Tarbiyaning asosiy nazariyalari


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana20.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1634181
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
IP. 7-mavzu



TARBIYANING ASOSIY 
NAZARIYALARI 


1. Tarbiya jarayonining asosiy tushunchalari.
2. Rivojlanish va shaxsni shakllantirish omillari.
3. Shaxsni ijtimoiylashtirishning mohiyati. 
4. Tarbiyaning umumiy qonuniyatlari va tamoyillari.
5. O‘quv jarayonining metod va vositalari.
R e j a:


TARBIYA JARAYONINING ASOSIY TUSHUNCHALARI
Inson shaxsi koʻp sonli omillar ta’siri natijasida shakllanadi va rivojlanadi: ob’ektiv va sub’ektiv, tabiiy va ijtimoiy, ichki
va tashqi, odamlarning ongi va shuuriga bogʻliq boʻlgan va boʻlmagan. shu sababli insonning oʻzi ham tashqi ta’sirni
shunchaki aks ettiruvchi sust mavjudot emas. U oʻzining shaxsiy shakllanishi va rivojlanishi sub’ektidir.
Tarbiya
– shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon boʻlib,
tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.
Tarbiya
- shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik
jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan hissiyotlarga ega boʻlishini ta’minlash yoʻlida koʻriladigan chora-
tadbirlar yigʻindisi.
Demak, tarbiya ijtimoiy hodisa boʻlib, insoning shaxs boʻlib shakllanishini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy
ma’naviy qadriyatdir. Tarbiya insoniyat paydo boʻlishi bilan birga paydo boʻlgan boʻlib, usiz alohida shaxs ham, kishilik
jamiyati ham faoliyat koʻrsata olmaydi. Chunki, tarbiya inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyat boʻlib, u
avloddan, avlodga oʻtib boraveradi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling