Tarbiyaning asosiy nazariyalari


Tarbiya yordamida inson shaxsining ma’naviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, e’tiqod ezgulik


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana20.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1634181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
IP. 7-mavzu

Tarbiya
yordamida inson shaxsining ma’naviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, e’tiqod ezgulik,
goʻzallik, yaxshilik, odatlilik va koʻnikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya yordamida amalga oshiriladi


Tarbiya jarayonida 
ichki va tashqi qarama-qarshiliklar 
mavjud boʻlib, u bevosita tarbiyalanganlik 
darajasiga bogʻliq boʻladi. Tarbiyada oʻquvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish 
kerak boʻladi. Bu jihat unutilsa, qarama-qarshiliklar kuchayadi.
Tarbiyalanganlik
– milliy urf-odatlar, qadriyatlarga e’tiqod bilan rioya qiladigan, noqonuniy 
ishlardan oʻzini tiya oladigan, oʻz xatti-harakatlari bilan oʻzgalar nafratini qoʻzgʻamaydigan xulq-
atfordir. Faoliyat jarayonida hosil boʻlgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya qilishni 
yengillashtiradi.
Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – oʻquvchilik yillarida uning ongiga turli-
tuman faoliyat (oʻqish, mehnat, oʻyin sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etishi 
mumkin. Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshiriladi, uning tarkibiy qismlari ham ayni bir vaqtda 
faoliyatning biror turi asosida amalga oshiriladi.
Tarbiya
pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy 
rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, 
yuqorida ta’kidlab oʻtganimizdek, keng va tor ma’nodagi tarbiya farqlanadi. Keng ma’noda tarbiya 
shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya 
ijtimoiylashtirish bilan uygʻunlashadi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling