Tarbiya va uning turlari. Tarbiya qonuniyatlari
Tаrbiya turlаrining umumiy tаsnifi
Download 48.73 Kb.
|
1 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqning to`g`riligi va ravonligi
- Nutqning aniqligi va ta’sirchanligi
- Nutqning mantiqiyligi
- Nutqning tozaligi va ifodaliligi
- So`z barcha dalillar, barcha fikrlar libosi, o`qituvchi nutqining poydevoridir.
- Til va nutq.
Tаrbiya turlаrining umumiy tаsnifi
Tаrbiya turlаri turli sоhаlаrgа ko`rа tаsnif etilаdi. Ko`prоq umumlаshgаn tаsnif o`zidа аqliy, mеhnаt, jismоniy tаrbiyani qаmrаb оlаdi. Tа`lim muаssаsаlаridаgi tаrbiyaviy ishlаrning turli yo`nаlishlаri bilаn bоg`liqlikdа fuqаrоlik, siyosiy, bаynаlmilаl, ахlоqiy, estеtik, mеhnаt, jismоniy, huquqiy, ekоlоgik, iqtisоdiy tаrbiyagа bo`linаdi. Institusiоnаl bеlgilаrigа bo`yichа оilа, tа`lim muаssаsаsi, tа`lim muаssаsаsidаn tаshqаri, diniy, bоlаlаr, yoshlаr tаshkilоtlаridаgi tаrbiya, mахsus tа`lim muаssаsаlаridаgi tаrbiyagа bo`linаdi. Tаrbiya vа tаrbiyalаnuvchilаr оrаsidаgi munоsаbаtlаr uslubigа ko`rа аvtоritаr, dеmоkrаtik, libеrаl, erkin tаrbiya; turli fаlsаfiy kоnsеpsiyalаr bilаn bоg`liqlikdа prаgmаtik, аksiоlоgik, jаmоаviy, individuаl tаrbiya fаrqlаnаdi. 8. Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya tamoyilining hozirgi kundagi ahamiyati qanday? O`qituvchining pedagogik faoiyatida uning nutqi, notiqlik qobiliyati muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa ushbu muammoga mustatillikdan keyingi yillarda jiddiy e’tibor qaratildi. Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda avvalo milliy istiqlol mafkurasi muhim ahamiyatga ega. Mafkuramizning yuksak ustunlaridan biri ─ millat tilidir. Respublikamizning “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim to`g`risida”gi Qonunlari, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa hujjatlarda barkamol avlod tarbiyasida o`z ona tiliga nisbatan mehr─muxabbat tuyg`ularini shakllantirish e’tirof etilgan. Yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasida o`qituvchining nutqi, uning notiqlik san’ati alohida qudrat kasb etadi. Prezidentimiz I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida so`zlagan nutqida ta’kidlaydiki, “O`z fikrini mutlaqo mustaqil ona tilida ravon, go`zal va lo`nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbarlik kursisida o`tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin”. O`qituvchining nutqiy madaniyatini shakllantirish uning kasbiy faoliyatida naqadar muhim ahamiyatga egaligi to`g`risida mulohaza yuritar ekanmiz, avvalo, notiqlik san’atining kelib chiqish tarixini bilish lozim. Professional notiqlik san’ati yunoniston, O`rta Osiyo, va Hindistonda o`zining uzoq tarixiga ega. Tarixchi olimlarning (Apresyan G.Z.) ma’lumotlariga ko`ra, Notiqlik san’atiga eramizdan oldingi VII asrda yunonistonda asos solingan. Qadimgi yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilar edi. Ular, notiqlik san’atining etuk namoyondalari bo`lib, o`zlarining chiroyli so`zlari, baland va ta’sirchan ovozlari bilan odamlar tafakkuriga, ongiga kirib borganlar, ta’lim va tarbiyada ulkan yutuqlarga erishganlar. Shu sababli, notiqlik san’ati va nutq madaniyatining nazariyasiga, uning cheksiz tarbiyaviy ahamiyatiga ilk marotaba qadimgi yunonistonda asos solinganligi ilmiy adabiyotlarda bayon etiladi. yunonistonda epos, lirika, drama, haykaltaroshlik, musiqa va me’morchilik bilan birga notiqlik san’ati ham murakkab va muhim san’at asari sifatida tan olingan. Notiqlik san’atini davlatning muhim ijtimoiy-siyosiy ishlariga taalluqli faoliyatdagi ahamiyati uchun hamda yosh avlodni tarbiyalashda ular ongi va tafakkuriga qizg`in ta’sir etuvchi murakkab vosita ekanligi uchun yunonistonda uni “San’atlar shohi” deb atashgan. eramizdan avvalgi V asr yunonistonda “Notiqlik san’ati”ning eng takomillashgan va rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davrda notiqlik san’atining quyidagi uchta qonuniyatiga ayniqsa jiddiy e’tibor berilgan: tinglovchiga tushuntirish (ma’lum bir g`oyani); tinglovchining tafakkurini uyg`otish (fikrini, ongini, maqsadini); tinglovchini o`ziga jalb qilish (huzur halovat va qoniqish hissini uyg`otish asosida). Notiqlar ushbu qonuniyatlarga amal qilgan holda “tinglovchilarga halovat bag`ishlash” orqali odamlarni ezgulikka, adolatparvarlikka, vatan oldidagi burchlariga sadoqatli bo`lishga, eng yaxshi insoniy fazilatlarga amal qilib, ularni bajarishga, odob va axloq qoidalariga rioya qilishga chorlar edilar. Bu ularning asosiy vazifasi hisoblanardi. Notiqlik san’atini chuqur egallagan, o`zlarining go`zal va chiroyli nutqlari hamda noyob asarlari bilan jamiyatda hurmat va e’tibor qozongan Sokrat, Platon, Dinarx, Giperid, Gorgiy, Isokrat, Isey, esxil, Demosfen, Sitseron, Kvintilian kabi namoyondalar yunonistonning mashhur davlat arboblari bo`lib etishganlar. yunon notiqlari og`zaki nutqning shakl va qonuniyatlarini, mulohaza va isbot kabi mantiq ilmi qoidalarini chuqur o`zlashtirganlar. Ular o`z fikrlari va tuyg`ularini ruhan O`quvchilar hamda tinglovchilar tafakkuri va ongiga chuqur singdira olganlar va keskin ta’sir o`tkazganlar. Har bir notiq o`z ustida yillab tinimsiz mashg`ulotlar olib borgan, sehrli ovoz sohibi bo`lish uchun nutq texnikasining barcha qonuniyatlariga amal qilganlar. Ular o`zlarining ta’sirchan nutqlarini namoyish qilish bilan notiqlik san’atini “Mafkuraviy va siyosiy kurash hamda yosh avlodni tarbiyalash quroli” deb hisoblagan va buni o`z faoliyatlarida isbotlab berganlar. Mashhur faylasuf olim Sokrat (eramizdan avvalgi 469 ─ 399 yillar) O`quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda savol-javob usulini joriy qilib, ushbu usul orqali suhbat metodiga asos solganligi barchaga ma’lum. Sokratning shogirdi Platon esa o`z ustozi g`oyalarini davom ettirib, savol-javobni notiqlik san’atining bir shakli sifatidagi ahamiyatini o`z asarlarida yoritadi hamda uni inson tafakkuri va ongini, dunyoqarashini og`zaki nutq bilan boyituvchi noyob uslub sifatida baholab, uni mazmunan amaliy va nazariy jihatdan yanada boyitdi. yunonistonda notiqlik san’atining har tomonlama takomillashishi Demosfen (eramizdan avvalgi 384─322 yillar) nomi bilan uzviy bog`langan. U yoshlik yillaridanoq notiqlik san’atiga qiziqdi. Tug`ma duduq bo`lishiga qaramasdan, O`quvchi va tinglovchilarning istehzolariga bardosh berib, qizg`in va shiddatli mehnati bilan notiqlik mahoratini namoyish eta olgan. Faqat Demosfen yunonistonda notiqlik san’atining etuk namoyodasi, ya’ni o`z davrida “notiqlik san’atining elitasi” sifatida mashhur bo`ldi. U davlat tribunasini notiqlik san’atiga asoslangan siyosiy va mafkuraviy kurash maydoniga aylantirdi. Demosfenning notiqlik san’ati g`oyalarini uning shogirdi Mark Sitseron (eramizdan avvalgi 106─43 yillar) davom ettiradi. Qadimgi yunonistonda nutq mahorati, uni takomillashtirish yo`llari, nazariyasi va tarixi bo`yicha o`z tajribalaridan kelib chiqib Sitseron bir nechta asarlar yaratdi. Sitseronning notiqlik san’ati tarixiga bag`ishlangan “Brut”, “Notiqlik san’ati namoyondalari”, “Notiq”, “Notiqlik haqida” kabi asarlari shular jumlasidandir. Notiqlik san’atining ulkan imkoniyatlarini, odamlarni va jamiyatni boshqarishda qudratli kuch ekanligini ta’kidlab, uni davlatning siyosiy jihatdan bosh quroli deb hisoblaydi. Shu sababli har bir davlat rahbari va davlat arbobi notiqlik san’atining cheksiz imkoniyatlarini chuqur egallashi lozimligini aytadi. Sitseronning notiqlik san’ati nazariyasida “Ideal notiq” haqidagi g`oyalari muhim ahamiyatga ega. Uning fikricha, “Ideal notiq egasi yuksak ma’naviyatli, chuqur bilimga ega, tafakkuri boy faylasuf bo`lishi kerak.” Ideal notiqlar tinglovchilar qalbiga va his tuyg`ulariga tez, chuqur kirib borishi, ularning kayfiyatini, ruhiyatini bilib, shodlik va sevinch tuyg`ularini, yoki aksincha, g`azab va nafratini ta’sirchan nutqi asosida uyg`ota olishi lozim. Цistseron tomonidan ishlab chiqilgan va nazariy hamda amaliy jihatdan asoslangan notiqlik san’ati haqidagi ma’lumotlarni, tizimlar va uslublarni rimlik Kvintilian (eramizdan avvalgi 35-95 yillar) ma’lum bir tartibga keltirib, tabaqalashtirib, undan notiqlik san’ati sohasi bo`yicha faoliyat ko`rsatuvchilar unumli foydalanishlari uchun qayta ishlab chiqdi. U notiqlik san’atining balandparvoz, asabga teguvchi teatr artistlariga xos ovoz ritorikasiga qarshi edi. Kvintilianning fikricha, notiq tashqi ovoz natijalari bilan emas, balki ilmiy asosga ega bo`lgan, mazmunan boy, mukammal va “tiniq” nutq orqali ulkan yutuqlarga erishishi mumkin. U “Tarbiya haqida” asarida o`z nazariyalariga asoslanib, notiqlik san’atini o`rganish metodikasini yaratdi. Faylasuf olim o`z asarida ilk bor notiqlik san’atining ta’lim-tarbiya maskanlarida bolalar bilimi, ongi va tafakkuriga ijobiy ta’siri haqidagi g`oyalarini ilgari surdi. O`qituvchilar va tarbiyachilarning qizg`in faoliyat olib borishlari uchun notiqlik san’atini mukammal o`rganishga doir o`zining metodikasini taqdim etdi O`qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mukammal egallash muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida o`qituvchi bolaning his-tuyg`ularini uyg`otadi, O`quvchilar bilan ongli muloqotni ta’minlaydi, ta’lim-tarbiyaga oid ma’lumotlarni tahliliy idrok etadi. Buning uchun bo`lajak o`qituvchi avvalo nutq sirlarini, uning O`quvchilar bilan bo`ladigan muloqotda ta’sir kuchini puxta bilishi kerak. Nutqning o`ziga xos xususiyatlarini o`rganish uchun, nutq texnikasiga oid talablarni bilish lozim. Bu talablar nutqning mantiq jihatdan to`g`ri, aniq, chiroyli, yorqin va maqsadga muvofiq bo`lishidir. Nutqning asosiy xususiyatlari ushbu talablardan kelib chiqadi: Nutqning to`g`riligi va ravonligi. Nutqning aniqligi va ta’sirchanligi. Nutqning mantiqiyligi. Nutqning tozaligi va ifodaliligi. Nutqning to`g`riligi va ravonligi uning adabiy til normalariga to`g`ri kelishidir. Bunda ikkita jihatga e’tibor beriladi: urg`u va grammatik normalarga amal qilinishi. Urg`u – so`zlarning to`g`ri talaffuz etilishini ta’minlaydi. Grammatik norma – nutqning mazmundorligini, ma’noli ekanligini bildirib, nutq oqimidagi so`zlarning o`zgarishi, mazmunan bir-biriga birikishini ifodalovchi xilma-xil qoidalar yig`indisidir. Nutqning aniqligi va ta’sirchanligi – mazmundor nutqning tinglovchiga ta’sir etish omilidir. O`qituvchi so`z va tilning ravonligi, notiqlik qobiliyati bilan aniq faktlar asosida O`quvchilarga bilim beradi, ularning ko`nikma va malakalarini rivojlantiradi. O`qituvchi nutqining aniq bo`lishi, o`z mas’uliyatini chuqur his etish shartidir. Aniqlik, o`rganilayotgan mavzuning o`qituvchi tomonidan ifodalanayotgan voqelikka, faktlarga muvofiq kelishidir. Aniqlikning chegarasini belgilashda o`qituvchi so`zlarni to`g`ri qo`llay olishi, o`zbek tili grammatikasini mukammal bilishi, to`g`ri talaffuz eta olishi talab qilinadi. Nutqning mantiqiyligi – nutqning mantiqiy bo`lishi eng avvalo o`qituvchining so`z boyligi, tafakkur yuritish qobiliyati, idrok etish mahoratiga bog`liq. O`qituvchi tilni juda yaxshi bilishi, so`z boyligi keng bo`lishi mumkin. Ammo o`zi fikr yuritayotgan mavzuga nisbatan chuqur bilimga ega bo`lmasa, bilimlarini o`z tafakkuri doirasida tahlil qila olmasa notiqlik san’ati natija bermaydi. So`zlarning o`qituvchi ifodalayotgan mavzuga mos ravishda to`g`ri ifodalanishi, so`z birikmalarining, gaplarning, matnlarning bir-biriga to`g`ri kelishi, fikrni izchil bayon etish uchun bo`ysundirilishi nutqning mantiqiy boy ekanligini bildiradi. O`quvchilarga aytilayotgan fikr mantiqan bir-biriga bog`langan bo`lishi kerak. Gaplar o`rtasida fikriy bog`lanish, izchillik yo`qolishi bilan o`qituvchi nutqining mantiqiyligiga putur etadi. O`rganilayotgan mavzu matnlari o`rtasida mantiqiy bog`lanish bo`lish uchun, matnlar boshlanma bilan ajratiladi (masalan, xulosa qilib aytganda; shu bilan birga; ta’kidlash lozimki va hokazo). Demak, o`qituvchi nutqining mantiqiyligi deyilganda, yaxlit bir tizim asosida tuzilgan, fikr va mulohazalar rivoji izchil bo`lgan, har bir so`z, ibora aniq maqsadga muvofiq ishlatiladigan nutq tushuniladi. Nutqning tozaligi va ifodaliligi – O`qituvchi nutqining tozaligi, avvalo uning adabiy til lisoniy normalariga muvofiq ifodalanishi bilan belgilanadi. O`qituvchining chiroyli va mazmunan boy nutqi hozirgi o`zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilgan bo`lishi, g`ayriadabiy til unsurlaridan holi bo`lishiga qarab baholanadi. Nutqning toza bo`lishiga halaqit beruvchi unsurlar: dialektizm va varvarizmdir. Zero, ushbu unsurlar badiiy adabiyotda ma’lum bir badiiy – estetik vazifani bajarsada, o`qituvchining dars jarayonidagi va tarbiyaviy faoliyatidagi nutqida ishlatilmasligi kerak. O`qituvchi doimiy ravishda idoraviy atamalarni, rasmiy so`z va iboralarni noo`rin ishlatishi o`z nutqining notabiiyligiga, ishonchsiz chiqishiga sabab bo`ladi. Natijada O`quvchilar ta’lim–tarbiyasida o`qituvchi tomonidan ishontirish metodi orqali qo`llaniladigan fikrlarni bayon etishga putur etadi. Nutqning tozaligi, uning turli sheva so`zlaridan holi bo`lib, faqat abadiy tilda ifoda etilishidir. Til vositalari vaziyatga qarab ishlatilgan, siyqa so`z va iboralarsiz hosil bo`lgan o`qituvchi nutqi tabiiy va samimiy bo`ladi, tinglovchi va O`quvchining qalbiga tez borib etadi. Jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos bo`lmagan so`zlar); varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o`zga millatlarga xos so`zlarning noo`rin qo`llanilishi); vulgarizm (haqorat qilish, qo`pollikda qo`llaniladigan so`zlar) hamda kontselyarizm (o`rni bo`lmagan vaziyatlarda rasmiy so`zlardan foydalanish); parazit (ortiqcha) so`zlarning ishlatilishi nutq tozaligiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Ushbu hodisalar o`qituvchi nutqida uchramasligi uchun, o`qituvchi o`zini, fikrini boshqara olishi, doimiy ravishda nutqini boyitishi, mashq qilishi kerak. Odam tilni qancha chuqur bilsa va unda so`z boyligi qanchalik ko`p bo`lsa, uning tafakkuri shunchalik boy bo`ladi. So`z barcha dalillar, barcha fikrlar libosi, o`qituvchi nutqining poydevoridir. Hikmatli so`zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko`chirma gaplardan o`rinli va samarali foydalana olish lozim. Zero dunyoda so`z mulkidan ham ortiq va qimmatli xazina yo`qligini Sharq mutafakkirlari adabiy meroslarida bayon etganlar: So`z ichra mudom aql yashirindur. So`z chimildig`u, aql kelindur. (Nosir Xisrav) So`zni bilgan zarga bo`lmaydi muhtoj, Zar qimmati so`z bilan topar rivoj. (Abdurahmon Jomiy) Ham so`z ila elga o`limdan najot, Ham so`z ila topib o`lik tan hayot. (Alisher Navoiy) Til va nutq. Nutq madaniyati – til normalarini egallamoq, talaffuz, urg`u, so`z ishlatish, gap tuzish qonuniyatlarini chuqur bilmoqdir. Shuningdek, tilning tasviriy vositalari har xil sharoitlarga mos, maqsadga muvofiq bo`lishi kerak. Nutqda til – fikr almashish quroli, o`qituvchi qalbining oyinasi, o`qituvchining dars berish uslubini, pedagogik mahoratini to`liq namoyon qiluvchi vositadir. Nutqda – tildagi rang-barang vositalar o`z ifodasini topsa, bunday nutq – boy nutqdir. Til va nutq azaldan bir-biri bilan chambarchas bog`langan vositalardir. Nutq qaysi tilda aytilmasin, o`sha millat tilining qonun-qoidalari asosida ro`yobga chiqadi. Biroq ular bir-biridan farqlanadi. Til nutq uchun moddiy material. Shu material asosida nutq tashkil topadi. Nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda reallikka aylangan fikr bo`lib ikki xilda namoyon bo`ladi: ichki nutq; tashqi nutq. O`qituvchi ongida hosil bo`ladigan, hali amalga oshmagan til elementlaridan tashkil topgan, kishining og`iz ochmasdan fikrlashi, mulohaza yuritishi, o`ylashi ichki nutqdir. O`qituvchi mulohazasi va fikrining til vositasida nutq organlariga ta’siri va harakati bilan real tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq – tashqi nutq bo`lib, u ijtimoiy hodisadir. O`qituvchi nutqiy faoliyati: so`zlash, mutolaa va eshitishdan iborat. Til hodisasi fonemalar tizimida, morfemalarda, sinonimiya, omonimiyalarda, mavjud grammatik qoidalarda, murakkab terminlar va frazeologik iboralarda namoyon bo`ladi. Til va nutq quyidagicha qiyoslanadi: Til aloqa materiali, nutq aloqa shaklidir. Tilni xalq yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yaratadi. Tilning hayoti uzoq xalq hayoti bilan bog`liqdir; nutqning hayoti esa qisqa bo`lib, u aytilgan paytdagina mavjuddir. Ayrim shaxsning ayni zamonda bir nechta tili bilishi mumkin, chunki u vaqt va o`rin bilan bevosita bog`lanmagan. Ayrim shaxsning nutqi ayni zamonda faqat bitta bo`ladi, chunki u ma’lum vaqtda va ma’lum o`rinda yuz beradi. Tilning hajmi noaniqdir; nutqning hajmi esa aniq: nutq monolog, dialog, polilog, deklamatsiya hamda ayrim tekst va kitob shaklida bo`lishi mumkin. Nutq maxsus belgilangan tartibda o`zining hajmi bilan notiqqa havola etiladi. Til – turg`un statik hodisa, nutq esa harakatda bo`luvchi, dinamik hodisadir. Til xatosida so`zning ma’nosi keskin buzilishi mumkin (Masalan: sof-sop, tif-tip, fan-pan, dil-til, nufuz-nufus, servis-serviz, xo`p-xo`b). Nutq xatosidagi buzilishlar ko`pincha faqat akustik tomondan o`zgaradi (fikr-pikr, fabrika-pabrika, safar-sapar kabilar). Til va nutq hodisalarining qonun-qoidalarini mukammal bilish, uning qoidalariga doimo rioya qilish, ob’ektiv sharoitda tinimsiz mashg`ulotlar olib borish – o`qituvchining til sofligi, nutq madaniyati va odobi masalalariga oqilona yondashishiga olib keladi. Bugungi kunda axborot texnologiyalari jamiyatimiz rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo`lib, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatning o`ziga xos xususiyati shundaki, axborot texnologiyalari barcha mavjud texnologiyalar, xususan yangi texnologiyalar orasida etakchi o`rin egallamoqda. Axborot texnologiyasi va texnik vositalar samarasini belgilaydigan didaktik materiallardan keng foydalanish zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy belgilaridan biridir. Milliy dasturda ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishning bu muhim vositasiga alohida urg`u berilgan. Axborotli vositalar (kompyuter, elektron aloqa, radio, televidenie) dan foydalanish darajasi ikki omil bilan aniqlanadi: O`quv jarayoni uchun axborotli vositalar samara beradigan mavzular yuzasidan didaktik materiallarni ishlab chiqish. Pedagoglarning o`z amaliy faoliyatlarida texnik vositalar va didaktik materiallardan metodik jihatdan to`g`ri foydalana olish tayyorgarligini tekshirish. Pedagoglarning talabalar bilan bevosita muomalasini ularga pedagogik ta’sir ko`rsatishning o`ziga xos vositasi deb qarash mumkin. Muomala — axborot jarayonidir. Axborot ikki yo`nalishda: boshqarish sub’ektidan (pedagogdan) boshqarish ob’ektiga (talabalarga) boradi va aksincha — ob’ektdan sub’ektga boradi. Pedagog bevosita shaxslararo muomaladan, o`z tarbiyalanuvchilariga ham maqsadga qaratilgan axborotni, ham uning talabalarga murojaat tarzida singib, kirib boradigan axborotni ma’lum qiladi. Pedagog muomala vositasi orqali qanday axborot olishini qarab chiqar ekanmiz, talabaning shaxsi haqidagi axborotning muhimligini alohida ta’kidlab o`tish kerak. Bevosita muomala shaxsni g`oyat xilma-xil sharoitlarda va ko`rinishlarda o`rganishga imkon beradi. U shaxsning hulq-atvorida namoyon bo`ladigan yorqin va eng ta’sirchan tashqi belgilarnigina qayd etish imkonini beradi. Pedagog talabalar bilan muomala qilar ekan, juda mayda detallarni ham anglab olishga qodir bo`ladi, bu detallar sirtdan qaraganda unchalik ahamiyatli bo`lmay, shaxsda sodir bo`layotgan, uni tushunish uchun juda muhim bo`lgan zarur ichki jarayonlarning ko`rinish alomatlari bo`lishi ham mumkin. Bu hol shaxsni chuqur tushunish imkonini berib, tashqi qatlam ostida boshqa usullar bilan aniqlab bo`lmaydigan narsalarni topish imkonini beradi. Talabalar bilan bevosita muomala pedagogga jamoadagi, yoki ayrim talabalardagi biron-bir voqeani rivojlanish jarayonini o`rganish zarur bo`lganda, ro`y berayotgan hodisalar va jarayonlarning sabab-oqibat aloqalarini payqab olishda, ularning tuzilishi, paydo bo`lishi va rivojlanishini kuzatish, bundan tashqari, bu hodisalar va jarayonlarning yanada takomillashishi to`g`riligini ma’lum darajada oldindan aytib berish kerak bo`lganda ham zarurdir. Biroq, muomala usullarida «axborot shovqini» ancha ko`p bo`lib, u ko`p, yoki oz darajada axborot tashuvchi bo`lishi mumkin. Bu hol birinchi navbatda pedagog bilan talabalar o`rtasida qaror topgan munosabatlarga bog`liq bo`ladi. Lekin pedagogning shaxsi ham katta rol o`ynaydi. Ayni bir xil hodisaning turli kishilar tomonidan zuhur qilinishidagi farq uning shaxs o`tmishidagi tajribasiga bog`liqligi bilan izohlanadi, bu tajribaning uch jihati bor: umumiy - hayotiy tajriba, pedagogik faoliyat tajribasi va real jamoa, muayyan talabalar bilan muomalada bo`lish tajribasi. Pedagogning boshqa kishilar bilan muomalada bo`lish tajribasi, bu tajribaning boyligi va muntazamlik darajasi, pedagogning o`zi shaxs sifatida qay darajada shakllanganligi, uning voqelikni qay darajada idrok etishga va olingan axborotga baho berishga qodirligini aniqlab beradi. Ikkinchi tomondan, pedagogik faoliyat kishini o`zi duch keladigan hodisalarni tahlil etish va umumlashtirish tajribasi bilan boyitadi. Bu esa uning o`z sheriklari ahvolini fahmlab, bilib olish va ular haqida hukm yuritish qobiliyatini oshiradi. Nihoyat, pedagogning talabalar bilan kundalik muomalasi shunga olib keladiki, u talabalarning hatti-harakatlaridagi chuqur ma’no va haqiqiy sababni turli vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna sifatida u o`zi tez-tez qayd qilgan dalillardan va talabalarning hulq-atvorini o`rganish usullaridan foydalanadi. Bu narsa pedagogik faoliyatida, ayniqsa, sezilib turadi. Bu qonuniy bir holdir, chunki «biz kundalik hayotda odamlar bilan muomalada bo`lar ekanmiz, ularning hulq-atvorini bilib olamiz, chunki biz uni go`yo o`qiganday bo`lamiz, ya’ni xulq-atvorning tashqi ko`rinishlari ahamiyatini tushunib olamiz va shu tariqa kontekstda hosil bo`lgan, o`zining ichki psixologik rejasiga ega bo`lgan tekstning ma’nosini ochib beramiz. Bu «o`qish» yo`l-yo`lakay bo`ladi, chunki atrofdagilar bilan muomala jarayonida bizda ularning xulqiga doir ma’lum darajada avtomatik tarzda mavjud bo`lgan psixologik tagma’no hosil bo`ladi. O`qituvchining talabalar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida qaralib, birlashtiruvchi, o`rnini to`ldiruvchi vazifasini ham bajaradi. Shu munosabat bilan tarbiya diskret (uzlukli) jarayon ekanligini nazarda tutish kerak. Talabalar kiradigan turli jamoalar, unga nisbatan tarbiyaviy vazifani bajaruvchi katta yoshdagi kishilar, unga ta’sir qiluvchi tevarak atrofdagi voqelikning ko`pdan-ko`p omillari bir-biri bilan etarli darajada aniq va puxta ishlab chiqilgan aloqa tizimiga ega emas. Har bir talabaga har xil ta’sirlar oqimi etib boradi, ular bir-birlari bilan unchalik mos kelmasligi va ma’lum darajada biri ikkinchisiga zid kelishi mumkin. Bunday sharoitlarda pedagogning talabalar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida shu narsada namoyon bo`ladiki, u ma’lum darajada bu ta’sirni birlashtiradi, ularning zanjiridagi etishmovchi xalqlarning o`rnini to`ldiradi, bu ta’sirning ziddiyatli tarkibiy qismlariga tuzatish kiritadi. Shubhasiz, muomala cheklangan tarzda bo`ladi. Lekin pedagogning o`z tarbiyalanuvchilariga ko`rsatiladigan turli-tuman ta’sirlarning xususiyatidan xabardorligi, uning ana shu ta’sirni birlashtirish, o`rnini to`ldirish va unga tuzatish kiritishga intilishi, uning shaxsiy sifatlari, talabalarga munosabati va pedagogik mahoratiga qarab, boshqarish vositasi bo`lgan muomalaning samaradorligi ko`p yoki oz darajada bo`lishi mumkin. Boshqarish vositasi bo`lgan muomala vazifasini amalga oshirish jamoadagi faoliyat muomala, munosabatlar tizimi doirasida sodir bo`ladi. Bunga sabab shuki, muomala pedagoglarning talabalar faoliyatini tashkil etishi jarayonida ham va ular bilan bevosita muomala qilishda ham amalga oshiriladi. Boshqarish vositasi bo`lgan muomala faoliyatdan oldin bo`ladi, pedagoglar bu faoliyatga talabalarni jalb qiladilar. Bunday holda muomala orqali talabalarning faoliyatini tashkil etish yuzasidan muayyan yo`l-yo`riq beriladi va uni amalga oshirish jarayonida munosabat normalari kiritiladi. Boshqarish vositasi bo`lgan muomala talabalarning faoliyatiga hamrohlik qiladi. U orqali pedagog faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish usullariga tuzatishlar kiritadi, ayrim talabalarning, umuman jamoaning kuch-g`ayratini, faoliyat ishtirokchilari o`rtasida vujudga keladigan munosabatlarini muvofiqlashtiradi. Nihoyat, boshqarish vositasi bo`lgan muomala faoliyatdan keyin boradi. Bu faoliyatga yakun yasash, uni amalga oshirish, unda ayrim talabalarning ishtirok etishi, faoliyat jarayonidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni tahlil qilish, qo`shimcha normalarni ishlab chiqish tarzida sodir bo`ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, muomalaning yuqorida ko`rsatib o`tilgan barcha vazifalarini qulay tarzda amalga oshirish, uni pedagogik muomala, ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladigan muomalaning yuqori darajasi deb ta’riflash imkonini beradi. Hozirgi zamon o`qituvchisi xuddi shunday darajaga erishmog`i lozim. O`qituvchining talabalar bilan bo`lgan muomalasining muvaffaqkiyatli bo`lishi, ko`p jihatdan unda pedagogik qobiliyatning mavjudligiga va pedagogik nazokat (odobi)ni egallaganiga bog`liq bo`ladi. Psixologiyada pedagogik qobiliyatlar deganda insonning muayyan psixologik xususiyatlarini tushunish qabul qilingan. Bu xususiyatlar uning o`qituvchi vazifasida talabalarni o`qitish va talabalarga ta’lim berishda yuksak natijalarni qo`lga kiritishining sharti hisoblanadi. Ma’lumki, shaxsning u yoki bu qobiliyatlarini hosil qiluvchi xislatlar va xususiyatlar orasida bir xillari etakchi rol o`ynasa, boshqalari yordamchi rol o`ynaydi. Pedagogik faoliyatda shaxsning o`zaro fikr almashuvi bilan bog`liq xususiyatlari etakchi rol o`ynaydi. Birinchi navbatda persteptiv, ya’ni idrok qilish sohasiga taaluqli bo`lgan xususiyatlar (ulardan eng muhimrog`i kuzatuvchanlikdir) etakchi rol uynaydi, o`qituvchiga talabaning psixologiyasini, uning psixik holatini o`xshash tarzda idrok etish, muayyan holda umuman guruh, jamoaning ahvoliga va xususan mazkur pedagogik vaziyatdagi ahvoliga to`g`ri baho berish imkonini beradi. O`qituvchi shaxsining o`zaro fikr almashuvi bilan bog`liq xususiyatlari tarkibiy qism sifatida empatiyaga, ya’ni talabalarning psixik holatini tushunishga va ularga achinishga tayyorgarlikni hisoblash mumkin. Buning zarur sharti talabalarga bo`lgan muhabbatdir. Nihoyat, o`qituvchi shaxsining o`zaro fikr almashuvi bilan bog`liq xususiyatlarining uchinchi tarkibiy qismi deb ijtimoiy o`zaro harakatga bo`lgan yuksak rivojlangan ehtiyojni hisoblash mumkin. U bilimlarni boshqalarga berishda, talabalar bilan muomala qilishga intilishda, talabalar jamoasini tashkil etish istagida namoyon bo`ladi. Tashkil etish qobiliyati ham pedagogik qobiliyatning tarkibiy qismidir. U barcha talabalarning har xil faoliyat turlariga jalb qilinishida, jamoaning har bir talabaga ta’sir ko`rsatish quroliga aylanishida, har bir talabaga faol vaziyatni ta’minlab berishida namoyon bo`ladi. O`qituvchida ijtimoiy o`zaro harakatga bo`lgan ehtiyojni muvaffaqiyatli amalga oshirishning sharti bo`lib, unda mavjud bo`lgan pedagogik nazokat maydonga chiqadi. Endi pedagogik qobiliyatlar strukturasiga kiradigan yordamchi xislatlar va xususiyatlardan ayrimlarini qarab chiqamiz. Bu avvalo, aql-idrokning muayyan xislatlari: hozirjavoblik, tanqid ko`zi bilan qarash, sobitqadamlik va boshqa bir qator xislatlardir. O`qituvchining nutqi, notiqlik qobiliyatining mavjudligi, so`z boyligi va hokazolar ham muhim rol o`ynaydi. Tabiatida bir qadar artistlik qobiliyatiga ega bo`lish (xayol, fantaziya ishlata bilish) ham talabalar bilan muomalada muvaffaqiyatga erishishda muayyan rol o`ynaydi. Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyat samarali bo`lishining shartigina emas, balki ko`p jihatdan o`qituvchining muvaffaqiyatli ishlashining natijasi hamdir. Shu munosabat bilan o`qituvchining o`zida pedagogik qobiliyatlarning aniq maqsadni ko`zlab tarkib topishi va rivojlanishi katta rol o`ynaydi. Tajriba va maxsus tadqiqotlar buning batamom xaqiqiy narsa ekanligini ko`rsatmokda. Masalan, shaxs persteptiv xususiyatlarining eng muhim elementi bo`lgan kuzatuvchanlik o`qituvchining pedagogik tajriba hosil qilish jarayonida ham, uning maxsus kuch-g`ayrati natijasida ham rivojlanadi, takomillashadi. O`qituvchi o`zining ijtimoiy-psixologik kuzatuvchanligini, ya’ni talabalarda turli xarakter xususiyatlari va mayllarni payqab olish qobiliyati bilan birga ularning paydo bo`lish sabablarini bilib olish va bu sabablarning paydo bo`lish vaziyatiga muvofiq baho berish mahoratini va hokazolarni rivojlantirishga qodirdir. O`qituvchining muhim ijtimoiy yo`l-yuriqlaridan biri dilkashlikdir. An’anaviy dilkashlik yoki odamlarga aralashmaslik shaxsning o`ziga xos xususiyatlari deb qaraladi, bu butunlay qonuniy holdir. Lekin bunday yondashuv bir tomonlamadir. Dilkashlik, odamlarga aralashmaslik shaxsning o`ziga xos xususiyatlarigina bo`lib qolmay, shu bilan birga odamning u yoki bu vaziyatdagi muayyan hulq-atvori hamdir, ya’ni ijtimoiy yo`l-yo`rig`idir. Shaxsning xususiyati bo`lgan dilkashlikni atrofdagilar bilan barqaror, kuchli rivojlangan aloqalarga intilish sifatida ta’riflash mumkin, bu intilish odamlar bilan tez aloqa o`rnatish bilan birga qo`shib olib boriladi. Dilkashlik va odamlarga aralashmaslikni shaxs xususiyatlari sifatida qarab chiqish ekstravert va introversiya tushunchalari bilan bog`liq ravishda samarali bo`ladi. Ekstravert shaxslarga umumiy faollik, osoyishtalik, ta’sirlarga moyillik xosdir. Introvertlar ichki olamga berilgan, odamlarga aralashmaydigan, o`z-o`zini nazorat qilishga, refleksiyaga, ichki xavotirlikka moyil bo`ladilar. Albatta, o`ta introvertlar bilan ekstravertlar favqulodda hodisa bo`lib, individlar bu ikki chetki nuqtalar o`rtasidagi oraliqda joylashadilar. Dilkashlik ko`proq ekstravert tiplarga, odamlarga aralashmaslik esa introvert tiplarga xosdir. Talabalar bilan munosabatlar sohasidagi eng muhim ijtimoiy yo`l-yo`riqlarning ayrimlari ana shulardan iboratdir. O`qituvchida ularning mavjudligi uning pedagogik nazoratga rioya qilishining zamini va sharti hisoblanadi. Turli yoshdagi talabalarning muomalasiga ta’sir ko`rsatish sub’ekti bo`lgan o`qituvchi tutgan yo`lning umumlashtirilgan tavsifini quyidagicha tasavvur qilish mumkin. Quyi guruhlarda o`qituvchi tashkilotchi bo`lib maydonga chiqadi. V. Dalning lug`atiga qaraganda—tuzuvchi, ta’sis etuvchi (tashkil etish, yo`lga qo`yish, belgilash, tartibga keltirish, tuzish, hosil qilish, qat’iy asoslash, degan so`zdan) ma’noni bildiradi. Pedagogning kichik yoshdagi talabalar hayotiga ta’sir ko`rsatishining asosiy mazmuni, uni tashkil etish zarurati bilan belgilanadi. Kichik yoshdagi talabalar jamoalarida talabchan va quvnoq tarbiyachi bo`la oladigan, talabalarning faol ijodkorlik bilan to`la hayotini tashkil etib, ular orasida o`zaro hayrixohlik, g`amxo`rlik vaziyatini, zavqli vaziyatni vujudga keltira oladigan tarbiyachilar katta obro`-e’tibor qozonadilar. Talabalar katta yoshdagi bunday kishilarni o`z do`stlari deb qabul qilishga moyildirlar. Bu - eng yaxshi munosabatdir, chunki u katta yoshdagi kishiga jo`shqin qulaylik bag`ishlaydi, uning ko`pgina tashkiliy vazifalarni hal etishini osonlashtiradi, tarbiya vazifalarini samarali hal etishiga yordam beradi. O`smirlar o`qiydigan guruhlarda o`qituvchining holati rahbar degan so`z bilan ifodalanishi mumkin. V. Dal bu so`zni quyidagicha, ya’ni ko`rsatuvchi, murabbiy, ish boshi, boshlovchi deb ta’riflaydi. Pedagoglarning o`smirlarga ta’sir ko`rsatishining asosiy mazmuni ularning faoliyatiga rahbarlik qilish zarurati bilan belgilanadi, bu faoliyat o`z-o`zini tashkil qilishning ko`proq ulushini o`ziga qamrab oladi, bu esa o`qituvchining ta’lim-tarbiya jarayoni rahbari sifatida talabalarga qo`yadigan talablari mazmunini belgilab beradi. O`smirlar pedagogik talablarni ongli va sidqidildan bajarishlari uchun mavzu talabiga nisbatan o`qituvchi va talabaning bir xil yo`l tutishi zarurdir, u bilish nuqtai nazaridan qiziqarli bo`lishi yoki amaliy jihatdan foydali bo`lishi zarur, yoxud hissiyotlarni engillashtirish va hokazolar uchun kerak, boshqacha so`zlar bilan aytganda, jamoa faoliyat jarayonini qulaylashtirish uchun zarurdir, aks holda talab samarasiz bo`lib qoladi. Katta yoshdagi o`smirlarga nisbatan o`qituvchi, homiy yoki tarbiyachi holatida turadi, bu so`zlar V. Dal lug`atida «homiylik qiluvchi, g`amxo`r, serharakat inson ” sifatida ta’riflanadi. Talabalar bilan muomala qilish pedagogning o`z tarbiyalanuvchilari bilan muloqot olib borish mahoratini taqozo etadi. Buning uchun esa u gapirishni bilishi lozim. Gapirishni, muloqot qilishni doimo o`rganib borishi kerak. Bu o`rinda ikki savol tug`iladi: «nimani o`rganish kerak?» va «qanday o`rganish kerak?» Pedagog jamoa, talabalar guruhi, ayrim talabalar bilan gaplasha olishi kerak. U darsni samarali olib borish uchun gapirishni bilishi, suhbat, ma’ruza, hikoya qilish kabi usullardan foydalanishi, umuman butun ta’lim-tarbiya jarayonida talabalar bilan hamkorlikni yo`lga qo`ya olishi lozim. Talabalar bilan gaplasha olish (har qanday shaklda), muayyan qoidalarni bilish va bu qoidalarni amalga oshirishning muayyan usullarini egallashni nazarda tutadi. Ularni ko`rib chiqamiz: Talabalar jamoasi bilan muomala ko`pincha suhbat, ma’ruza, axborot va hokazolar shaklida bo`ladi. Xo`sh, bu muomala samarali bo`lishi uchun nimalar zarur? Birinchi navbatda suhbatni qaysi so`zdan boshlash, qanday qilib darhol o`qituvchining gaplariga talabalarning diqqatini tortish, ularni qiziqtirish mumkinligi haqida gapirib o`tamiz. Buning uchun bir necha usullar bor. Gapni masalaning qo`yilishidan boshlash mumkin, bu masalada bo`lajak suhbatning ma’nosi mujassamlashgan bo`ladi. Mavzuga diqqatni tortishga urinib ko`rish ham mumkin, bunda gapni erkin, qiziqarli faktni ma’lum qilishdan boshlasa bo`ladi, keyin uni tushuntirish va tahlil qilish esa muomalaning mazmunini tashkil etadi. Tegishli maqola yoki stitata keltirish ham muvaffaqiyatli bo`lib chiqishi mumkin. Bundan tashqari, darhol talabalarga bo`lajak suhbat ularning qiziqishlari bilan (jamoaning yoshi, xususiyatlari asosida) bog`liq ekanligini aytib o`tsa ham bo`ladi. Mana suhbatga talabalarning diqqati jalb qilindi, ham deylik, endi uning mavzusini ancha qisqa, lekin etarli darajada aniq qilib ochib berish vazifasi turadi. Buni qanday amalga oshirish mumkin? Masalan, suhbatni tuzishning bunday varianti bo`lishi mumkin. Dastlab, pedagog talabalar ongi va hissiyotiga etkazmoqchi bo`lgan asosiy fikr qisqacha bayon etiladi. So`ngra u ochib beriladi, buning uchun faktlar, misollar va illyustratsiyalar tizimi bayon qilinadi. Bunda erkin taqqoslashlar, kutilmagan o`xshatishlardan foydalanish juda foydali bo`ladi. Shundan keyin xulosa chiqarish, ya’ni suhbatning asosiy fikrini boshqacha so`zlar bilan takrorlash mumkin. Muomala maqsadini bu xilda ta’riflash talabalar muomalasining asosiy ikki turi: rollararo va shaxslararo muomalaning nisbiy mustaqilligi sharoitida uning dialektik birligini ko`rsatib beradi. Rollararo (amaliy) muomala tashkiliy faoliyatning har - xil turlari jarayonida amalga oshiriladi. Faoliyat qatnashchilarini uning maqsadiga, bir-biriga munosabati, xarakteriga qarab ular o`rtasida sheriklik yoki o`rtoqlik muomalasi vujudga keladi. O`rtoqlik muomalasi faqat faoliyat qatnashchilarining o`zlari emas, balki xodimlarining faoliyat maqsadiga erishishdagi o`zaro yordami, hayrixohligi va manfaatdorligini nazarda tutadi. Shaxslararo (erkin) muomala tashkiliy faoliyatdan tashqari amalga oshiriladi. Muomala qiluvchilarning hissiy ko`ngil bog`lashuviga qarab tanishuv, oshna-og`aynigarchilik, do`stlikni farqlash mumkin. Talabalar muomalasining mazmun tomoni, ular faoliyatining butun xilma-xilligi bilan belgilanadi. Har bir yoshdagi talabalar uchun muomalaning o`ziga xos hissiy-ma’naviy g`oyasiga xosdir. Muomalaning asosiy g`oyasidagi farq shunda namoyon bo`ladiki, u har bir yosh bosqichida talaba shaxsining shakllanishi va rivojlanish xususiyatini belgilab beradigan etakchi ijtimoiy munosabatlarni asosiy munosabatlar sifatida o`z ichiga oladi. Umuman olganda, talabalar muomalasining mazmuni o`ziga turmushning buyumlar sohasini, hayotning voqeiy qatlamini, g`oyaviy-ahloqiy muammolari va hissiy-ahloqiy sohasini qamrab oladi. Yoshga qarab har bir qatlamning aniq mazmuni va ularning o`zaro nisbati turlichadir. Har bir yosh bosqichidagi muomalaning bosh g`oyasi talabalar muomalasining asosiy mazmunini aks ettirib, muomala mazmunining, u yoki bu tomoni ustun bo`lishini belgilab beradi va asosan uning xilma-xil bo`lishini cheklamay, talabalar uchun ichki sub’ektiv jihatdan ahamiyatli bo`lgan rejani tashkil etadi. Muomalaning asosiy g`oyasi va mazmuni bilan bog`liq ravishda muomala darajalarini qarab chiqish maqsadga muvofiqdir, ular talabalar muomalasi, ob’ektiv mazmunining chuqurligini aks ettiradi. Muomalaning to`rtta darajasini ajratib ko`rsatish mumkin: faktik, axborot, munozaraviy va oshkoraviy. Muomalaning faktik darajasi — bu suhbatni qo`llab-quvvatlash uchun nutq ayirboshlashdir, buning natijasida suhbatdosh bilan aloqa o`rnatish mumkin bo`ladi. U individ (talaba)ning atrofdagilar bilan munosabatda o`zini qulay his qilishini qo`llab-quvvatlashdan iborat bo`lgan muhim vazifani bajaradi. Muomalaning axborot darajasi - talabalar o`rtasida ham rollararo, ham shaxslararo muomalada ro`y beradigan g`oyat turli-tuman xossaga ega bo`lgan axborot bilan doimo almashinib turishdir. Bunda talabalarning aqliy qiziqishlari doirasiga juda xilma-xil axborotlar jalb qilinadiki, ularni talabalar ta’lim-tarbiya jarayonida, o`qituvchilardan, boshqa turli-tuman manbalardan oladilar. Muomalaning munozaraviy darajasi shu sababdan vujudga keladiki, talabalar bir vaqtning o`zida bir qancha birlashmalarga kiradilar va o`ziga xos shaxs bo`lib, faqat shaxsiy axborot tashuvchilar va u yoki bu faktlarga shaxsiy tarzda izoh beruvchilargina emas, balki normalar va qadriyatlarga ham izoh beruvchilar hisoblanadilar. Natijada, talabalarning o`zaro muomalasida turli nuqtai nazarlar to`qnash keladi. Bu to`qnashuvda u yoki bu faktlarga, voqealarga va hokazolarga izoh berish imkoniyati aniqlanadi. Munozaraviy daraja faoliyatning har - xil ko`rinishlari jarayonida talabalarning muomalasida katta rol o`ynaydi. Chunki faoliyat maqsadiga erishish odatda sheriklarning shaxsiy kuch g`ayratlarini kelishib olishni talab qiladi, bu esa odatda munozara jarayonida sodir bo`ladi. Ukuvchi bilan bo`lajak muomala oldidan pedagogning ijodiy kayfiyatini hosil qilishida uning O`quv materialiga hissiy munosabatini ifodalashining tashqi shakllarini oldindan topishga intilishi muhim rol o`ynaydi: bular tegishli imo-ishoralar, yuz harakatlari, gapirish ohangidir. O`quv materialiga o`z munosabatini ifodalashning tashqi shakllarini o`ylab olish, tabiiyki, darsga, tadbirga shunday psixologik tayyorgarlik ko`rishga tayanadiki, uning tarkibiy qismlari sanab o`tilgan. Darsda, tadbirlarda o`z fikrlari, his-tuyg`ularini qanday qilib yaxshiroq va erkinroq gavdalantirish ustida mulohaza yuritar ekan, pedagog bo`lajak faoliyat vaziyatiga kirib boradi, unga chorlanadi, uning shakllarini his qiladi, faoliyatga bo`lgan o`zining hissiy munosabatini etkazish vositalarini izlaydi, izlaganda ham faqat shakl hosil qiluvchi vositalarni (intonatsiya, yuz harakatlari va shu kabilarni) emas, balki mazmunli vositalarni qidiradi, bu ayniqsa muhimdir. Mazmunli axborotda faqat mantiq va dalil-isbotlarni o`ylab o`tirish bilan cheklanmasdan, hissiy o`zakni alohida ajratib ko`rsatish zarur. Axborotli ta’lim jarayoni oldindan pedagogik loyihalangandagina ko`zlangan maqsadga erishish mumkin. Pedagogik jarayonni kompyuterlashtirish asosiy yo`nalishlaridan biri va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning shug`ullanishi lozim bo`lgan sohasidir. Axborot texnologiyalari – bu odamlarning bilimlarini rivojlantiradigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo`yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan ma’lumotlarni tashkil etish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik vositalaridir. Yana shuningdek, axborot texnologiyalari deganda, ma’lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi. Agar texnologik zanjirni tashkil etuvchi jarayonlar, ular orasidagi axborot almashinuvini tashkil etish va ularni uyg`unlashtirishda kompyuterlardan foydalanish imkoniyati yaratilsa, har qanday texnologiyaning samaradorligi ortadi. Albatta, buning uchun mazkur texnologiyani sinchiklab o`rganish, jarayonlardagi va ular o`rtasidagi axborot almashinuvini, shuningdek, jarayonlar zanjirini (ya’ni texnologiyani) boshqarishning axborot ta’minotini tahlil etish zaruriyati paydo bo`ladi. Hozirgi zamon axborot texnologiyalarining asosini quyidagi uchta texnika yutug`i tashkil etadi: 1. Axborotning mashina o`qiydigan tushunchalarda jamlash muhitining paydo bo`lishi (magnit, lentalar, kinofilmlar, magnit disklar va h.); 2. Axborotni er sharining istalgan nuqtasiga vaqt va masofa bo`yicha muhim cheklashlarsiz etkazishini ta’minlovchi aloqa vositalarining rivojlanishi, aholining aloqa vositalari bilan keng qamrab olinishi (radio eshittirish, televidenie, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, yo`ldosh aloqa, telefon tarmog`i va h.); 3. Axborotni kompyuterlar yordamida berilgan algoritm bo`yicha avtomatlashtirilgan ishlab chiqish imkonini (saralash, tasniflash, kerakli shaklda ifodalash, yaratish va h.) oshirish. Axborot texnologiyalari, birinchidan, axborotning stirkulyastiyasi va ishlov berish majmui, ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir. Axborot texnologiyalari ta’lim jarayonida muhim o`rin tutib, quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi: - har bir odamga xos noyob fazilatlardan iborat individual qobiliyatlarni o`qitilayotgan O`quvchi va talabalarda ochish, saqlash va rivojlantirish, ularda bilish qobiliyatlarini, o`zini o`zi kamolotga etkazishga intilishni shakllantirish; - voqea va hodisalarni kompleks o`rganishni, aniq, tabiiy-ilmiy,texnikaviy, ijtimoiy, gumanitar fanlar va san’at orasidagi o`zaro bog`liqlikning chambarchasligini ta’minlash; - O`quv-tarbiya jarayonlarining mazmun, shakl va metodlarini doimiy tarzda va dinamik ravishda yangilash. Ta’lim tizimi nuqtai nazaridan axborot texnologiyalarining joriy etilishi bilan birga yuzaga keladigan quyidagi muammolar muhimdir: 1. Texnik muammolar – bular ta’lim tizimida foydalaniladigan elektron-hisoblash va mikroprostessor texnikasiga qo`yiladigan talablarni, ularni amalda qo`llash xususiyatlarini belgilaydi; 2. Dastur muammolari – bular ta’lim tizimida foydalanish uchun dastur ta’minotining tarkibi va turlarini, ularning qo`llanish tarkibi va xususiyatlarini belgilaydi; 3. Tayyorgarlik muammolari – bular o`qituvchi va O`quvchi, pedagog va talabalarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan, hisoblash texnikasidan ham foydalanish uquvi bilan bog`liqdir. Bugungi kunda ta’limni axborotlashtirishda asosiy yo`nalish turli O`quv fanlari bo`yicha pedagogik dastur vositalarini yaratishdan iborat bo`lib qoldi. Ammo mavjud va ishlab chiqilayotgan kompyuter texnikasi bazasidagi pedagogik dastur vositalari o`qitish nuqtai nazaridan ta’lim sifatida muhim siljishlarga olib kelishi mumkin. Buning sabablaridan biri-kompyuter texnologiyalari an’anaviy tashkil etilgan o`qitish jarayonida joriy etila boshlanganligidir. U o`zining asosiy mazmuni va metodlari bo`yicha bu texnologiyalarga yo`naltirilmagan va ularga ehtiyoj sezmaydi. Ta’lim texnologiyalari doimo axborotli bo`lgan, chunki ular ko`p xil axborotni saqlash, uzatish, foydalanuvchilarga etkazish bilan bog`liq edi. Kompyuter texnikasi va kommunikatsiya vositalari paydo bo`lishi bilan o`qitish texnologiyalari tubdan o`zgardi. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini amalga oshirilishi quyidagilarning mavjud bo`lishini taqozo etadi: - ta’limning texnik vositalari sifatida kompyuterlar va kommunikatsiya vositalari; - ta’lim jarayonini tashkil etish uchun unga mos tizimli va amaliy dastur ta’minoti; - ta’lim-tarbiya jarayonida yangi O`quv-texnika vositalarini tatbiq etish bo`yicha mos metodik ishlanmalar. Keyingi vaqtlarda «o`qitishning kompyuter texnologiyalari» tushunchasi tarqalib, bunda kompyuterlar bazasida amalga oshirilgan o`qitish texnologiyalari tushuniladi. Biroq axborot texnologiyalari tushunchasi o`qitishning kompyuter texnologiyalari tushunchasidan kengroqdir, chunki kompyuterlar axborot texnologiyalari texnik vositalarining tarkibiy qismidir. Bugungi kunda turli optik xotirlovchi qurilmalar (videodisklar, optik disklar) keng tarqaldi. Ulardan foydalanish matnli grafik axborotni bir vaqtda birgalikda yozish imkonini beradi, shu bilan birga uni qayta tiklashda yuqori sifatli tasvir paydo bo`ladi. Magnit yozuvdan farqli o`laroq, optik disklardagi yozuv istalgan sondagi qayta tiklashlarda ham yomonlashmaydi. Kompyuterlar ishining dasturiy-matematik ta’minoti yuqori texnologik ishlab chiqarish taraqqiyotining muhim yo`nalishi bo`lmoqda. Shuningdek, texnik va dasturli axborot texnologiyalari ham mavjud bo`lib, ularga quyidagilar kiradi: EHM tarmoqlari. Hozirgi vaqtda bilimlarning barcha sohalarida EHM yoki kompyuter (lokal yoki global) tarmoqlari keng tarqalgan. EHM lokal tarmoqlari uncha katta bo`lmagan fazoda amalga oshiriladi va axborot xizmati turli tarmoqlarining integratori bo`ladi. Ular tashkilotlardagi barcha axborot texnologiyalari vositalarini birlashtiradi hamda ularning samaradorligini oshiradi. EHM global tarmoqlari esa, axborotni katta masofalarga uzatilishini amalga oshirish imkonini beradi. Yo`ldoshli aloqa tizimlari. Ko`plab er ustidagi stanstiyalarni va er sun’iy yo`ldoshidagi retrenslyatorlarni o`z ichiga oladi. Bugungi kunga kelib, bu tizimlar kompyuterlar orasidagi aloqani amalga oshirish uchun ma’lumotlar to`plash hamda televidenie dasturini uzatish uchun ishlatilmoqda. Sun’iy intellekt tizimlari. Sun’iy intellekt elementli AKTning boshqalaridan farqi shundaki, oddiy AKTlari faqat statistik ma’lumotlarni, sun’iy intellekt tizimlari esa bilimlarni ishlab chiqadi. Informatikaning alohida yo`nalishi-sun’iy intellektdir. Odam aqliy faoliyatining ba’zi turlarini amalga oshiruvchi dasturli-texnika vositalari ishlab chiqilmoqda. Elektron pochta. «Elektron pochta» – bu korrespondenstiyalar almashishi uchun pochtaga o`xshash axborot uzatish va ishlab chiqishning elektron usullaridan foydalanish, ya’ni bosma materiallar, jadvallar va jurnallarni uzatish hamda elektron pochta yoki qog`ozsiz pochta aloqalari xizmatidan iborat bo`lib, u xabarlarni to`plash, ishlab chiqish va taqdim etish hamda ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari tizimidir. Elektron pochta asosida aholiga elektron gazeta va jurnallar kabi axborot xizmati ko`rsatish amalga oshirilgan. So`nggi yillarda jahon bozorida elektron nashrlar borgan sari ko`p o`rin egallamoqda. Bu jarayon kompakt optik disklar keng tarqalishi bilan tezlashdi. Telekonferenstiyalar. Telekonferenstiyalar zamonaviy axborot texnologiyalarning amalga oshirilishiga misol bo`la oladi. Telekonferenstiyalarni o`tkazish uchun quyidagi apparaturalardan foydalaniladi: terminallar, televezion kameralar, grafik displeylar, katta namoyish ekranlari. Shuningdek, telekonferenstiyalar orqali dolzarb masalalar muhokamasini tezkorlik bilan tashkil etish, muhokama uchun istalgan rasmli materiallardan foydalanish, dolzarb masalalarni muhokama qilishda ishtirok etuvchi mutaxassislar doirasini kengaytirish, xalqaro ma’lumotlar banklaridagi istalgan axborotdan foydalanish kabi imkoniyatlar yuzaga keladi. O`qitishning zamonaviy axborot texnologiyalari O`quvchi-talabaning emas, u eng avvalo, o`qituvchi(pedagog)ning texnologiyasidir. O`quvchi-talaba zamonaviy axborot texnologiyasini o`rganmaydi, balki uning mahsulotidan o`qitishning texnik vositasi sifatida foydalanadi. O`qituvchi (pedagog) zamonaviy texnologiyalarni qo`llab darsga tayyorlanadi, darsni tashkil qiladi, O`quvchi- talabalar bilimini nazorat qiladi va uning vazifasi ta’lim mazmunini takomillashtirish uchun kompyuterlashtirishning eng yuqori darajasidagi axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga olib kirishdan iborat bo`ladi. Axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlashni rivojlantirish omillari kompyuterlashtirishning har ikkala yo`nalishini ham rivojlantirib borish zaruriyatiga bog`lanadi. Buning uchun shu sohada qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda uzluksiz ta’lim tizimining hamma bosqichlarida «kompyuterlashtirishning konstepstiyasi» yaratilishi lozim. Kompyuterli texnologiyalar dasturli o`qitish g`oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning noyob imkoniyatlari bilan bog`liq ta’limning hali tadqiq qilinmagan yangi texnologik variantlarini ochadi. Ta’limning kompyuterli (yangi axborot) texnologiyalari – bu axborotni tayyorlash va uni ta’lim oluvchiga uzatish jarayoni bo`lib, uning amalga oshirish vositasi kompyuterdir, ya’ni: - O`quvchi-talabalarda axborot bilan ishlash mahoratini shakllantirish, ularning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish; - «axborotli jamiyat» shaxsini tayyorlash; - ta’lim oluvchilarning o`zlashtirish imkoni darajasidagi va etarli miqdorda axborot bilan ta’minlash; - O`quvchi-talabalarda tadqiqotchilik mahoratini, optimal qarorlar qabul qilish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish. Kompyuterli texnologiya mazmuni bir qancha shakllantirilgan modelni qo`llashga asoslangan bo`lib, bu model kompyuter xotirasiga yozib qo`yilgan pedagogik dasturli vositalar va telekommunikatsiya tarmog`ining imkoniyatlari orqali namoyon bo`ladi. Axborot texnologiyalaridan faqat O`quv jarayonida emas, balki uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan o`qituvchilarni ilmiy-texnik va maxsus axborot bilan ta’minlaydigan axborot ishida, ta’lim tizimini boshqarishda va kadrlarning malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash tizimida ham foydalanish mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda axborot texnologiyalarini ta’limga joriy etishda ularning texnik vositalarini integratsiyalash asosiy yo`nalish bo`lmoqda. Shu munosabat bilan, hatto «multimedia» tushunchasi paydo bo`ldiki, u o`qitishda ko`pchilik texnik vositalardan kompleks foydalanishni bildiradi. Multimediani qo`llagan holda eng muhim narsa O`quvchi-talabalarni kerakli axborotni tanlab olishga o`rgatishdan iborat bo`ladi. O`qituvchi(pedagog)ning vazifasi axborotni berishdan iborat emas, balki uni topishda yordam berishdan iborat bo`ladi, o`qituvchi (pedagog) bilimlar sohasida yo`l ko`rsatuvchi hamdir. Bu kabi o`qitish vositalari kompleksidan foydalanilgan holda O`quvchi-talabaga ta’sir ko`rsatish birgina axborot kanallari (ko`rish, eshitish va h.k.) orqali amalga oshiriladi. Bu esa ta’lim samaradorligini oshiradi. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanilganda O`quvchi-talabalarning bilish faoliyatini tashkil etish shakllarini tiklash muammosi yangicha hal etilishi lozim. Agar an’anaviy ta’lim sharoitlarida bilish faoliyatini tashkil etishning eng ko`p tarqalgan shakllari individual va frontal shakllar bo`ladigan bo`lsa, axborot texnologiyalaridan foydalanish sharoitida ularning ikkalasidan bir vaqtda foydalanish mumkin. Shuningdek, ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarining joriy etilishi o`qituvchi (pedagog) vazifasining o`zgarishiga sabab bo`ladi, ya’ni pedagog ta’lim-tarbiya berishdan ko`ra ko`proq tadqiqotchi, tashkilotchi, maslahatchi va dasturlovchiga aylana boradi. Bularning hammasi esa o`qituvchi(pedagog)larni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini o`zgartirishni talab qiladi. Tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, o`qituvchi (pedagog)larning axborot madaniyati asoslari metodologik, umumta’limiy, umummadaniy xarakterda bo`lib, pedagog xodimlarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida barcha O`quv fanlari kompleksini o`rganishda shakllanishi lozim. Keyingi yillarda Oliy va o`rta maxsus O`quv yurtlarini axborot texnologiyalari bilan jihozlash, ta’lim tizimi mazmuni, uni tashkil etish shakllari hamda sifatini oshirish borasida katta ijobiy o`zgarishlar ro`y berdi va bermoqda.. Ma’lumki, o`qituvchi(pedagog)larning an’anaviy o`qitish usulida laboratoriya va amaliy ishlar o`tkazilishiga ko`p vaqt ajratiladi. Bu mutaxassis tayyorlashning juda muhim tarkibiy qismidir. U nafaqat O`quvchi-talabaning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, O`quv materialini o`zlashtirish samarasini oshirishga, balki muayyan sohada amaliy ko`nikmalarni hosil qilishga ham ko`mak beradi. Biroq bunday mashg`ulotlar to`laqonli natija beradi, deya olmaymiz. Sababi – laboratoriya jihozlari etarli darajada emasligi hamda ko`pgina laboratoriya va O`quv xonalari zamonaviy moslama va uskunalar bilan jihozlanmaganligi, mavjudlarining ham aksariyati ma’naviy eskirib qolganligi va bugungi kun talablariga to`liq javob bera olmasligidadir. Texnologiyalar tez sur’atda rivojlanayotgan hozirgi vaqtda amaliy mashg`ulotlar uchun laboratoriya va stendlarni har bir O`quv yilida takomillashtirish talab etiladi. Buning uchun esa qo`shimcha sarf-xarajatlar qilish kerak. Boshqa yana bir muhim omil shundaki, ba’zi laboratoriya tadqiqotlaridagi ish yoki jarayonlarning sustligi sababli ajratilgan vaqt ichida ta’lim oluvchilar takror tahlil yoxud sinovlar o`tkazishga qiynalishadi, holbuki, ma’lum bir sohada etarlicha ish ko`nikmalari va tajriba orttirish uchun amaliy mashg`ulotlarni qayta-qayta takrorlash zarur. Afsuski, an’anaviy ish olib borish sharoitida laboratoriya moddiy ashyolari hamda moslamalarining tez-tez buzilishi va shu bilan bog`liq ashyolarga qo`shimcha sarflar qilinishi bois har doim ham bunday qilinavermaydi. Yuqorida aytilganlarni hisobga olib, yangi tizim mutaxassis kadrlarini tayyorlash uchun muhim vazifalarni hal etishga yordam bera oladigan yangi samarali, hammabop pedagogik uslubni joriy etish zaruriyati tug`ildi, deb ayta olamiz. Buning uchun laboratoriya stendlari va O`quv ustaxonalaridagi mashg`ulotlar barcha talabalar uchun nafaqat qiziqarli, balki qulay va oson bo`lishiga erishmoq lozim. Mashg`ulotlar o`ziga jalb eta olishi, barcha ruhiy va didaktik omillarni hisobga olishi, jarayonlarni jo`shqin tarzda namoyon etishi, mashg`ulotlar o`tkazish va o`qitilayotgan fanni o`zlashtirishni, umuman butun o`qitish samarasini oshirishi, egallangan bilimlar xususida o`ziga-o`zi baho berish imkonini ta’minlamog`i zarur. Aynan shu nuqtai nazardan zamonaviy axborot texnologiyalarining tadbiq etilishi yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni maqbul tarzda hal qilish va an’anaviy o`qitish usulining bir qator kamchiliklarini bartaraf etishga ko`mak beradi. Bugungi kunga kelib, Oliy va o`rta maxsus O`quv yurtlarida virtual stendlardan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Xo`sh, virtual stend deganda nimani tushunamiz? Virtual stend – O`quv amaliy stendi yoki O`quv-malaka ustaxonasi bo`lib, O`quvchi-talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, kompyuter dastur va texnologiyalari orqali ma’lum yo`nalishda zaruriy ko`nikmalarni hosil qilishga yordam beradi. Virtual stendlar har bir O`quvchi-talaba uchun texnikaga o`zining kirish parametrlarini «buyurishga», o`z bilimlarini nazorat qilishga imkon beradi. Laboratoriya ishini o`tkazish, uni zarur tartibda tushunish va hokazolar bilan bog`liq vaqtdan yo`qotish esa kompyuter samarasi hisobiga kamaytiriladi. Bunda, ayniqsa, zamonaviy jihozlar va apparatlarni xarid qilish, ularni barcha ta’lim muassasalarida taqsimlash bilan bog`liq ulkan moliya zaxiralarining tejab qolinishi muhimdir. Zamonaviy axborot texnologiyasi bo`lgan oddiy kompakt diskka o`nlab, ba’zan esa, yuzlab laboratoriya ishlarini joylashtirish mumkin. Endi esa bir dona shunday virtual laboratoriya stendi necha marta arzonga tushishini hisoblab chiqish qiyin emas. Bundan tashqari, ular bilan birga ta’lim muassasalarini yalpi ta’minlash mumkin. Agar ularda Internetga ulangan kompyuter tarmog`i bo`lsa, undan ham yaxshi bo`ladi. Bundan shuni ko`rish mumkinki, virtual stendlar ko`proq qo`llansa, shunday sarflarning oldini olish mumkin bo`ladi. Internet tizimining xalqaro axborot tizimi orqali masofali usullar yordamida mutaxassis kadrlar tayyorlash va pedagog kadrlar malakasini oshirish imkoniyati respublika Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 4 oktyabrda e’lon qilingan maxsus qarorida ko`zda tutilgan. Tahsil olayotganlar ham, ta’lim muassasalari ham virtual stendlardan foydalanishdan manfaat ko`radilar. Ularning joriy qilinishi natijasida, an’anaviy ta’limga qiyoslaganda, mutaxassislarni tayyorlash bo`yicha ta’lim jarayonining yanada yuqori sifati ta’minlanadi. Bunga avtomatlashtirilgan o`qituvchi (pedagog) va test o`tkazuvchi, tizimlar, test topshiriqlari va o`z-o`zini tekshirish uchun savollarni o`z ichiga olgan ixtisoslashgan O`quv-uslubiy qo`llanmalardan foydalanish, O`quv jarayonining uslubiy negizini tezkor yangilash hisobiga erishiladi. Biz o`qitishning tashkiliy shakllari, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda turli ta’lim maskanlarining O`quv imkoniga ega bo`lamiz. Bu esa ma’lum darajada turli muassasalar mutaxassislari diplomlarining qadri teng bo`lishini ta’minlaydi. Demak, ta’lim jarayonida virtual stendlardan samarali foydalanish ta’lim sifatini oshiribgina qolmay, balki ulkan moliya zaxiralarini tejashga imkon beradi hamda xavfsiz, ekologik toza muhitni yaratadi. Virtual stendlar joriy etilishi ta’lim, ishlab chiqarish, boshqa davlat muassasalarining umumiy yondashuvini talab qiladi. Virtual o`qitish stendlarini, ayniqsa, qimmatbaho jihozni xarid qilishdan oldin diqqat bilan o`rganib chiqish zarur. Bu xodimlarni mahalliy sharoitda o`qitishga, ta’lim oluvchilarni xorij mamlakatlariga guruh-guruh bo`lib jo`nashining oldini olishga imkon yaratadi. Download 48.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling