Tarbiya jarayonida muomalaning tutgan o‟rni reja


Download 111.02 Kb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi111.02 Kb.
#1529249
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarbiya jarayonida

“Mamlakatimizning istiqlol yo`lidagi birinchi 
qadamlaridanoq, buyuk ma`naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta`lim-
tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon 
talablari bilan uyg`unlashtirish asosida jahon andozalari va ko`nikmalari darajasiga 
chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda”. Bu ulkan mashaqqatlar
evaziga amalga oshirilib kelinayotgan ta`lim- tarbiya sohasidagi islohotlarning asosiy
yo`nalishidir. Hozirgi zamon o`qituvchisidan, hayot sinovlariga bardoshli bo`lish,
millat qadriyatlarini anglash, jamiyatda o`zining munosib o`rnini topish, yuksak
ma`rifatli va ulkan salohiyatli bo`lish, eng so`nggi zamonaviy texnologiyalarni
mukammal bilish talab etiladi. Pedagogik muloqotga doir barcha mashqlarning
umumiy yo`nalishini mavjud pedagogik vaziyatlarda malaka hosil qilish uchun, har bir
muloqot ishtirokchilarining imkoniyatlarini ochishga ko`maklashuvchi uning shaxsiy
hislatlarini rivojlantirib borishni ta`minlovchi vositalardan foydalanish taklif qilinadi.
Muloqotga ba`zi o`quvchilarning sub`ektiv qarashlarini aniqlash, shu o`quvchi bilan
muloqotni oqilona hal qilinishi zarur bo`lgan vazifalarni belgilash, uning xulqini
tuzatish yoki unda shunchaki ishonch kayfiyatini yaratish kerak. Mazkur vaziyatlarda
o`zaro harakatlarning tizimli vositalari majmuasi quyidagicha belgilanishi mumkin:
• muloqot jarayonida tarbiyalanuvchi ob`ektning javob harakati imkoniyatlarini
oldindan ko`ra bilish;
• ob`ektda psixologik to`siq va salbiy qarashlarni keltirib chiqaruvchi vositalarni
qo`lga kiritish;
• vaziyatning o`zgarishiga qarab foydalanish mumkin muloqotlarning bir nechta
modeliga ega bo`lish;
• o`quvchilar jamoasi fikrlarini tinglash, ularning mulohazalariga qo`shilish, ularga
hamdardlik ko`nikmasini rivojlantirib borish;
• o`zaro muloqot natijalarini baholash va erishilgan yutuqlar hamda kamchiliklarni
pedagogik-psixologik vositalar asosida taqqoslash.
Pedagogik faoliyat va pedagogik muloqot xarakteri o`qituvchining shaxsi, uning
qarashlari nuqtai nazarlarida va xulqida namoyon bo`ladigan g`oyaviy siyosiy
saviyasi, professional tayyorgarligi va bilishga intilishi bilan uzviy bog`liq. Bu asosiy
hislatlardan tashqari o`qituvchining umumiy va boshqa qobiliyati, uning moyilligi
xarakteri, muvaqqat psixik holatlari, shuningdek, to`plangan tajribasi muhim
ahamiyatga ega. O`qituvchi shaxsining professional jihatlarini o`z-o`zini tarbiyalash
yo`llaridan biri o`zining sifat va hislatlarini, shuningdek pedagogik faoliyat va
muloqotlarining barqaror xususiyatlariga, o`qituvchi bilimining saviyasi va

53


tarbiyalanganligi natijasida erishilgan natijalarini tahlil qilishga doir mashqlarda ham
namoyon bo`ladi.
Mustaqillikdan keyin amalga oshirilayotgan ta`lim tizimidagi islohotlar tufayli
ulkan o`zgarishlar ro`y bermoqda. Odamlarning ongi, dunyoqarashi o`zgardi. Kadrlar
tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma`naviy-axloqiy jihatdan
tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo`lishiga
erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishida, har bir
fuqaroning bilim olishida, ijodiy qobiliyatini shakllantirishda, intellektual jihatdan
rivojlantirishda o`qituvchining muloqot madaniyati va muomalasi muhim ahamiyatga
ega. Shuning uchun ta`kidlash joizki, o`qituvchi kasbiga nisbatan talab va javobgarlik
ham kuchaydi, ularning jamiyat oldidagi vazifalari yanada oshdi. Buyuk
ma`naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta`lim-tarbiya tizimini
takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan
uyg`unlashtirish, uni jahon andozalari darajasiga chiqarish, o`quvchilarda mustaqil va
erkin fikr yuritish ko`nikmalarini hosil qilish kabi buyuk vazifalarga javobgarlik
o`qituvchilar zimmasiga yuklatildi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganidek, «Yosh avlodimizning qalbi va ongini 

Download 111.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling