Tarbiyaning asosiy nazariyalari


Tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovasion texnologiyalardan foydalanish


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana20.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1634181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
IP. 7-mavzu

Tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovasion texnologiyalardan foydalanish.
Tarbiya jarayonining mohiyati, qonuniyatlari hamda oʻziga xos jihatlari xususidagi mavjud nazariy va amaliy gʻoyalarga, pedagogik
bilimlarga tayangan holda tarbiya texnologiyasining tarkibiy qismlarini quyidagicha belgilash mumkin:
tarbiya jarayonining umumiy loyihasi;
tarbiyani tashkil etishga boʻlgan ijtimoiy ehtiyoj (ragʻbat);
tarbiya maqsadi;
❑ tarbiya mazmuni (shakl, metod, usul va texnik vositalar);
❑ tarbiyachi faoliyati;
❑ tarbiyalanuvchi faoliyati;
tarbiya samarasi (natija).
Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish aniq maqsadga va ijtimoiy gʻoyaga asoslangan hamda tarbiyalanuvchilarda ma’naviy-
axloqiy sifatlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan uyushtirilishi demakdir.
Ta’lim jarayonidan farqli ravishda, tarbiya jarayonini tyexnologiyalashtirishda mazkur jarayonning samarasini qisqa muddat oraligida koʻra
olish imkoniyati yoʻq. Tarbiya jarayonining oʻziga xos xususiyatlari, tarbiyalanuvchi va tarbiyachi oʻrtasida yuzaga kyelish ehtimoli boʻlgan
ziddiyatlar tarbiyaviy jarayonni tyexnologiyalashtirishga nisbatan ijodiy va mas’uliyatli yondashish zarurligini taqozo etadi.
Masalan, umumiy oʻrta ta’lim muassasalari amaliyotidan ma’lumki, uzoq yillar davomida mazkur muassasada faoliyat olib borayotgan
oʻqituvchilarning koʻpchiligi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga nisbatan «tarbiyaviy ishlar ryejasida byelgilangan tadbirlarni oʻtkazishga
majburman» kabilida yondashib kyelganlar. Ularning asosiy e’tibori oʻzlari rahbarlik qilayotgan sinf yoshlarini avvaldan tayyorlangan stsyenariyni
yod olish va unga qat’iy amal qilishga majburlash, shuningdyek, «maktab ma’muriyati hamda jamoasi oldida izza boʻlib kolishga yoʻl qoʻymaslik»
tamoyiliga muvofiq tarbiyaviy tadbirni uyushtirishga karatilgan edi. Endilikda tarbiyaviy tadbirlarning oʻtkazilishiga nisbatan bunday
yondashuvlardan voz kyechish maqsadga muvofiq. Zyero, tayyor ssyenariy asosida muayyan tadbirlarni tashkil etish jarayonida uning asosiy
sub’yektlari boʻlgan yoshlar faol ishtirokchi va tadbir natijasini byelgilovchi shaxs sifatida emas, balki oddiy ijrochi sifatida qatnashadilar. Bu holat
esa bir qator salbiy oqibatlarni kyeltirib chiqaradi. Xususan:
1. yoshlarda tarbiyaviy tadbirlarning oʻtkazilishiga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi;
2. yoshlarda mustaqil fikrlash hamda ijodkorlik qobiliyatining tarbiyalanishi uchun imkoniyat yaratilmaydi;
3. yoshlarda tarbiyaviy tadbirlarning oʻtkazilishi ularning shaxs sifatida kamol topishlarini ta’minlashga yoʻnaltirilganligi haqida emas, balki
sinfning ta’lim muassasasi jamoasi oldida «soxta obru» orttirish uchun xizmat qiluvchi vosita ekanligi toʻgʻrisidagi xulosaning shakllanishi uchun
sharoit yuzaga keladi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling