Tarbiya texnologiyalarining mohiyati


Download 31.85 Kb.
bet6/7
Sana14.05.2023
Hajmi31.85 Kb.
#1459438
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
texnologiua

Treningni maqsadi:
Qatnashuvchilarga muammoli bolalar bilan o‘zaro til topishishning hamda ular bilan bo‘ladigan turli vaziyatlarda to‘g‘ri yechimni topishlarga yordamlashish.
Muammoning mohiyatini aniqlashda malakani shakllantirish.
Tarbiyaning ba’zi usullari bilan tanishtirish, bolalar va o‘smirlar bilan ishlashda ushbu uslublarni to‘g‘ri tanlashni o‘rgatish.
Muammoli bolalarning paydo bo‘lish sabablari va yetakchi tarbiyachilarning ushbu muammoni yechishdagi hatti-harakatlarini to‘g‘ri aniqlashni o‘rgatish.
Guruhdan va kollejdan tashqari ishlar barkamol shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar o‘quvchilar qiziqishiga muvofiq tarzda ko‘ngillilik asosida tashkil qilinadi.
Pedagogika kolleji va kollejdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlari, mazmun va maqsadini belgilab bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Pedagogika kolleji va kollejdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar barkamol shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi.
Guruhdan tashqari ishlar barkamol shaxsdagi ma’naviy madaniyati, ijtimoiy faolligi, ijtimoiy ong hamda ahloqiy odatlarini tarkib toptirishning eng muxim omilidir. Bu faoliyat ilmiy jamoa, turli konferensiya va munozaralar, siyosiy, ahloqiy, ilmiy ommabop va mehnat mavzularidagi ma’ruza va suxbatlar, ijtimoiy foydali mehnat, siyosiy axborot, bayram tadbirlari va hokazolarni o‘z ichiga oladi.
Innovatsion tarbiya texnologiyalaridan tashqari tarbiyaviy ishlarda quyidagi ish usullaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
Og‘zaki ish usullari. Turli axborotlar, majlislar, ertalabki yig‘inlar, ma’ruzalar, konferensiyalar, munozaralar, uchrashuvlar.
Amaliy ish olib borish usullari. Turli joylarga sayohatlar, sport musobaqalari, olimpiada, yosh tabiatshunoslar shanbaliklar.
Ko‘rgazmali ish usullari. Urush va mehnat qahramonlari xonasi, yangi kitob yoki rasmlar ko‘rgazmalari.
Tarbiyaviy ishlar guruh rahbaridan butun qobiliyatini ishga solishi, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, ma’nan yetuk, axloqan pok, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo‘lishlari lozim.
Guruh rahbarining faoliyati ko‘p qirrali va sermazmundir. U o‘zi rahbarlik qilayotgan gurux o‘quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o‘quv yili davomida nimalar qilish kerakligini talabalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabiy ancha murakkab muammoni yechadi. Bu borada gurux raxbariga turli xil manbalar yordam beradi.
Guruh raxbarining ahloqiy obro‘si g‘oyat darajada yuqori bo‘lishi ham bu o‘rinda muhimdir. Guruh rahbari ana shunday tarbiyaviy ta’sir kuniga ega bo‘ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o‘quvchilar ongining va xulqining shakillanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Guruh rahbari uchun malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini o‘zi yetarli emas. U o‘z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o‘z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan xam ta’sir o‘tkazadi. Chunki, tarbiyachilik qobiliyati juda ko‘p sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrliylik, ishga jon dildan ko‘ngil qo‘yishi, o‘quvchilarga bo‘lgan cheksiz muhabbat, muomala, nazoktliylik, oqil va adolatlilik, vazmin kabi fazilatlarning bo‘lishini taqozo qiladi. Bunga yana tarbiyachilmk texnikasi qo‘shimcha ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiydir. Tarbiyachilik texnikasi gurux rahbarinig asosiy qurolidir.
Guruh rahbari pedagoglar, ota- onalar va talabalarni o‘zaro bog‘lovchi shaxs sifatida barcha tomonlarinig nuqtaiy nazarini hisobga olish, harakatlarni bir markazga birlashtirish, o‘zaro aloqalarning to‘g‘ri bo‘lishiga ta’sir o‘tkazish va ayni vaqitda o‘zining pozitsiyasini aniq ta’minlay olishi kerak. Mana shu fazilatlar guruh raxbarinig tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishga va uning muvaffaqiyatini ta’minlashga garov bo‘ladi.
Guruh rahbarinig va o‘qituvchining asosiy vazifasi har bir talabaning fikrlashga o‘rnatishdan iboratdir. Ayniqsa talabalar o‘qish qiyinchiliklarini yengish, olingan bilimlarni amalda qo‘llash kabi bilim olish uchun zarur bo‘lgan sifatlarini shakillantirish katta ahamiyatga egadir.
Guruh rahbari talim- tarbiyaviy ishlarni yakka o‘zi emas, balki shu guruxda dars beruvchiboshqa o‘qituvchilar bilan hamkorlikda hal etadi. O‘quv ishlarida guruh rahbarinig va shu guruxda ishlaydigan boshqa o‘qituvchilarninig bir yoqadan bosh chiqarib ishlashi, o‘quvchilarga nisbatan yagona talabni amalga oshirish va o‘quvchilarining bir- biriga o‘zaro yordamlari ta’lim- tarbiya sifatini oshiradi.
Guruh rahbarlari o‘tkazilayotgan ishlarni hamda ularning talabalar tarbiyasi ko‘rsatgan ta’sirini har kuni tahlil qilishlari, o‘zlari erishgan yutuqlari vamuvaffaqiyatsizliklari sabablarini tushunishga harakat qilishlari, jamoasining rivojlanishida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni qayd qilishlari kerak. Shunday qilib, rejalashtirishning har bir bosqichiga tayyorlanish muntazam olib boriladi. Jamoani va ayrim o‘quvchilarni o‘rganish yuzasidan olib borilgan barcha ishlar yakunida guruxga pedagogik tavsifnoma yoziladi. Mazkur tavsifnoma gurux jamoasning o‘ziga xos aniq xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi.
Tajribali guruh rahbarlari o‘zining kuzatishlari va xulosalarini alohida varaqlarga qisqacha qilib yozib boradi. Bular maxsus jildlarda saqlanadi. To‘plangan ma’lumotlar o‘quvchilar jamoasi hayotini, uning erishgan yutuqlari va kamchiliklarini keyinchalik taxlil qilish uchun xizmat qiladi. Guruh rahbarlari o‘quv yili oxirida gurux jamoasning ishini tahlil qilishga aloxida e’tibor beradi. Bknda rejada belgilangan vazifalarni qanday hal etilganligini, guruh ijtimoiy hayotida qanday ishtirok etganligini, mamlakatimizdagi va chet ellarga qanday qaraganligini, amalga oshirilgan ishlardan qaysilari muvaffaqiyatli bo‘lgan va an’anaga aylanishi kerakligini, o‘quvchilar o‘rtasida qanday munosabatlar vujudga kelganligini, guruh faollarining tashabbuskorligi, mustaqilligi, obro‘ e’tibori va boshqa masalalarni atroflicha tahlil qilish muhimdir.
Guruh rahbarlari tajriba orttirgan sari ancha murakkab masalalar bilan qiziqa boshlaydi. Uni guruxdagi ishlari qanchalik muvaffvqiyatli o‘tgani emas, balki ular talabalarga qanday ta’sir ko‘rsatgan, guruxning ijtimoiy foydali ishlarda ishtirok etishi emas, balkiishtirok etish sabablari qiziqtiradi.
Shuni nazarda tutish kerakki, guruh raxbari o‘z guruh jamoasi oldiga qo‘yadigan aniq tarbiyaviy vazifalari dastlabki vaqtlarda uncha murakkab bo‘lmasligi mumkun.
Masalan, guruh rahbari guruhga kelgandan so‘ng deyarli hamma talabalar yaxshi ishlashini, lekin ularning bir biri bilan aloqasi yo‘qligini aniqladi. Bunday guruhda shunday bir ish kerakki, bu ish hamma o‘quvchilarni yagona maqsadga olib borsin. O‘quvchilar uchun bu vazifa avtomobil zavodi uchun metallom yig‘ish va jo‘natish shaklida yetkaziladi. O‘z mazmuniga ko‘ra juda oddiy bo‘lgan bu topshiriq o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otadi, ularda temir tersak yig‘ishda bir birlari bilan musobaqalashib, uni tezroq bajarish ishtiyoqini hosil qiladi.
Boshqa bir guruh rahbari o‘z ishlarini tahlil qilib chiqib, shunday xulosaga keldik: guruhda ko‘p ishlarni o‘zi bajaradi, o‘quvchilar esa shaxsiy hayot egalari emas, balki ko‘pincha ishning ijrochiligi bo‘lib qoladilar. Shuning uchun u o‘quvchilarning tashabbus va mustaqilligini rivojlantirish, barcha o‘quvchilarni gurux ijtimoiy faoliyatiga jalb etish va har bir talabada o‘ziga yoqadigan ish bo‘lishga erishish vazifasini qo‘ydi. Shunday vazifa qo‘ygach, guruh raxbari o‘quvchilarning ko‘pchilik qismini zarur malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish uchun o‘z diqqat etiborini gurux faollarini tarbiyalashga qaratish kerakligini tushunadi.
Ana shu taxlilda izchil ish olib borilsa, tarbiyaviy vazifvlvr o‘quvchilar uchun qiziqarli, istiqbolli vazifalarga aylanadi.
Yurtimizda o‘z kasbini fidoisi bo‘lgan o‘qituvchilarga talab kun sayin ortib bormoqda. Islom Karimov: “Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’lim tarbiyasini shaxslar kerak”1 deb aytadilar. Mamlakatimizda ta’lim turining bosqichlari mavjud bo‘lib, bunda maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, o‘rta – maxsus ta’lim bosqichlari mavjud. Uzluksiz ta’lim tizimini modernizatsiyalash, ta’lim jarayoniga innovatsion ta’lim tenxnologiyalarni joriy etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan maktab va kollejlarda o‘quvchilarning bilish faoliyatini hamda dars vaqtida bo‘ladigan kamchilik – nuqsonlarni e’tiborga olish, darsdagi o‘qitish texnologiyasini jonlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘sib borayotgan yosh avlod bilimli, har taraflama yetuk, sog‘lom bo‘lsagina Yurtimiz kelajagi porloq bo‘ladi. Yoshlarni har taraflama yetuk, o‘z ishining fidoisi bo‘lib yetishishida jonkuyar o‘qituvchilarning o‘rni alohida ajralib turadi.
Pedagogika kolleji o‘quvchilarini innovatsion tarbiya texnologiyalari vositasida ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda guruh rahbarining ushbu tarbiya texnologiyalardan xabardorligi alohida hamiyatga ega. Shu bois, har kollej usulubiy bo‘lim xodimlari tomonidan o‘qituvchilar uchun soha mutaxassislari bilan hamkorlikda uslubiy xarakterga ega ma’ruza va seminarlar tashkil etib borilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim – tarbiya tizimini o‘zgartirishdagi asosiy muammo shu yerda o‘qituvchi. O‘quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun avvalo murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”. “Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi” 1 – deb takidlaydilar. Shunday ekan, xar bir o‘qituvchi yosh avlodga ta’lim – tarbiya berish borasidagi o‘z burchini bo‘shliq bilan to‘ldirilgan majburiyat bilan emas, balki unga o‘z hayotining mazmuni, ishonchi, bor mexri, unga vijdonan yondoshib, ma’suliyat ila olib bormog‘i kerak deb o‘ylayman.
Kelajakda men innovator o‘qituvchi bo‘lsam, o‘qitishdagi innovatsiyani, uning mazmunidagi innovatsiyani – chuqurroq anglagan xolda kelgusi yetishib kelayotgan kelajak avlodga munosib ravishda ularning kasbiy faoliyatida yangicha va mukammal innovatsion texnologiyalar asosida munosib o‘rin egallay oladigan asosiy mezon bo‘lishida yondoshmoqchiman degan maqsad bilan faoliyatlarini tashkil etishlari lozim.
Biz milliy ma’naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o‘z oldimizga asosiy vazifa qilib qo‘yar ekanmiz, bugungi kunda ma’naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta’sir o‘tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o‘rin tutishini yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
“Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi”.
Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.
Bu ko‘hna tuproqda milodgacha bo‘lgan davrda va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, hali-hanuz o‘zining ko‘rku tarovatini saqlab kelayotgan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan o‘lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan to‘rt mingdan ziyod moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.
“Shu ma’noda, xalq og‘zaki ijodining noyob durdonasi bo‘lmish «Alpomish» dostoni millatimizning o‘zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan qahramonlik qo‘shig‘idir. Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo‘lsa, «Alpomish» ana shu dostonning shoh bayti, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Bu mumtoz asarda tarix to‘fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o‘zligini doimo saqlagan el-yurtimizning bag‘rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o‘z ifodasini topgan”_.
Shu bois «Alpomish» dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo‘y bo‘lishga, o‘z yurtimizni, oilamiz qo‘rg‘onini qo‘riqlashga, do‘stu yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o‘rgatadi.
Milliy ma’naviyatimiz azaldan qanday omil va mezonlar negizida shakllanib kelayotgani xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram — sharqona yangi yil bo‘lmish Navro‘z ayyomi misolida ayniqsa yorqin namoyon bo‘ladi.
Barchamiz doimo orziqib kutadigan va katta xursandchilik, shodiyona bilan o‘tkazadigan Navro‘z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, ko‘p ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi bo‘lib kelmoqda.
Shu o‘rinda ma’naviyatning yuksalishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan yana bir mezon — muqaddas dinimiz haqida alohida to‘xtalib o‘tishni zarur, deb bilaman.
Barchamizga yaxshi ma’lumki, din azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzotning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlarini o‘zida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g‘oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir.
“Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har bir davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan taqdirdagina ma’naviyat olami yangi ma’no-mazmun bilan boyib boradi. Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot – bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, ma’naviyatning shakllanishiga o‘ziga xos ta’sir o‘tkazadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini g‘urur bilan ta’kidlash lozim”.
Pedagogika kolleji o‘quvchilarini Ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqligidir.
Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan.
Albatta, ta’lim-tarbiya — ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi.

Download 31.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling