Tarbiyaning asosiy nazariyalari


SHAXSNI IJTIMOIYLASHTIRISHNING MOHIYATI


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana20.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1634181
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
IP. 7-mavzu

SHAXSNI IJTIMOIYLASHTIRISHNING MOHIYATI 
Shaxsga
ijtimoiy
muhitning
ta’siri
ham
muhim.
Bu
tarbiya
tizimi
orqali
amalga
oshiriladi.
Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit
bera
olmagan
bilim,
ma’lumot
egallanadi, mehnat va texnik faoliyat
bilan bog’liq ko’nikma va malakalar
hosil bo’ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma
kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxs
kamolga yetadi.
Uchinchidan,
tarbiya
yordamida
muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish
mumkin.
To’rtinchidan,
tarbiya
kelajakka
qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Shaxs
rivojlanishida
faoliyatnig
o’rni.
Shaxs
rivojlanishida
irsiyat,
muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson
faoliyati ham muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat
qilsa,
uning
rivojlanishi
shunchalik
yuqori bo’ladi.
Faoliyat o’zi nima? Faoliyat inson
tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni
maqsadga
muvofiq
o’zgartirishga
yo’naltirilgan
ijtimoiy-tarixiy
turmushning
o’ziga
xos
shaklidir.
Insonning
qobiliyati
va
yoshi
u
tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat
mohiyatiga ko’ra belgilanadi.
O’smir va o’spirinlar faoliyatining asosiy
turlariga
o’yin, o’qish va mehnat kiradi. Ular
yo’nalishiga ko’ra bilishga doir, ijtimoiy, sport,
badiiy, texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy
qiziqishga ko’ra tanlangan sohalardan iborat.
Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir.
Faoliyat faol va passiv bo’lishi mumkin.
O’smir faoliyati muhit va tarbiya ta’sirida
faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson
shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi
bilan sevib, o’z imkoniyatlarini namoyon etib,
mehnat qilish, o’zini shaxs sifatida ko’rsata
olishi unda o’z faoliyatidan qoniqish hosil
qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida
faollik ko’zga tashlanadi.



Megaomillar (mega-eng katta)-kosmos, planeta, dunyo, shuningdek bularga demografik, ijtimoiy siyosiy
ekologik, planetar jarayonlarni ham kiritsa bo’ladi. Ular boshqa omil guruhlari orqali yerning barcha aholisining 
ijtimoiylashuviga ta’sir ko’rsatadi.

Makroomillar (makro-katta)-davlat, xalq, jamiyat. Bu omillar muayyan hududda yashovchi aholi 
ijtimoiylashuviga ta’sir qiladi.

Mezoomillar (mezo-o’rta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari, auditoriya, u yoki bu 
submadaniyatga tegishliligiga ko’ra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvi shart-sharoitlari. Mezoomillar etnik 
qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu hududning OAVlariga ta’sir qiladi.

Ijtimoiylashuvga mezoomillar mikroomillar orqali ta’sir qiladi. Mikro omillarga muayyan shaxslarga ta’sir 
qiluvchi omillar-oila, qo’shnilar, tengdoshlar guruhlari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy 
tashkilotlar kiradi.
Ijtimoiylashuv omillari. Ijtimoiylashuv bolalar, o’smirlar, yoshlarlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi 
ko’p sonli shart-sharoitlar bilan o’zaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu 
sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning hammasi ham aniqlanmagan. O’rganilgan omillar haqida 
bilimlar yetarli emas. 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling