Tarbiya tamoyillari Tarbiya haqida sharq va Gʻarb mutafakkirlarining qarashlari Reja Ijtimoiy tarbiya tushunchasi. Ijtimoiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. «Tarbiyasi qiyin»
Download 44.05 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar.
2-mavzu: Tarbiya –ijtimoiy hodisa sifatida Tarbiya – haqida umumiy ma’lumot Tarbiya tamoyillari Tarbiya haqida sharq va Gʻarb mutafakkirlarining qarashlari Reja 1.Ijtimoiy tarbiya tushunchasi. 2. Ijtimoiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. 3.«Tarbiyasi qiyin» yoki «tarbiyasi ogʻir» bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat mazmuni va turlari. 4. Asotsial axloqning mazmun-mohiyati, uni bartaraf etish yoʻllari. Tayanch tushunchalar. Ijtimoiy tarbiya, tarbiyasi qiyin, tarbiyasi ogʻir, assotsial axloq. 1.Ijtimoiy tarbiya tushunchasi Ta’lim tizimi–ijtimoiy-genetik mexanizm boʻlib, u ijtimoiy tajribani avloddan-avlodga oʻtkazadi va shu orqali shaxsni shakllantirishni ta’minlaydi hamda uning istiqbollarni belgilaydi. Bu tizim odamzod paydo boʻlgan davrlardan buyon amal qilib kelmoqda. Zero, madaniy-ma’naviy boyliklarsiz, ta’lim tizimisiz jamiyat yashay olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, ta’lim oliy darajadagi ahamiyat kasb etadigan ijtimoiy institut boʻlib hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonunida ta’limning davlatimiz ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha deb e’lon qilinish pedagogika fani zimmasiga mas’uliyatli ulugʻvor vazifalarni yukladi. Oʻsib kelayotgan yosh avlodning bilimi va ularning kelajakda qanday kasb-hunar egallashlariga qarab mamlakatimiz kelajagini tasavvur qilish mumkin. Yoshlar farovon hayotimiz mezonidir. Yoshlarga ta’lim-tarbiya berish har bir ota-onaning, oʻqituvchi-pedagogning Vatan oldidagi muqaddas burchidir. Har qanday jarayon muayyan natijaga erishishga qaratilgan qonuniy va izchil xarakatlar majmuasidan iborat boʻladi. Tarbiya jarayoni natijasi har tomonlama va uygʻun kamol topgan, yangi mustaqil oʻzbekiston ravnaqini ta’minlaydigan komil insonni shakllantirishdan iborat. Bu jarayon ikki tomonlama boʻlib, uyushtirish, rahbarlik va tarbiyalanuvchining faolligini talab etadi. Bu jarayonda oʻqituvchi yetakchi, chunki u tarbiya maqsadlarini amalga oshirish jarayonini ishlab chiqadi, tarbiya shakllari, metod va usullarini asosli tarzda tanlab oladi va tadbiq etadi. Tarbiya mohiyati - muayyan voqea rivojlanishining asosiy belgilari va tendensiyalarini belgilovchi chuqur aloqalarni, ichki munosabatlarini aks ettiradi. 1. Shaxs tarbiyaning qonuniy natijasi sifatida yaxlit mavjudotdan iborat. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas, yaxlit kompleks shaklida rivojlanadi. Bola oʻqib rivojlanib borgan sari tarbiya vazifalari murakkablashib, chuqurlashib, tabaqalashib boradi. 2. Tarbiya komponentlari oʻzaro aloqada boʻlib, maqsad, vazifa, tarbiya mazmuni, shakllari va metodlari mushtarakligi bilan shakllantirilishi kerak. 3. Tarbiya jarayoni ob’yektiv ravishda aqliy, axloqiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiya birligini, oʻquvchilarning ongi, xulq- atvori va faoliyati birligini, tarbiya jarayonini tashkil etishning individual, gruppali va ommaviy shakllari qoʻshib olib borishini ta’minlaydigan pedagogik tizimni vujudga keltirishni va bu tizimning amal qilishini talab etadi. 4. Tarbiya jarayoni shaxsning sotsial qadrli vazifalarini shakllantirishga, uning dunyoga-jamiyat, odamlar va oʻziga nisbatan munosabati doirasini vujudga keltirishga va kengaytirishga qaratilgandir. 5. Tarbiya koʻp faktorlik xarakter ega. Bola shaxsi qaror topishida maktab, oila, jamoatchilik, mahalla, sotsial muhit va turli vaziyatlar xilma-xil, bevosita va bilvosita ta`sir koʻrsatadi. 6. Tarbiya uzoq davom etadigan va uzluksiz jarayon boʻlib, kishining umri oxirigacha davom etadi. 7. Tarbiya jarayoni natijalari odatda bir xil boʻlmaydi. Bu narsa koʻpgina sabablarga, oʻquvchilarning individual-tipalogik tafovutlariga, ularning ma’naviy tajribasiga, shaxsiy pozitsiyasiga bogʻliq. 8. Tarbiya oʻz-oʻzini tarbiyalash, qayta tarbiyalash bilan qoʻshib olib boriladi. Tarbiya kuch, xosiyati haqidagi sharq buyuk olimlarining pedagogik qarashlari katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Al Xorazmiy va boshqalarning gʻoyalri hamda pedagogik qarashlari ijtimoiy pedagogik fikr taraqqiyotining dunyoviy jarayoniga koʻp jihatdan ta’sir koʻrsatadi. Ta’lim-tarbiya haqidagi ta’lim birinchi yozma ma’lumot boʻlgan «Avesto» dan tortib “Qur’oni Karim”, Hadislarda, Kaykovusning «Qobusnoma» sida, K.Sheroziyning «Qalila va Dimna», Nizomulkning «Sayoxatnoma», M.Qashgʻariyning «Devonu lugʻati- turk», Y.X.Xojibning «Qutadgʻu bilik», A.Yugnakiyning «Xibbat ul-xaqoyiq», A.Navoiyning «Maxbub ul-qulb», A.Avloniyning «Guliston yoki axloq» asarlarida ilgʻor pedagogik gʻoyalar ifodalangan, tarbiya kuchi, xosiyati ulugʻlanib asarlarida ilmga tarbiya orqali, yaxshi fazilatlarga ega tarbiya orqali erishiladi deydi. «Aflotun qonuniyatlarini mohiyati» va boshqa asarlarida yosh avlod bilim va madaniyatga erishishda inson tarbiyasi, shaxs kamolotiga alohida e’tibor beradi. Farobiy pedagogik qarashlarda insonning barcha axloqiy imkoniyatlarini baxt saodatga erishishda birdan-bir maqsad mevasi deydi. Download 44.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling