Kompyuter texnalogiyalari rivojlanib borishi bilan bir qatorda kiberjinoyatlarning soni ham ularning jamiyatga havfi ham oʻsib bormoqda


Download 33.85 Kb.
Sana16.10.2023
Hajmi33.85 Kb.
#1704792
Bog'liq
internet firibgarligi deyarli tayyor


Kompyuter texnalogiyalari rivojlanib borishi bilan bir qatorda kiberjinoyatlarning soni ham ularning jamiyatga havfi ham oʻsib bormoqda . Internetning rivojlanishi ta'lim va iqtisodiyot sohasida imkoniyatlarni ,dunyo hech qachon ko'rmagan narsalarni beradi. Shu bilan birga, xuddi shu vosita zarar yetkazish uchun misli ko'rilmagan imkoniyatlarni ham beradi. Texnologiyani suiiste'mol qilish orqali kiberjinoyatchilar biznesni va hatto hayotni buzadi. Dunyo bo'ylab ko'plab mamlakatlar va tashkilotlar kiberjinoyatchilarni to'xtatish va tizimlarni yanada xavfsizroq qilishga yordam berish uchun kurashmoqda. Biroq, kiberjinoyatlarning soni va turi kundan kunga ortib bormoqda!! Ayni vaqtda dunyoda, shuningdek, oʻzbekistonda ham kiberjinoyalarning keng tarqalgan turlaridan biri komputer firibgarligi (internet firibgarligi) ga kundalik hayotimizda koʻp duch kelyabmiz .
Ushbu holatda jabrlanuvchi ongli ravishda firibgarga shaxsiy maʼlumoti, pul yoki mol-mulkidan foydalanish ixtiyorini topshiradi Amerika Qoʻshma Shtatlari FQBsining  2017-yildagi onlayn jinoyatlar toʻgʻrisidagi hisobotiga koʻra, Internetdagi jinoyatlar boʻyicha shikoyat markaziga (IC3) 300 000ga yaqin shikoyat kelib tushgan. Jabrlanuvchilar 2017-yilda onlayn firibgarlik tufayli 1,4 milliard dollardan koʻproq zarar koʻrishgan. Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) va McAfee tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, kiberjinoyatlar jahon iqtisodiyotiga 600 milliard dollarga tushgan. Bu umumiy global yalpi ichki mahsulotning 0,8 foizini tashkil qiladi. Onlayn firibgarlik koʻp shakllarda, elektron pochta spamerligidan tortib hakkerlikgacha, namoyon boʻladi. Onlayn firibgarlik, qisman, Internet xizmatlaridan foydalanishga asoslangan.
Internetdagi firibgarlik — Internet orqali insonlarga tegishli pul, qimmatbaho narsalar va meros kabi shaxsiy mulklarini oʻgʻirlash, oʻmarish, talon-toroj qilish maqsadida tashkillashtiriluvchi kiberjinoy firibgarlik, aldov turlaridan biri. Internet firibgarligi yagona, oʻziga xos jinoyat hisoblanmaydi, biroq kibermakonda sodir etiladigan bir qator noqonuniy harakatlarni oʻz ichiga oladi. Firibgarlikning ushbu turi o'g'irlik jinoyatidan farq qiladi. Hozirda o’zbekiston hududida ham ijtimoiy tarmoqlar firibgarligining xar xil turlari jumladan,fishing(phishing),xayriya firibgarligi,ijtimoiy tarmoqlar orqali ishqiy firibgarlik, sotib olishdagi firibgarlik va boshqalarni sanab o’tish mumkin.
Intertet firibgarligining ob'ekti o‘zganing mulki hisoblanadi. Ob'ektiv tomondan firibgarlik aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiy huquqini qo‘lga kiritishdan iborat bo‘ladi. Jismoniy usul xos bo‘lgan boshqa ko‘pgina jinoyatlardan farqli ravishda firibgarlik jinoyatida aybdor harakatlari axborot xususiyatiga ega bo‘ladi, yoki aybdor va jabrlanuvchi o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ishonch asosida shakllangan bo‘ladi. Qonunda mulkni egal­lash yoki mulkka bo‘lgan huquqqa ega bo‘lish usuli sifatida mazkur talon-toroj qilish shaklining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi yolg‘on yoki ishonchni suiiste'mol qilish ko‘rsatilgan. Biroq aldash hali mol-mulkni olish va uni jinoyatchi foydasiga o‘tkazish degani emas. Firibgarlik tarkibida aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish asosiy harakat sodir etilishini ta'minlaydigan yordamchi harakat sifatida amalga oshiriladi.

Firibgarlikda asosiy harakat deganda, jinoyat sub'ekti tomonidan aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish bilan shartlangan, mulkni mulkdorning egaligidan aybdor yoki u ko‘rsatgan shaxslar foydasiga o‘tkazishi tushuniladi. Xuddi shu aloqador harakatlar firibgarlikning ob'ektiv tomoni belgilarini tashkil etadi. Ushbu jinoyatning o‘ziga xosligi shundaki, tashqi tarafdan mulkdor tomonidan mulkni “ixtiyoriy” ravishda begona­lashtirish va jinoyatchiga o‘tkazish kuzatiladi. Aynan aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish mulkdorda yoki mulkning boshqa qonuniy egasida mulkni yoxud mulkiy huquqlarni jinoyatchiga o‘tkazish fikrini tug‘diradi. Shu usulda jabrlanuvchining ongi va ixtiyoriga ta'sir etish yoki uning ishonchini suiiste'mol qilish orqali firibgar mulkni o‘z foydasiga yoki boshqa shaxslar foydasiga o‘tkazish maqsadiga erishadi. Bu yerda aldov yoki ishonchni suiiste'mol qilish talon-toroj qilishning zaruriy usuli sifatida gavdalanadi.
Jinoyatni sodir etish usullarining o‘ziga xosligiga qarab internet orqali sodir etiladigan firibgarliklarni ikki turga ajratish mumkun;
- aldash yo‘li bilan talon-toroj qilish;
- ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish.
Sud-tergov amaliyoti, shuningdek, jinoyat huquqi nazariyasi firibgarlikni sodir etish usuli sifatida quyidagi aldash tushunchasini ishlab chiqqan, ya'ni aldash deganda, mol-mulk egasi yoxud mol-mulk ishonib topshirilgan shaxsning o‘zi uni firibgarga ixtiyoriy ravishda, o‘z xohishi bilan berishi, jabrlanuvchini chalg‘itish uchun aybdor shaxs tomonidan har qanday fakt buzib ko‘rsatilishi yoki haqiqatni yashirish yoxud bila turib yolg‘on ma'lumotlarni xabar qilish tushuniladi.
Aldash o‘tmishdagi, kelajakdagi yoki hozirgi fakt yoxud holatlarga nisbatan bo‘lishi mumkin.
Masalan , 2022-yilda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan o‘z vakolatlari doirasida Internet jahon axborot tarmoqlaridagi materiallar tahlil qilinganda, “O‘zbekneftgaz” nomidan investitsiya kiritish va daromad olish hamda pul mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha turli xizmatlar taklif qilinayotganligi aniqlangan.
Ayniqsa, firibgarlar o‘z maqsadlariga erishish uchun “O‘zbekneftgaz” AJ nomidan foydalanishning yangi turli usullarini o‘ylab topishgan.
Neft va gaz savdosidan pul ishlash imkonini beruvchi mavjud bo‘lmagan Hukumat qarorlarini mavjud bo‘lmagan platformalarga joylashtirib, unga bag‘ishlangan maqolalarda odamlarga ushbu loyihalarda qatnashib, katta daromadga ega bo‘lishlari mumkinligi vaʼda qilishgan .
Firibgarlar tomonidan foydalanuvchilar soxtalikni sezmasliklari uchun video roliklardan foydalanilgan. Shuningdek, loyihada faol ishtirok etishga undovchi mashhur sanʼatkorlarning suratlari va loyiha hamda aksiyalarda ishtirok etib, boyib ketgan foydalanuvchilar haqidagi yolg‘on intervyular nashr etilgan.
Shu kunlarda ham www.facebook.com ijtimoiy tarmog‘i orqali foydalanuvchilarga foto va matn ko‘rinishida taqdim etilayotgan reklama xususidagi axborotlarda “2023- yilda aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida, “O‘zbekneftgaz”ga 2 mln so‘mdan boshlab investitsiya kiriting va har oy 9-16 mln so‘mdan divident oling” kabi mazmunda maʼlumotlar berilgan hamda ro‘yxatdan o‘tish uchun havolalar ko‘rsatilgan.
Foydalanuvchilarni ishontirish maqsadida, kompaniya logotipi, videoroliklar, davlat ramzlari va shaxslari va boshqa maʼlumotlar ko‘rsatilgan. Shuningdek, fuqaroning shaxsiy va bank kartasiga oid maʼlumotlarni kiritish so‘ralgan.
Bunda, ishonchni suisteʼmol qilish, firibgarlik yo‘li bilan va axborot texnologiyalardan foydalangan holda kiber jinoyatchilikni amalga oshirish, shuningdek, “Shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga zid ravishda shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish alomatlari mavjud.
Yuqoridagi kabi faoliyatlarda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 141 prim 2, 168, 188 prim 1 va 278-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari, xususan mulkiy manfaat berish bo‘yicha zimmaga majburiyat olish yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkini jalb etishga doir noqonuniy faoliyatni amalga oshirish, mazkur faoliyatda ishtirok etishga jalb qilish maqsadida ushbu faoliyatni reklama qilish, shu jumladan, ommaviy axborot vositalaridan yoxud Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda reklama qilish, firibgarlik jinoyatini axborot texnologiyalardan foydalanib, sodir etish kabi kiber jinoyatchilik belgilari mavjud.

Shuningdek, Internet firibgarligi ob'ektiv tomondan ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan ham sodir etilishi mumkin.
Shuni ta'kidlash lozimki, “ishonch” tushunchasi ko‘p uchrab turishiga qaramasdan, uning qonunchilikda belgilangan ta'rifi mavjud emas va umumiy huquq nuqtai nazaridan baholanishi lozim.
Ishonchni suiiste'mol qilish deganda, aybdor shaxs tomonidan o‘zganing mulkini qonunga xilof ravishda o‘z foydasiga olish uchun o‘zi va mol-mulk egasi yoxud mol-mulk egaligi ixtiyorida turgan shaxs o‘rtasidagi alohida, o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlardan qonunga xilof ravishda mulkni o‘z foydasiga olish uchun foydalanishi tushunilmog‘i lozim. Ishonchga asoslangan munosabatlar firibgar va jabrlanuvchi shaxs o‘rtasida xayriya qilish , oldi-sotdi, internet orqali ishqiy munosabatlarda va hokazolarda vujudga kelishi mumkin.
Internet orqali sodir etilishi mumkin bo’lgan firibgarliklardan hozirda eng ko’p qo’llanilyotgani bu shubhasiz fishing (phishing) - Fishing ijtimoiy muhandislikning bir turi bo'lib, ko'pincha elektron pochta orqali amalga oshiriladi - bu yerda tajovuzkorlar qonuniy foydalanuvchilarni maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilish yoki nomaqbul harakat qilish uchun aldashga harakat qilishadi.
Misol uchun, fishing firibgarligida tajovuzkorlar qurbonlarni aldab, ularni soxta veb-saytga yo'naltiradigan havolalarni tarqatishlari mumkin. Veb-sayt ulardan kirish ma'lumotlari kabi nozik ma'lumotlarni kiritishni so'raydi. Boshqa firibgarliklar jabrlanuvchilarni o'z tizimini xavfli zararli dastur yoki to'lov dasturi bilan yuqtiradigan qo'shimchalarni yuklab olishga yo'naltiradi.
Afsuski, har qanday domen fishing hujumi qurboniga aylanishi mumkin. Buning sababi shundaki, ko'p odamlar bir xil foydalanuvchi nomi va parolni bir nechta veb-saytlarda qayta ishlatishadi.
2019 yilgi Google Xavfsizlik tadqiqotiga ko'ra, odamlarning 65 foizi bir nechta yoki barcha hisoblar uchun bir xil parolni qayta ishlatgan. Yana bir muammo shundaki, ko'p odamlar (ya’ni 64%) - ushbu hisobotga ko'ra - buzilganidan keyin ham bir xil paroldan foydalanishda davom etadilar.
Ushbu yomon kiber odatlar yomon odamlarga har qanday saytni aldashga va o'g'irlangan hisobga olish ma'lumotlarining yagona to'plamidan foydalanib unga kirishga imkon beradi. Ular hatto foydalanuvchining parolini olish uchun soxta saytga kirish uchun aldashlari shart emas. Ular veb-saytlarda qayta ishlatiladigan bitta parolga ega bo'lishlari bilan, ular keng ko'lamli fishing hujumini boshlashi va katta zarar etkazishi mumkin.
Aksariyat fishing hujumlari o'zini qonuniy shaxs yoki kompaniyadan deb ko'rsatuvchi soxta elektron pochta xabarlari orqali keladi. Buzg'unchilar, shuningdek, matnli xabarlar, ijtimoiy media yoki telefon qo'ng'iroqlari orqali nozik ma'lumotlarga kirish yoki zararli dasturlarni yuklab olish uchun foydalanuvchilarni aldash maqsadiga erishishadi.
Lekin hujum vektorlari u yerda tugamaydi. 2021 yilgi so‘rovda Ironscales IT-mutaxassislarining uchdan bir qismi videokonferensiya, ishchi kuchi bilan xabar almashish va hatto fayl almashish platformalari orqali fishing hujumlarini boshdan kechirganini aniqladi.
Ushbu "fishing" atamasi birinchi marta 1990-yillarda ommaviy mavjud bo'lgan birinchi avtomatlashtirilgan fishing vositasi AOH(America online)ga nisbatan ishlatilgan. AOHell tajovuzkorlarga AOL foydalanuvchilarining kredit karta ma'lumotlari va parollarini o'g'irlashda yordam berdi va boshqa ko'plab avtomatlashtirilgan fishing dasturlariga ta'sir ko'rsatdi.
Taxminan bu vaqtda, boshqa tajovuzkorlar elektron pochtani afzalroq hujum vektori sifatida qabul qilishdi. Ko'pchilik elektron pochta orqali oddiy "Nigeriya shahzodasi" firibgarliklarini ishga tushirishni boshladi. Jinoyatchi o‘zini qirollik sohibasi deb tanishtirgan va jabrlanuvchiga katta miqdorda pul o‘tkazishga va’da bergan. Jabrlanuvchi shunchaki bank hisob raqamini baham ko'rishi yoki pul o'tkazmasi xarajatlarini qoplash uchun tajovuzkorning hisobiga kichik avans to'lovini yuborishi kerak edi.

Jabrlanuvchi firibgarlikka tushib qolganidan so'ng, "Shahzoda" pulni o'g'irlab ketadi va qurbonning bank hisobini yo'qotadi. Nigeriya shahzodasi firibgarligi bugungi kunda ham o'z faoliyatini davom ettirmoqda. FBIning Internetdagi jinoyatlar bo'yicha shikoyat markazi (IC3) ma'lumotlariga ko'ra, “Nigeriya shaxzodasi” firibgarligi 2020 yilda 2,5 milliard dollar yo'qotishga olib keldi.
90-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshlarida tajovuzkorlar PayPal-dan kelgan va Mimail virusini o'z ichiga olgan yanada murakkab elektron pochta kampaniyalarini ishlab chiqishni boshladilar. Yillar davomida fishing rivojlanib bordi va endi tajovuzkorlar keng doiradagi hujum vektorlari va Business Email Compromise (BEC), nayzali fishing, domenni buzish va kit ovlash kabi bir nechta usullardan foydalanadilar.

So'nggi paytlarda fishingning yangi turlari paydo bo'ldi, masalan:
Pharming: qurbonning qurilmasiga zararli kodni o'rnatish
Yovuz egizak fishing: firibgar haqiqiy ko'rinadigan soxta WiFi tarmog'ini o'rnatadi
Angler Phishing: Jabrlanuvchini login ma'lumotlarini taqdim etish uchun soxta ijtimoiy media xabarlaridan foydalanish
Qidiruv tizimidagi fishing: Buzg'unchi qidiruv tizimida paydo bo'ladigan soxta mahsulotlar ishlab chiqaradi va qurbonni xaridni yakunlash uchun maxfiy ma'lumotlarni kiritishga undaydi.
Bundan tashqari, elektron pochta zamonaviy fishing firibgarliklarini amalga oshirish uchun foydalaniladigan yagona vosita emas. Ko'pgina tajovuzkorlar SMS va matnli xabarlardan ham foydalanadilar - bu smishing deb nomlanuvchi usul. Yana boshqalar telefon qo'ng'iroqlari, ovozli qo'ng'iroqlar yoki oldindan yozib olingan robot qo'ng'iroqlar orqali amalga oshiriladigan firibgarlik (ovozli fishing) turlaridan foydalanishadi.
Firibgarlar tomonidan ko’p ishlatiladigan fishing uslublari;

Indikatorlar



Tavsiflar





G'ayrioddiy yoki umumiy salomlashuvlar

Tanish jo'natuvchidan noodatiy salomlar yoki har qanday jo'natuvchidan umumiy salomlar

Haqiqiy bo'lish uchun juda yaxshi ko'rinadigan takliflar

Bekorga biror narsani taklif qiladigan kutilmagan yoki kiruvchi takliflar



G'ayrioddiy, noma'lum yoki jamoat mulki

Umumiy domenlar, noto'g'ri yozilgan domenlar yoki qo'shimcha so'zli domenlardan kelgan xatlar





Shoshilinch yoki tahdidli ohang

Qabul qiluvchi muayyan harakatlar qilmasa, dahshatli oqibatlarga olib kelishi haqida ogoxlatiadigan elektron pochta xabarlari



Shubhali havolalar yoki qo'shimchalar



Havolalar ma'lumotni o'g'irlaydigan saytga ishora qilishi mumkin va ilova zararli dastur bo'lishi mumkin



Yuboruvchining kelib chiqishi va so'rov turi

Elektron pochta xabari taniqli shaxs yoki davlat idorasidan kelganga o'xshaydi va unda kutilmagan so'rovlar


FQBning 2020-yildagi Internetdagi jinoyatlar bo‘yicha hisobotiga ko‘ra, fishing 2020-yilda eng keng tarqalgan kiberhujum turi bo‘lgan. Ironscales hisobotiga ko‘ra, 2021-yilga kelib, u IT-mutaxassislarining 90 foizini tashvishga soladigan narsaga aylangan.
Internet firibgarligining yana bir turi bu-, ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etiladigan xayriya firibgarligida firibgar oʻzini tabiiy ofat, mintaqaviy mojaro yoki epidemiya qurbonlariga yordam soʻrab chiqqan xayriya tashkiloti yoki xayriya ishlariga boshchilik qilmoqchi bo’lgan shaxs  sifatida namoyon qiladi. Misol tariqasida sardoba suv ombori fajialari va Turkiyada yuz bergan zilzila xayriya firibgarligini amalga oshiruvchi firibgarlarining nishoni boldi. Shuningdek, Boshqa soxta xayriya tashkilotlari saratonOITS yoki Ebola virusini tadqiq qilish, bolalar uylari (firibgar oʻzini bolalar uyida yoki u bilan bogʻliq boʻlgan notijorat tashkilotda ishlaydigan shaxsdek tutadi.), Qizil Xoch va Amerika birdamlik yo'li kabi xayriya tashkilotlari uchun pul yigʻishni maqsad qilib olganlar qiyofasida namoyon boʻlishadi. Soʻnggi yillarda xayriya ishlarini boshlagan odamlar niqobi ostida firibgarlik qilish holatlari koʻp uchramoqda. Bunga Long Island xayriya tashkiloti rahbari Wafa Abbound misol boʻla oʻladi. Abbound million dollarga yaqin pul oʻgʻirlashda aybdor deb topilgan hamda bank firibgarligipul yuvish va oʻzlashtirishda ayblangan. Firibgarlar foydalanadigan koʻplab usullar mavjud. Birinchidan, ular odamlardan yordam uchun xayriya qilishni soʻrashadi, koʻpincha onlayn yangiliklarda shu haqda maqolalar joylashtirishadi va ularni mablagʻ jalb qilishga koʻmaklashuvchi soxta hikoyalar bilan mustahkamlashadi. Firibgarning qurbonlari ehson qiluvchi odamlar boʻlib, ular munosib ishda yordam berayotganiga ishonadilar va buning evaziga hech narsa kutmaydilar. Yuborilgandan soʻng, pul ham va firibgar ham tezda koʻzdan gʻoyib boʻlishadi. Jabrlanuvchi baʼzan daromad soligʻidan taxminiy xayr-ehsonlarini chegirib tashlaganidan keyin oʻzini huquqiy muammoga duchor qilishi mumkin. Amerika Qoʻshma Shtatlari soliq qonunchiligida aytilishicha, qilngan xayriyalar faqat nyfyzli notijorat tashkilotlarga qilingan taqdirda chegirib tashlanadi. Firibgar jabrlanuvchiga qilayotgan ehsoni chegirib tashlanishi mumkinligini aytishi va xayriyaning barcha kerakli dalillarini taqdim etishi mumkin, ammo firibgar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar soxtadir va agar tekshirilsa, firibgarlik natijasida jabrlanuvchi qattiq jazoga tortiladi. Garchi ushbu firibgarliklar, ayniqsa, katta ofatdan keyin eng yuqori muvaffaqiyat koʻrsatkichlariga ega boʻlsa va butun dunyo boʻylab firibgarlar tomonidan qoʻllanilsa-da, jabrlanuvchining oʻrtacha yoʻqotishi boshqa firibgarlik sxemalariga qaraganda kamroq. Buning sababi shundaki, koʻp kutilgan toʻlovni oʻz ichiga olgan firibgarliklardan farqli oʻlaroq, jabrlanuvchi ehson qilayotganda qarz olish ehtimoli kamroq.
Internet orqali sodir etiladigan ishqiy firibgarlikda esa turli xil tanishuv saytlari yoki aloqa mesenjerlaridan ( telegram ,whatsapp, instagramm) foydalangan xolda firibgarlar asason intim munosabatlarda bo’lish evaziga oldindan to’lov qilishni talab qilishadi bunga misol tariqasida Toshkent shaxar Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo’limi tomonidan aniqlangan xolatni ko’rsatish mumkin, unga ko’ra, Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi 33 yoshli (erkak) P.O., "Telegram" messenjeri orqali noma'lum akkaunt egasi tomonidan uning pullari talon-toroj qilinganligini ma'lum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi o‘zini sohibjamol ayol sifatida tanishtirgan shaxs, hayotda 29 yoshli (erkak) A.J. bo‘lib chiqdi.
U o‘zining "Telegram" messenjeridagi “Uz popka” nomli kanalida P.O. bilan ayol sifatida tanishib, unga pul evaziga intim xizmat taklif qilgan va oldindan uning 500.000 so‘m pulini o‘zining bank kartasiga o‘tkazdirib olgan, so‘ng uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermasdan, "qora ro‘yxat"ga kirgizib qo‘yganligi aniqlandi.
Bu turdagi qoida buzarliklar uchun O’zbekiston respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qism “G” bandi bilan jinoiy javobgarlik belgilangan.
Xorijiy mamlakatlarda xususan, Rossiya, Germaniya va boshqa davlatlar Jinoyat kodeksida internet va komputer malumotlari sohasidagi firibgarliklar uchun javobgarlik nazarda tutilgan.
Yaponiya jinoyat qonunchiligida firibgarlik boshqa shaxsdan mulkni aldash orqali egallashni anglatadi (Yaponiya JK 246-modda). Yaponiya jinoyat qonuniga koʻra, agar shaxs oʻzi yoki boshqa shaxs uchun noqonuniy mulkiy foyda koʻrishi ham firibgarlik hisoblanadi[6].
Fransiya jinoyat qonunchiligida firibgarlik jismoniy yoki yuridik shaxsni aldov asosida chalgʻitib, begona ism, yolgʻon mavqe yoki xizmat mavqeidan foydalanib pul, qimmatli qogʻozlar, moddiy boyliklar yoki boshqa mulklarni oʻzlashtirishda yoki ularni oʻzlariga naf keltirmaydigan bitimlar tuzishiga erishishda ifodalanadi[7].
Germaniya jinoyat kodeksida firibgarlik oddiy, alohida ogʻir, kompyuter, subsidiya olishga qaratilgan, kapital kiritishga oid, kredit turlariga boʻlinadi[8]. Shuningdek, Germaniya jinoyat qonunida toʻlov va bank kartalaridan aldov yoʻli bilan foydalanish, sugʻurta sohasidagi ishonchni suiisteʼmol qilish kabi jinoyat tarkiblari ham mavjud.
Mazkur jinoyatga qarshi kurash borasida aynan shu borada muammolarning mavjudligi bu sohadagi amaliy ishlarga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Xususan, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandida “kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib” firibgarlik sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Yuqorida qayd etilganidek, hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan davrda kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanib jinoyat sodir etish uchun albatta kompyuter vositalaridan foydalanish shart emas. Zamonaviy uyali telefonlar, planshetlar (gadjetlar) yoki boshqa vositalar bilan ham kompyuter bilan bajariladigan amallarni imkoniyati mavjud.
Firibgarlar tomonidan AKT vositalarining zamonaviy turlaridan foydalanib jinoyat sodir etilgan holatlarda qilmishni kvalifikatsiya qilishda firibgar tomonidan qoʻllanilgan zamonaviy vositalarni “kompyuter texnikasi vositasi” sifatida malakalashda vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish uchun aynan normaning shu qismini qayta tahrirdan oʻtkazish lozim.


.
Download 33.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling