Tarbiya jarayonining mohiyati va prinsiplari


Download 366.93 Kb.
bet1/5
Sana17.10.2023
Hajmi366.93 Kb.
#1705518
  1   2   3   4   5
Bog'liq
amaliy ish 11

TARBIYAVIY FAOLIYATDA PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA FANI PREDMETI VA TARIXIY RIVOJI

Tarbiya qoidalari va ularning mohiyati:

  • a) Tarbiyaning maqsadga qaratilganlik qoidasi.
  • b) Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi.
  • s) Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorlik qoidasi.
  • d) Tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta'sirlarning uyg'unligi va uzluksizlik qoidasi.

Tarbiya usullari haqida tushuncha:

  • a) Ijtimoiy ongni shakllantirish usullari.
  • b) Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish usullari.
  • s) O'z-o'zini tarbiyalash usullari.
  • d) Rag'batlantirish va jazolash usullari.

Tarbiya qoidasi - pedagogik ta'lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang`ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari-o'qituvchi va tarbiyachilarga yo'1-yo'riq ko'rsatuvchi qoidalar hisoblanadi. Tarbiya qoidalariga quyidagilar kiradi:

  • Tarbiyaning ma'lum maqsadga qaratilganiik qoidasi. Tarbiyadan ko'zlangan asosiy maqsad har tomonlama ma'naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma'lum maqsadni ko'zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiyaning ma'lum maqsadga qaratilganligi qoidasi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko'ra bilishga yordam beradi.

Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi.

  • Oqituvchining bilim saviyasi ma'naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqqiyotga eltuvchi yetakchi omillardan biridir. Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda Qur'oni Karim, Hadisi Shariflardan foydalanish juda muhim. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o'smirning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokraliyalash - bu tarbiyani ma'muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo'yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o'rtasida o'zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o'zgartirish demakdir. O'qituvchi o'quvchiga avvalgidek tarbiya obyekti emas, xuddi o'zi kabi subyekt deb qarashi darkor. Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish uning mohiyatini va mazmunini qayta tafakkur etishni ko’zda tutadi. Shaxsning rivojlanishi va o'zligini anglashni ta'minlaydi.

Download 366.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling