Tarbiyachi imidji reja


Download 0.63 Mb.
Sana09.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1473720
Bog'liq
TARBIYACHI IMIDJI


TARBIYACHI IMIDJI

REJA:

 

1.PEDAGOGIK ODOB.

2.PEDAGOGIK NAZOKAT.

3.TARBIYACHINING NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI

  • Pedagogik odob
  • Odob deganda, rasm-taomil, xulq-odatlar majmui, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum taqozosi bilan turmush sharoitining alohida tarzi, an’analari negizida odamlar o‘rtasida paydo bo‘lgan muomala-munosabatlarning xususiyatlari tushuniladi.
  • Odob kishilarning amaliy xatti-harakatlari, muomala-munosabatlari ham deb qaraladi. Pedagog odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, vazifalari, tamoyillari, tushunchalari, talablari, mezonlarini ta’lim-tarbiya jarayonida oydinlashtirib, pedagogning ta’lim oluvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar, ta’lim muassasasi rahbarlari bilan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan kasbiy-axloqiy xususiyatlari yig‘indisidir.
  • Pedagog odobi eng avvalo, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Biroq bunday yondashuv bir qadar cheklangan nuqtai nazar ekanligini ta’kidlash joiz. Zero, tarbiyachining kasbiy axloqi faqat tarbiyalanuvchilar bilan muloqoti jarayonidagina namoyon bo‘lmaydi, balki uning butun faoliyati davomida birinchi darajali ehtiyoj sifatida ifodalanadi. Boshqacha aytganda, pedagog odobi tushunchasi tarbiyachi dunyoqarashining hayotiy tizimini anglatadi. Pedagog odobi tushunchasining mazmuni axloqiylik bilan birga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy jihatlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi.
  • Axloqiy ta’lim-tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida pedagog odobi fazilatlarini shakllantirishda ikki yo‘nalishdagi aloqador tushunchalarni tahlil qilish maqsadga muvofiqdir: birinchisi–jamiyatning o‘qituvchi shaxsiga munosabati; ikkinchisi–o‘qituvchi shaxsining jamiyatga munosabati.

Pedagogik takt o‘qituvchi axloqining amaliy ko‘rinishlaridan biridir.

  • Muallim xulqining natijalari uning yoshlarga axloqiy ta’sirining samaradorligida, axloqiy tarbiya sohasida erishgan yutuqlarida namoyon bo‘ladi.
  • O‘qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliyaxloqiy fazilatlar, tushunchalariga mos keladi va ularni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq tarzda bir qadar oydinlashtiradi, aniqlaydi.
  • Pedagogik nazokat.
  • Bugungi kunda davlatimiz tomonidan ta’limga qaratilayotgan e’tibor barcha pedagog xodimlarning o‘z ustida ishlashi, tinmay izlanish olib borishi ta’lim sohasiga yosh mutaxassislarning kelib qo‘shilishiga imkoniyat yaratmoqda, bu esa o‘z navbatida ta’lim muassasasi pedagog xodimlar oldiga yanada yangi vazifalar qo‘yadi.
  • Xush pedagogik maxoratning uzi nima?
  • Pedagogik mahorat-bu–tarbiyachining shunday shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi, samimiyliligi, nazokati va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi, ijodkorligi, eruditsiyasi va h.k.) fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki, u o‘z o‘quv fanini chuqur va atroflicha bilishida, pedagogik – psixologik va metodik tayyorgarligida, yoshlarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo‘llarini izlab topib, amaliy faoliyatga qo‘llashida namoyon bo‘ladi.
  • Shunday qilib, kutubxonachi rahbar va xodimi insoniylik, mehnatsevarlik va fidoyilik kabi ma’naviy – axloqiy fazilatlarni o‘zida tarkib toptirishi lozim.
  • Shuni alohida qayd qilib o‘tmoq zarurki, tarbiyachilik kasbi murakkab va ma’suliyatli kasbdir. Ushbu kasbning sharafliligi va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, u doimo ongning yagona sohibi bo‘lgan inson bilan muloqotda bo‘ladi.
  • Ongli va tirik jonzot esa aqliy, ruhiy, hamda jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo‘ladi. Shuning uchun, bola bilan doimo muloqotda bo‘lganda, unga ta’sir ko‘rsatish uchun muntazam ravishda psixologiya, tarbiya nazariyasi kabi fanlarni mukammal o‘rganib, o‘z kasbiy mahorati ustida muttasil ish olib borishi kerak. Bu tarbiyachidan pedagogik – psixologik va metodik tayyorgarlikni ta’minlaydi. Pedagogik mahorat- pedagogik jarayonda tarkib topadi. Pedagogik jarayon esa kasbiy va shaxsiy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yib, mehnatga, hayotga tayyorlash uchun davlat, jamiyat, millat va kelajak avlod oldida javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Shuning uchun, xodim shaxsiy va kasbiy fazilatlar egasi bo‘lishi lozim.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling