Tarbiya texnologiyalari tarixi, istiqbollari. Tarbiya texnologiyasi asoslari


Tarbiya texnologiyasining mazmun mohiyati


Download 37.26 Kb.
bet2/2
Sana03.08.2023
Hajmi37.26 Kb.
#1664753
1   2
Bog'liq
Tarbiya texnologiyalari tarixi, istiqbollari. Tarbiya texnologiy

2. Tarbiya texnologiyasining mazmun mohiyati
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan avlod va mutaxassislarning ma'naviy shakllanishiga alohida e'tibor qaratilgan.
Ta'lim muassasalarida tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish asosiga ilg‘or milliy, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va mezonlar, xalq pedagogikasi, marosimlar, bayramlar, o‘yinlar va boshqalar qo‘yilishi kerak. Ularni tashkil qilish, o‘tkazishda tarbiya texnologiyalaridan yoki interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarda o‘z yurtiga mehr-muhabbat, vatanparvarlik, oilaparvarlik, kasbiy fidoyilikning shakllanishiga yordam beradi.
Tarbiyadagi birinchi qarama-qarshilik — insondagi mavjud tabiat kuchlari, inson tabiati rivojlanishi, uning cheklanmagan imkoniyatlari bilan jamiyat ijtimoiy hayotidagi bu rivojlanish cheklovi sabab bo‘luvchi, dasturlashtiruvchi sharoitlar o‘rtasida yuzaga keladi. Erkinlikni cheklovchi avtoritar jamiyat iste'dodlarni so‘ndiradi, odamlarni buzadi, iltifotli mansabdorlarga va befarq rasmiyatchilarga,ishlab chiqarish jarayonining bir ortiqcha qismiga, ijtimoiy hayotda to‘siqqa aylantiradi. Demokratik jamiyat esa moddiy-texnik bazasini rivojlantira borib, turli ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirib, har bir inson shaxsining ijtimoiy hayot talablariga mos va o‘zida mavjud tabiiy kuch, iste'dod va qobiliyatlarga nisbatan rivojlanishiga haqiqiy sharoit yaratadi.
Tarbiyaning ikkinchi qarama-qarshiligi — bolaning faol tabiati, uning ijtimoiy hayotda, turli munosabatlarda, muomalalarda ishtirok etishga intilishi bilan hayot jarayonida amaliy, haqiqiy ishtirok etish uchun tajriba, bilim, malaka va ko‘nikmalari etishmasligi va uning tabiiy hamda ijtimoiy yetuk emasligi o‘rtasida kuzatiladi. Ushbu qarama-qarshilik bolalar uchun idrok etishga, tarbiya jarayonida faol ishtirok etishga haqiqiy harakatlantiruvchi kuch, rag‘bat hisoblanadi. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da va ta’lim-tarbiyani yanada takomillashtirishga qaratilgan qator hujjatlarda shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga birlamchi e’tibor berilgan. Zero, erkinlik ta’minlangan jamiyatda fikr rivojlanadi, fikr rivojlanishi esa jamiyatning kuchli bo‘lishi garovidir.



Download 37.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling