Tarbiya fanini o
Tarbiya jarayonining ijtimoiy ahamiyati
Download 54.81 Kb.
|
Nurmetova Zeboniso Tarbiya fanidan mustaqil ish
Tarbiya jarayonining ijtimoiy ahamiyati.
Tarbiya fanini oqitishni tashkil qilishning asosiy maqsadi, bugungi kun talabiga javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, ayni paytda bu oqituvchilarga katta masuliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham oqituvchining pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermogi lozim. O‘zbekiston Respublikasining Talim togrisidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh masalalaridan biri ham yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdan iborat etib belgilangan. Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda ijtimoiy – tashkiliy, Tarbiya ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, manaviy, marifiy, tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab Tarbiya ishlar tizimi kundan-kunga takomillashib bormoqda. Tarbiya fanini oqitish metodikasi fanining asosiy vazifasi yosh avlodni manaviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, manaviy-tarixiy merosimizga, umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va ananalarga tayanib, ongli shaxslarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir. Tarbiya fanini oqitish metodikasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat: - o‘quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o‘rganib, unga Tarbiya tasir korsatish mahoratiga ega bolish; - Tarbiya ish va tadbirlar uchun zarur bolgan metodlarni tanlab, ko‘zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini ko‘ra bilish; - ilg‘or tajribalarni tahlil qilish va uni o‘z faoliyatida ijodiy foydalanish ; - Tarbiyaning o‘quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy tasir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish; - Tarbiya ishlar samaradorligini oshirishda oz bilimini doimiy rivojlantirib borishi lozim. Darsda va darsdan tashqari mashgulotlarda Tarbiya jarayonini tashkil etish bilan birga DTS lariga mosligiga e’tibor qaratish zarur boladi. Tarbiya metodlari. Yosh avlodni tarbiyalashda turli xil metod va vositalardan, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. Metod (lotincha-metodos-yol sozidan olingan bolib) tadqiqot yoli, nazariya, ta’limot deb tarjima qilingan. Metodika (yunoncha-metodika) biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yigindisi yoki oqitish tarbiyalash usullari va vositalari degan tushunchani anglatadi. Tarbiya metodlari - pedagog-o‘qituvchilarning o‘quvchilarga tasir ko‘rsatish usullari, vositalari, tarbiyalanuvchilarga barkamol shaxs xislatlarini singdirish maqsadida tarbiya jarayonini pedagogik jixatdan maqsadga muvofiq tashkil etish yollaridir. Tarbiya metodlari Tarbiya fanini oqitish metodikasi fani ishlarini togri tashkil etishda muhim vosita bolib, bola shaxsining har tamonlama kamol topishi bilan belgilanadi va Tarbiyaviy ishlar jarayoniga taalluqli bo‘lgan ko‘pgina Tarbiyaviy tasirlarni oz ichiga oladi. Tarbiya metodlari ijtimoiy jamiyat tamonidan talim muassalari oldiga har tamonlama barkamol, erkin, ijodkor, tashkilotchi, mustaqil fikr egasi bo‘lgan shaxsni tarbiyalash vazifasini o‘z ichiga oladi. Tarbiya fanini oqitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari Hozirgi davrda mamlakatimizda Tarbiya ishlarning mazmuni barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan. Respublikada soglom va barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodni XXI asr talablariga toliq javob beradigan har tamonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik hujjatlar, dasturlar va rejalar ishlab chiqilgan. Birgina Talim togrisida gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dastur ning qabul qilinishi yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, istiqbolli vazifalarni hal etishga qodir barkamol avlodni tarbiyalashga yonaltirilganligini keltirish kifoya. Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yonaltirilgan faoliyat bolib, shaxsni aqliy, jismoniy, ahloqiy, manaviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bolib, insonning jamiyatda yashashini taminlash uchun zarur bolgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir. Tarbiya fanini oqitish metodikasi fanini o‘rganishda O‘zbekiston Respublikasining Talim togrisida gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga mos ravishda bir qancha talim-tarbiyaga oid fanlarga bogliq holda olib borish maqsadga muvofiq boladi. Har qanday fanlarni o‘qitishning maqsadi yosh avlodga tog‘ri tarbiya berish, ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy qonuniyatlari asosida hosil bolib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos bolib xizmat qiladigan falsafa fanining ro‘li beqiyosdir. Shuning uchun shaxs tarbiyasi jarayoni bilan shugullanadigan Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fani falsafa fani bilan bogliqdir. Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fani talim muassasalaridagi tarbiya jarayonini togri tashkil etish shug‘ullanganligi sababli pedagogika fani bilan uzviy bogliqdir. Chunki pedagogika fani bola tarbiyasi va ularni oqitish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan muassalarni amalga oshiradi. Tarbiyaviy ishlar tizimini amalga oshirish va uning samaradorlik darajasi shaxsning qanday tarbiya topganligiga bog‘liq. Shuning uchun tarbiya jarayoni Tarbiyaviy ishlar bilan bog‘liq holda rivojlanganligi tufayli pedagogikaning qonuniyatlariga tayanadi. Tarbiya ishlar jarayoni tarbiyalanuvchilarning malum bir faoliyatlarida amalga oshiriladi. Bunda tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatini bilmasdan turib, tarbiya jarayonida yuqori samaradorlikka erishib bolmaydi. Shaxsning ruhiy holati va yosh xususiyatlarini organadigan fan psixologiya fani hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish shaxsning psixologik xususiyatlariga bogliq bolganligi uchun psixologiya fanining yutuqlariga tayanib ish olib boradi. Tarbiya fanini o‘qitish asoslari metodikasining fanlar bilan bogliqligini quyidagicha ifodalash mumkin: Falsafa Psixologiya Gigiyena Tarbiya ishlar metodikasi Anatomiya, fiziologiya Etika Pedagogika Download 54.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling