Tarbiya jarayonida pedagogik ta’sir ko’rsatish mahorati o’quvchiga u yoki bu yuksak axloqiy


Download 17.2 Kb.
Sana14.12.2020
Hajmi17.2 Kb.
#166893

Tarbiya jarayonida pedagogik ta’sir ko’rsatish mahorati o’quvchiga u yoki bu yuksak axloqiy

sifatlarning mohiyatini anglatish jarayonida qo’llanadigan o’qituvchi-tarbiyachining ish

usullaridanbiridir.

O’qituvchi III sinfda «Ertak ketidan ertak» mavzusidagi suhbatida o’quvchilarga dastlab ertak

mazmunini bayonetadi:

«Ota o’z 10 yashar o’g’li bilan daladan qaytayotib, yo’l ustida tushib yotgan bir taqani ko’radi

va o’g’liga deydi: Taqaniol!

-

Eski taqa uchun egilib o’tiramanmi – deb gap qaytardi o’g’li. Otasi indamasdan o’zi



egilib, taqani oladi-da, yo’lida davom etadi. Kun issiq edi. Bola chanqay boshlaydi. Bir oz yo’l

yurganidan keyin olcha sotib o’tirgan baqqol ko’rinadi. Otasi boyagi taqani olchaga almashtirib,

belbog’iga tugib oladi. O’g’liga ko’z-ko’z qilib, bir dona olchani og’ziga tashladi-da, bir

donasini yerga tashladi. O’g’li darrov egilib olchani oladi va chanqog’ini bostirmoqchi bo’lib

og’ziga soladi. Otasi olchani ketma-ket tashlaydi. O’g’li o’n- o’n besh marta egilib, olchalarni

terib olib yeganidan so’ng nihoyat otasi to’xtaydi va belbog’ida qolgan olchalarni o’g’liga uzata

turibdeydi:

-

Ko’rdingmn o’g’lim, sen taqani ko’tarib olish uchun bir marta egilishga eringan eding,



olchalarni terib olish uchun o’n-o’n besh marta egilding. Bundan keyin esingda bo’lsin, agar

yengil mehnatni og’ir deb hisoblasang, undan battar og’iriga duchkelasan».

Bu ertakdagi pedagogik ta’sirning salbiy va ijobiy ko’rinishlarini bolalarga izohlashda

o’qituvchi quyidagi savollar orqali tarbiyaviy mahorat bilan aniqladi.

-

otani talabi to’g’ri-mi, yoki yo’q-mi? Sababini ochibbering.



-

otani bolaga mehnatdan bosh tortmaslik uchun tutgan ish usuli to’g’ri-mi? Bolaga

dastlab o’z harakati bilan o’rnak bo’lib, so’ng xatosini tushuntiradi.

-

bu borada sizlarnpng fikr va munosabatlaringizqanday?



Tarbiya jarayonnda tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning kuyidagi usullaridan foydalanildi: Bolaga

qo’yilgan talab, pedagogik ta’sir ko’rsatish. O’quv-tarbiya jarayonida o’qituvchi-tarbiyachi o’z

maqsadiga erishish uchun doimo o’kuvchilarga o’z talablari bilan yondashadi. Ularni

rag’batlantirdi, ogohlantirdi, tanbe beradi.

O’qituvchi-tarbiyachini pedagogik asosida qo’yilgan talablarini tushuntirish, nojo’ya

harakatlardan bolalarni saqlash, ayniqsa kichik yoshdagi maktab o’quvchilarini maktab va

jamoaga moslashgunga qadar ketma-ket talablar qo’yiladi.

Yuqoridagi talablarning qanchalik ta’sir etishi tarbiyachining pedagogik mahorati va

obro’yiga bog’liqdir. Talablarning qo’yilish shakllari:

- tarbiyachm tomonidan talabni to’ppa-to’g’ri qo’yilishi.

Bunday talab bolalar jamoasi bilan yashlashni dastlabki bosqichidir. Ijodkor-pedagog

A.S.Makarenko «... Samimiy oshkora, ishonarli, qizg’in va qatьiy talab bo’lmasa, jamoani

tarbiyalashni boshlab bo’lmaydi, degan edi. Bunday talablar jamoani bir maqsad yo’liga

boshlash uchun:

-

talabni ijobiy va bolaning xatti-harakatlariga to’sqinlnkqilmasligi;



-

talab aniq va tushunarlibo’lishi;

-

qo’yilgan talab natijasinibilish;



-

talab ochiq chehra, samimiy bir ohangda berilishi: iltimos, maslahat, yaxshi niyatta

chorlash;

- talab bolalarning yoshi, bilim saviyasiga mos bo’lishi;

-

talablarda kesatish, luqma, minnat qilib bo’lmasligi vaboshqalar.



Tarbiyachining pedagogik ta’sir ko’rsatishning yana bir shakli o’quvchi va o’quvchilar

jamoasini istiqlol yo’liga boshlashidir. Bunda jamoada tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’rtasida

oshkora va ishonch bo’lishi, o’z-o’zini boshqarish, an’ana va qonunlarga amal qilinishi

muhimdir.

Tarbiyachining o’quvchilar jamoasini jipslashtirishdagi mahorati. Kishilik jamoasi paydo

bo’lgan davrdan boshlab inson hech qachon yolg’iz yashay olmagan. Jamoani tashkil qilish va

uning tarbiyaviy ta’sirining nazariy va amaliy asoslari mutafakkir va olimlar tomonidan o’rganib

ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan.

Tarbiyachining navbatdagi vazifasi bolalar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va

jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o’zlashtirib, ilg’or tajribalarga suyanib o’quvchilarni

tarbiyaviy jarayonda o’rtoqlik- do’stlik, o’zaro hamkorlik, hamjihatlik, o’z-o’zini tarbiyalash va

boshqarish kabi jamoatchilik sifatlarini tarbiyalash mahoratini o’zlashtirishdan iborat. Ular:

-sinf boshlang’ich jamoasini tarbiyalash va ularda o’zaro munosabat aloqalarini yaratish.

-

O’quvchilar kundalik faoliyatlarining hamma qirralarida jamoaga jipslashtirish.



-

shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qo’yishgao’rgatish.

-

jamoada bir-biriga mehr-oqibatli, muruvvat va sahiylik, do’stona hamkorlik mavjud



bo’lsa, u katta tarbiyaviy kuchgaaylanadi.

Kichik yoshdagi maktab o’quvchilar jamoalari tashkil qilishda o’qituvchidai turli-tuman usul

va vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi:

1.

O’qituvchi jamoa a’zolarini yangi sharoitga (maktabning I sinfidan boshlab)



moslashuv davrida ularga ishonch, hurmat, xushmuomalalik, talablarni to’g’ri qo’ya bilish shu

bilan birga o’quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bulish talabetiladi;

2.

O’quvchilar jamoasidagi yetaklovchi kuch tayanch o’zaginitanlash;



3.

Jamoa a’zolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish;

4.

Jamoada yangi an’ana, qonun-qoidalarni dastlabki kurtagini yaratish va unga amal



qilish;

5.

Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi.



Jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-ma'rifiy va ma'naviy salohiati ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta'lim-tarbiya tizimidagi isloxotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’quvchi va murabbiylarga bog’liq. Shu sababli mamlakatimizda o’qituvchilar mehnatini qadrlashga, ularga har jihatdan g’amxo’rlik ko’rsatishga harakat qilinmoqda. Jumladan, mamlakatimizda ta'lim tizimini jahon andozalari asosida isloh qilish, yangi ilm maskanlari qurish, ularni zamonaviy tex­nika vositalari bilan jihozlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.O’qituvchilik azal-azaldan e'tiborli kasb hisoblanadi. Mamlakatimizda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning (1996-yil 9-yanvardagi) Farmoni bilan 1-oktabr «O’qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilangan. Mamlakatimizda o’qituvchi va murabbiylarning obro’-e'tiborini yanada oshirish, yoshlarimizning bizdan ko’ra bilimli, kuchli va albatta baxtli bo’lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Bayram kunlari o’qituvchilar qutlug’ ayyom bilan muborakbod etiladi. Ommaviy axborot vositalarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigi beriladi. Mamlakatimizda o’qituvchi-murabbiylar bayrami quyidagicha o’tadi. Avvalo bayram arafasida respublikamizning eng ilg’or o’qituvchi-murabbiylari davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi. Barcha o’quv yurtlarida o’qituvchilarga bag’ishlangan tadbirlar bo’lib o’tadi, ular uchun dasturxonlar yoziladi, shogirdlar ustozlariga o’z tilaklarini izhor etishadi. Tadbirlarda o’qituvchilarga bag’ishlangan kuy va qo’shiqlar yangraydi. Sobiq o’quvchilar ustozlarini bayram bilan tabriklash uchun maktabga keladilar. Qoraqalpog’istonda yangi kelin-kuyovlar bay­ram kuni ustozlari oldiga kelib, ulardan duoi-fotiha olishadi. O’qituvchi va murabbiylar kuni o’quv yurtlaridagina emas, balki mahallalarda ham bay­ram qilinishi an'anaga aylanib bormoqda Ushbu tadbirda ta'lim fidoyilariga yuksak ehtirom ko’rsatiladi. Ustozlar ham bu e'tibordan boshlari ko’kka yetib, barchaga minnatdorchilik bildiradilar. 1-oktyabr - umumxalq dam olish kuni. Shu sababli bu sana ustozlarini ziyorat qilish kuni hamdir. Mazkur bayram o’qituvchilar va murabbiylar mehnatini sharaflash marosimidir. Shu kuni o’quv yurtlarida o’qituvchilar, korxonalarda esa murabbiylar va ustozlar mehnati ulug’lanadi. Murabbiylar ham huddi o’qituvchilar singari katta mahorat va hayot tajribasiga ega bo’lgan ustoz-pedagoglardir. Murabbiylar yoshlarni bevosita ish jarayonida mehnatni sevish va uning sirlarini o’rgatish orqali tarbiyalaydigan kishilardir. Bu bayram yosh ishchini mehnat jamoasiga olib kirgan va unga hamisha namuna bo’lgan, g’amxo’rlik qilgan kishini ulug’lash tadbiri sanaladi. Mohir murabbiylar qo’l ostida ko’plab ishlab chiqarish ustalari, ilg’or mutaxassislar, mehnat qahramonlari, tadbirkorlar yetishib chiqadi. Toshkent traktor zavodi madaniyat saroyida har yili «O`qituvchi va murabbiylar kuni», «Meh­nat bunyodkorlari» nomli tantanali kecha o’tkazish an'anaga aylangan. «O`qituvchi va murabbiylar kuni»ni nishonlash arafasida madaniyat saroyida mu­rabbiylar faoliyati bilan yaqindan tanishtiradigan turli ko’rgazmalar tashkil qilinadi. Ularning biri «Yoshlar yelkasida - otalar qo’li» deb nomlanadi. Ustoz-murabbiylarga ba­g’ishlangan kechada «Mehnat estafetasi», «Us­tozlar xizmati», «Murabbiylar sharafi» ko’rgazmalari namoyish etiladi. Kecha qahramonlari - mehnatda ulkan yutuqlarga erishgan yosh ishchilarning ustozlari sahnaga tanta­nali ravishda taklif qilinadi. Korxona rahbari munosib shogird yetishtirgan ustozlarga «Korxonaning eng yaxshi murabbiysi» degan nishon hamda faxriy yorliq, mukofot va sovg’alar topshiradi. Yosh ishchilar ham murabbiylariga o’zlarining fotosuratlarini, ramziy sovg’alarni topshiradilar. Kecha oxirida yoshlar murabbiylariga tashakkur bildirishadi. Kecha­da ustozlarga bag’ishlangan qo’shiq va raqslar ijro etiladi.

1960-yil 1-oktabr – Nigeriyaning Mustaqillik kuni.

1975-yildan 1-oktabr – Xalqaro musiqa kuni
Musiqa kunini alohida sana sifatida belgilash to'g'risidagi qaror Yunesko qoshidagi Xalqaro musiqiy kengash tashshabusiga ko'ra, uyushmaning Lozannada bo'lib o'tgan 15-Bosh assambleyasida (1973-yil) qabul qilinib, 1975-yildan buyon amaliyotda tadbiq etib kelinmoqda.


Mazkur sana (International Music Day)o'ttiz etti yildan buyon butun dunyoda keng nishonlanib kelinmoqda. Shu kuni er yuzining turli chekkalarida taniqli san'atkorlar va badiiy jamoalar ishtirokida yirik durdonalardan bahramand bo'ladilar. Shuningdek, bastakorlar, ijrochilar, musiqashunoslar bilan ijodiy kechalar o'tkaziladi, cholg'u asboblari hamda musiqa bilan san'at namunalari ko'rgazmalari tashkil etiladi.Bunday tadbirlar zamirida dunyo xalqlarining barcha qatlamlari orasida musiqiy san'atni keng targ'ib etish, xalqlar o'rtasidagi o'zaro hurmatni yanada kamol toptirish, ma'naviy boylikni qadrlash, fikr va tajriba almashish orqali jahonda tinchlik va do'stlik barqarorligiga erishishdek ezgu niyatlar yotadi
Download 17.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling