Тарбия жараёни моҳияти ва мазмуни. Тарбия тамойиллари


Download 104.56 Kb.
bet2/6
Sana17.07.2023
Hajmi104.56 Kb.
#1660685
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
IDIYAMINOV MIRSHOD

Uzluksiz ta’lim
Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'min-lovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.
Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar xam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Uzluksiz ta'limning faoliyat ko'rsatish prinsiplari
ta'limning ustuvoriigi — uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta'lim va yuksak intellektning nufuzi;
ta'limning demokratlashuvi — ta'lim va tarbiya uslublarini tanlashda o'quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta'limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o'tilishi;
ta'limning insonparvarlashuvi — inson qobiliyatlarining ochi-lishi va uning ta'limiga nisbatan bo'lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining a'minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o'zaro munosabat-larining uyg'unlashuvi;
ta'limning ijtimoiylashuvi — ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;
ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo'naltirilganligi;
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta'limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
ta'limning milliy yo'naltirilganligi — ta'limning milliy tarix, xalq an'analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg'unligi, O'zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta'limni milliy taraqqiyotning o'ta muhim omili sifatida e'tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;

Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish iozim bo'ladi:

1

malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;

2

maktabgacha ta'limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;

3

bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta'minlash;

4

zamonaviy o'quv-uslubiy qo'llanmalar, texnik vositalar, o'yinchoqlar va o'yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;

5

o'quvchilarning unumli mehnati, ya'ni ijtimoiy-foydali ish-larni o'zlariga mos shakllarda yo'lga qo'yish.

6

maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;

7

maktabgacha tarbiya muassasalarining har xil turiari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiya-ning barcha masalalari bo'yicha malakali konsultatsiya xizmati ko'rsatish imkoniyatini yaratish;

8

maktabgacha tarbiya va sog'lomlashtirish muassasalari tarmog'ini qo'llab-quwatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish.

Download 104.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling