Tаrbiya jаrаyonining mоhiyati vа аhаmiyati
Tаrbiya turlаrining umumiy tаvsifi
Download 286.5 Kb.
|
4-MA`RUZA MASHG`ULOTI
Tаrbiya turlаrining umumiy tаvsifi. Tаrbiya turlаri turli sоhаlаrgа ko’rа tаsnif etilаdi. Ko’prоq umumlаshgаn tаsnif o’zidа аqliy, mеhnаt, jismоniy tаrbiyani qаmrаb оlаdi. Tа’lim muаssаsаlаridаgi tаrbiyaviy ishlаrning turli yo’nаlishlаri bilаn bоg’liqlikdа fuqаrоlik, siyosiy, bаynаlmilаl, ахlоqiy, estеtik, mеhnаt, jismоniy, huquqiy, ekоlоgik, iqtisоdiy tаrbiyagа bo’linаdi. Institutsiоnаl bеlgilаrigа bo’yichа оilа, tа’lim muаssаsаsi, tа’lim muаssаsаsidаn tаshqаri, diniy, bоlаlаr, yoshlаr tаshkilоtlаridаgi tаrbiya, mахsus tа’lim muаssаsаlаridаgi tаrbiyagа bo’linаdi.Tаrbiya vа tаrbiyalаnuvchilаr оrаsidаgi munоsаbаtlаr uslubigа ko’rа аvtоritаr, dеmоkrаtik, libеrаl, erkin tаrbiya; turli fаlsаfiy kоntsеptsiyalаr bilаn bоg’liqlikdа prаgmаtik, аksiоlоgik, jаmоаviy, individuаl tаrbiya fаrqlаnаdi. Tarbiya maqsadi qanday shakllanadi? Uning shakllanishida ko'plab obyektiv sabablar yetakchi rol o'ynaydi. Organizmning fiziologik yetilish qonuniyatlari, insonning ruhiy rivojlanishi, falsafiy va pedagogik fikrlar yutug'i, ijtimoiy madaniyat darajasi maqsadga umumiy yo'nalish beradi. Biroq asosiy omil doimo davlat mafkurasi va siyosati bo'lib qolaveradi.
Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasi rahbariyati yoshlar orasidan eng iqtidorli, salohiyatlilarini tanlab, saralab olib, ularni ilmiy, madaniy-ma'naviy jihatdan kamolotga erishishlari, zamonaviy fan-texnika asoslarini puxta o'zlashtirib olishlari uchun g'amxo'rlik qilmoqda. O'zbekiston Respublikasining istiqboli nazarda tutilib, ko'pgina yoshlarning Turkiya, Xitoy, Yaponiya, AQSH, Germaniya kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlarga tahsil olish uchun yuborilayotganliklari fikrimizning yorqin dalilidir. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunini hayotga joriy etish, ta'lim-tarbiya, sog'liqni saqlash hamda umumiy tibbiyot muammolarini zamon talablari darajasida olib borish, maktablarni milliylashtirish, o'rta maxsus hamda oliy o'quv yurtlariga kirish imtihonlarini test usulida o'tkazish borasida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar o'z samarasini bermoqda. Jamiyat ma'naviyati va shaxs kamolotida muhim o'rin tutuvchi ma'naviy va axloqiy poklik, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari insoniy fazilatlar o'z-o'zidan shakllanmaydi. Barchasining asosida yosh avlodga oila, umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan ta'lim-tarbiya mazmuni, g'oyaviy yo'nalishi va samarasi yotadi. O'sib kelayotgan yosh avlodning zamon talablariga mos, barkamol inson bo'lib shakllanishlari uchun ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlari - aqliy, ma'naviy-axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, ekologik, iqtisodiy hamda jinsiy tarbiyani tashkil etishga nisbatan yangicha nuqtayi nazardan yondashish, ularning samarali yo'llarini ishlab chiqish alohida dolzarblik kasb etadi. Bu esa tarbiyadagi eng muhim vazifalardir. Download 286.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling