Тарбия жараёни моҳияти ва мазмуни. Тарбия тамойиллари
Download 287.03 Kb.
|
4 ma\'ruza slayd
Ijtimoiy tarbiyani tashkil etish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Ushbu vazifalar ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqib belgilanadi. Mustaqil Oʼzbekiston Respublikasida ayni vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etmoqda:a) yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, oʼz shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini uygʼotish;b) oʼquvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mohiyatidan ogoh etish, chuqur bilim va tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning ongini boyitish;v) umuminsoniy axloq meʼyorlari (odamiylik, kamtarlik, oʼzaro yordam, mehr-muhabbat, muruvvat, alodatni yoqlash, insonparvarlik, axloqsizlikka nisbatan nafrat va hokazolar)ning mohiyatini anglash, oʼquvchilarda muomala odobi, yuksak madaniyatni qaror toptirishga erishish;g) oʼquvchilarda huquqiy va axloqiy meʼyorlarga hurmat ruhida yondashish hissi va fuqarolik tuygʼusi, ijtimoiy burchga masʼullikni qaror toptirish;d) tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasidagi masʼuliyatni tarkib toptirish;j) vatanparvarlik va baynalminallik tuygʼusini shakllantirish, oʼzga millat va xalqlarni hurmat qilish, ularning huquq va burchlarini kamsitmaslik tuygʼusini qaror toptirish;z) mustaqil davlat – Oʼzbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga toʼgʼri va xolisona baho berishga oʼrganish;i) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, uning shaʼni, or-nomusi, qadr-qimmati, huquq va burchlarini hurmat qilishga oʼrgatish va boshqalar.ijtimoiy tarbiya yoʼnalishlari – axloqiy, aqliy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy tarbiyaning xususiy maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator vazifalar amalga oshiriladi Axloqiy tarbiya Ekalogik tarbiya Aqliy tarbiya Jismoniy tarbiya Download 287.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling