida va xulq-atvorlar haqidagi motivlar va ularga bir butun yondoshuv kabilardir; - Tarbiya ishlarning maqsadi, aniqligi va tasirchanligi. Tarbiya jarayonni loyihalashtirish, shakl, metod, shart – sharoitlarni oldindan aniqlab qo‘yilgan maqsadga muvofiqlashtirish; - Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro munosabatlari. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatlari, muloqat va munosabatda bolishlari, ruhiy shart – sharoitlar yaratilishi, Tarbiya tadbirlarni gigiyena qoidalariga moslash, estetik talablarga javob berishi, Tarbiya ishlarni muvaffaqiyatli tashkil etish funksiyalaridan biridir.
Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining predmeti bolajak oqituvchi- tarbiyachilarga kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash sanatining qirralari, shakl va yollari hamda bilim, konikma va malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi. Tarbiya metodikasi fanining o‘rganish obyektini esa ta’lim muassalaridagi uzluksiz ta’lim –tarbiya jarayoni tashkil etadi. Tarbiya jarayonini tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Uning maqsadi bolajak oqituvchi va tarbiyachilarning Tarbiya ish va tadbirlarning mazmunli bolishini taminlashda boy milliy va umuminsoniy qadriyat va urf-odatlardan keng foydalanishga, Tarbiya tasirga ega bolgan manbalarni ajrata bilishga qaratilgandir.

Download 54.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling