Tarbiyaviy ishlar jarayonida xalq ogzaki ijodidan foydalanish


O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq maqollarining tarbiyaviy ahamiyati


Download 290 Kb.
bet6/8
Sana20.06.2023
Hajmi290 Kb.
#1628309
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar jarayonida xalq ogzaki ijodidan foydalanish

5. O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq maqollarining tarbiyaviy ahamiyati.


O’zbek xalq og’zaki ijodida dostonlardan tashqari maqollarning o’rni beqiyosdir. Maqollar odamlarning hayoti va turmushi jarayonida to’plagan tajribalari, dunyoqarashi, o’zi yashab turgan ijtimoiy hayotga bo’lgan munosabati, o’tmish hayoti va uning ibratli saboqlarini, umid va orzularini ifodalaydi. So’z san’atining mahsuli sifatida maqollar ifodalanadi. Maqollar xalq og’zaki ijodining bir turidir. Maqollarda xalqning turmush davomida to’plagan tajribalari natijasida yuzaga kelgan xulosalari ixcham va sodda tarzda bayon etilgan.
Alisher Navoiy o’zining ijodiy faoliyatida xalq og’zaki ijodini o’rganib, kishilar hayotida maqolninnaqadar muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida to’xtalib shunday baytni yozadi:
Kishiga necha mushkul hol, Hikmatu aql anga erur halol. Kimki bilay desang maqolin angla, Asli bilay desang oni angla.Rus yozuvchisi L.N. Tolstoy maqollarni xalq orasida naqadar yuksak qadrqimmatga ega ekanligiga to’xtalib shunday deydi: “Har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalq siymosini
ko’raman”. “Maqol” atamasi arabcha “kavlun” – gapirmoq, aytmoq so’zlaridan olingan bo’lib,ommaning muayyan voqea-hodisalar, voqelik haqidagi lo’nda xulosalarini ifodalaydi. Ularda fikr aniq, muayyan mantiqiy izchillikda, ba‘zan to’g’ri, ba‘zan ko’chma ma‘noda ifodalanadi. Maqollardagi berilgan fikrlar faqatgina bitta shaxsga tegishli emas, balki keng xalq ommasiga qaratilgan. Maqollar ixcham, lekin mazmuni bir olam. Maqollarda xalqning orzu-umidlari, ma’naviy-axloqiy qarashlari, muhabbat va nafrat,
tarbiyaning barcha qirralari ifodalanadi. Shuning uchun ham bola tarbiyasida, xususan axloq- odobiga ijobiy ta’sir etadi.
Odob – kishining zebu ziynati
Odob – oltindan qimmat
Bola aziz - odobi undan aziz.
Odob bozorda sotilmas.
Odobni beodobdan o’rgan.
So’z kishining o’zagi, Odob kishining bezagi.
Yaxshi boladan rahmat, Yomon boladan la’nat.
Buzishga o’rganma, tuzishga o’rgan.
Yaxshi bola nom keltirar, Yomon bola g’am keltirar.
Onangga boshingni xam qil, Otangni gapini bosh qil.
Odobli kelinning supurgisi xashak ostida turar.
Yaxshi xulq – kishining husni.
Ho’l yog’ochni egmagin, Tegmaganga tegmagin.
Boshingga qilich kelsa ham, to’g’ri so’zla.
Rohatini ko’rgan azobiga chidaydi.
Otasi siylamaganni bolasi siylamas.
O’z aybingni ochsang, Ellning mehri qochar.
Folklor materiali bo’lgan maqollarda bolalarni barkamol qilib tarbiyalashning usul va vositalari uyg’unlashadi. Maqollarda pand-nasihat, eslatish, rag’batlantirish, ogohlantirish kabi metodlardan foydalaniladi.
Mexnat tarbiyasida ota-bobolar qullagan ibratli usullar ularning boy tajribasi xozirgi davrda
xam maktablarda qo’llanib, ijodiy rivojlantirmoqda. Chunki mehnat – insoniyat xayotining, uning o’sib, kamol topishi va nafosatli bo’lishi, moddiy va ma’naviy boyligining asosiy manbaidir. Inson mehnatining asosiy xususiyatlaridan biri, uning fikr yuritish, ijod qilishga moyil va qodirligidir. Inson buyum – narsa yaratar ekan, u avvalam bor o’zining moddiy va ma’naviy extiyojni qondirishni o’ylaydi, shu bilan birga yaratgan narsasining tashqi ko’rinishi va go’zalligi bilan boshqalar diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etadigan bo’lishi haqida fikr yuritadi.6
Mexnat jarayonida bolalarning nafosat xaqidagi tushunchalarini did va qarashlarini rivojlantirish tarbiyaviy ishning muhim tomoni xisoblanadi.
Go’zal didli inson yaxshi fazilatlar egasi – insonparvar , mehnatsevar davrning ilg’or g’oyalarini chuqur o’zlashtiruvchi , shu g’oyalani o’zlashtiruvchi shu g’oyalarni rivojiga o’z xissasini qo’shishga intiluvchi bo’lib yetishadi.Mehnat faqat insonning kamol topishi uchungina emas , balki xatto ergashgan insoniylik xislatlarini mazkur darajada saqlab turishi uchun xam zaruriy shartdir. Inson mexnat qilmay turib ilgari bora olmaydi, mexnat qilmasa erishgan darajasini saqlab qola olmaydi u orqaga ketishga majbur bo’ladi . Insonning qalbi va tanasi mehnat qilishni talab qiladi. Agar inson Biron –bir sababga ko’ra turmushda shaxsan mehnat qilmasa u xolda inson chinakam turmush yo’lini yoqotadi va turmushdan cheksiz norozi buladi xamma narsadan kungli sovib xech narsani yoqtirmaydi, xamisha zerikib xunob bulib yuradi ikkinchidan unday odam uz xoxishi bilan o’zi ham sezmagan xolda o’zini-o’zi nobud qilib boradi va tez orada yosh bolalarga xos injiq va qaysar bo’lib qoladi. Bu xar ikkala yo’l xam insonni tiriklayin murdaga aylantiradi nimaga desangiz, shaxsiy mexnat erkin mehnat- ana shuning o’zi xayotdir .
Mehnatning go’zallik xususiyati – inson xissiyotiga, xissiyoti orqali ongi va xulqiga ta’sir etishdir. Mehnatning go’zallik xususiyati esa mehnat jarayoni go’zalligi, mehnat sharoiti go’zalligi, mehnat natijalari va ishlab chiqarish bilan band bo’lgan inson go’zalligi tashkil etadi. Ta’limda ana shu masalalarga, ya’ni mexnat jarayonining, sharoitning va mexnat natijalarining go’zallik jixatdan maqsadga maqsadga muvofiq bulishiga e’tibor beriladi. SHundagina tarbiya bolani turmush mexnatiga tayyorlaydi, unda mexnatni odat qilib olish va mexnatni sevish kabi xislatlani ustiradi, unga turmushda uziga munosib o’zi istagan mexnatni aniqlab olish imkonini beradi.
Aqliy mexnat tafakkur mushoxada dunyoni bilish bilimlarni egallash ular asosida uz dunyoqarashi va e’tiqodini shakllantirib borishdir. Bu – mexnatning xaqiqattan xam mexnatga aylanishi uchun u aniq maqsadga go’zalligini yoritish orqali bolalarda mexnatni sevish xissini tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilgan bulishi kerak.
Yoshlarga mexnat nafosati – go’zalligini kursatish ,mexnatda insonning usishi , aqliy axloqiy va jismoniy tomondan kamol topishini insondagi go’zallikni oshirishda utmish mumtoz adabiyot va XX asr adabiyoti asarlaridagi inson mexnati badiiy chuzilgan obrazlarni masalan Alisher Navoiyning “Farxod va SHirin” dostonidagi Farxod Oybekning Qutlug’ qon romanidagi Yulchi misol qilib olish mumkin .
Mexnat tarbiyasida ishning ma’lum bir tartibda bulishiga xam axamiyat beriladi.bola ishni bir tartibda bajarishi Bilan uz xarakatini boshqalar xarakati bilan moslashtiradi natijada jamoa bajarayotgan ishda xam uyg’unlik yuzaga keladi. Mexnat qilayotgan bola xarakatidagi tartib jismoniy kuchi Bilan mos bulishi unda go’zallikka qiziqishini oshiradi , unga go’zallik baxsh etadi .
Mexnatning ma’lum bir tatibda bulishi bolada axloqiy xis tuyg’uni xam ustiradi , uning jismoniy baquvvat bulishini ta’minlaydi . bu masalaga utmishda jamoa axli xam, otalar xam axamiyat berib mexnatning moxiyati, go’zalligi Bilan birga , mexnatda faqat tartib emas balki xarakat turlicha bulishi mexnat qilishda sur’at ifodalilik xam bulishi zarurligini bolalarga tushuntiradilar. Ular mexnat qilish jarayonida paydo buladigan guzal xissiyotning inson xayotida eng ma’naviy extiyoj ekanligini bolalarning anglab olishlariga aloxida axamiyat berganlar .
Xar bir millat, jumladan, o’zbek xalqi xam xayotga qaysi soxada bulmasin , uz ezgu niyatlari, orzulariga ijodiy mexnat tufayli erishgan. Toshkent shaxridagi Alisher Navoiy nomidagi Opera va balet teatri binosi xam o’zbek xalqining ijodiy mexnati bilan barpo etilgan muxtasham yodgorlik , me’morchilik xunari- san’tining guzal namunasidir.
Maktabda mexnat tarbiyasining samarali bulishi kup jixatdan uqituvchining mexnatda namuna bulishiga bog’liqdir .Yuksak did Bilan u ishlagan xar bir buyum va asbob o’quvchilarda shunday narsalarni ishlashga qiziqish uyg’otadi mexnat faoliyatini oshiradi ular ishlagan narsa va buyumlarning chiroyli, jozibali bulishi uchun xarakat qiladilar .
O’quvchilarning mustaqillikni fikrlashni ijodkorlikni talab etuvchi mexnatni sezadilar. Bu xususiyat ularga ,umuman yoshlarga xosdir. Uz kuchlarining kurgazmali , mustaqil tarzda namoyon bulayotganini xis etgan , kurgan taqdirdagina o’quvchilar qiziqish bilan mexnat qiladilar . Uqituvchi o’quvchi mexnatni shu zaylda tashkil etish orqali ularda ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi ularni turmushga tayyorlaydi
Mexnat ijod namunasi darajasiga kutarilishi Bilan jozibadorlik kasb etadi , kishilarni uziga maftun etadi. O’quvchilarda ana shunday xususiyatga yega bulgan ijodkorlikni shakllantirish va rivojlantirishda uqituvchining namunali ishlari xamisha birinchi urinda turadi. U ana shu namunali ishlariga kura , o’quvchilar ma’naviy dunyosining me’mori ularni nafosat olamiga olib kiruvchi murabbiy xisoblanadi .
O’zbek xalqi asrlar davomida inson axloqiy guzal bulishini orzu qilgan tabiat go’zalligini qadrlagan tabiat mexnatni – go’zallik manbai deb bilgan .uning go’zallik xaqidagi qarashlari u yaratgan Ona yerning tuprog’i – ona sutidan aziz Ona yurting oltin beshiging Qishning baxri kuzga baraka Yerga mexr elga mexr Yigit xusni – mexnatda Daraxt yaprog’i bilan kurkam odam mexnati bilan Go’zallik ilmu ma’rifatda kabi maqollarda uzifodasini topgan shuningdek qushiq ertak doston va musiqalarda aks etgan . SHu zaylda u go’zallik ijodkori bulgan .
Xalqning oilaviy xayot, inson go’zalligi xaqidagi ideallarii go’zallikni anglatuvchi
tushunchalar – guzal, latif, zilol, gulyuz, gulchaman , barno ,zebo ,oqil , zuxro, lochin ,suzlarda xam ifodalagan .
Xalq ayollar xusnini pardozda emas aqlida kurib ularning go’zalligini ulug’lagan BU xaqdagi tafakkuri u yaratgan obrazlar tasvirida qullangan asalbonu, gulmexri ,gulbegim , butakuz , iffatoy , nazokatoy , ra’no sarvinoz kabi so’zlardan namoyondir
Xalqning erlar go’zalligi xususidagi ideallarini ularning obrazini chizishda foydalangan jamol, jasur, moxir, sarvar, temir, ulug’, chulpon, sharaf , ulmas, ug’lon , eldor shuxrat kabi suzlarda kurish mumkin .
Xalq go’zalligining aksi bulgan inson va umuman jamiyat uchun dog’ zararli illatlarni yomon yaramas ochkuz xudbin ishyoqmas ig’vo surbet kabi tushunchalarda qoralagan .
Xalq bolalarda go’zallikka xavas tuyg’usini tarbiyalashda ularni mustaqil xayot kechirishga tayyorlashni , yoshligidan tabiat , mexnat , axloq, odob go’zalligini egallagan shaxs qilib yetishtirishni uz oldiga asosiy vazifa qilib qo’ygan .
Xalq inson go’zalligini uyaratgan buyumlarda xam namoyon bulishini kurgan , bilqi lgan va bolalardan xam mexnat qilib guzal buyum yaratishni talab qilgan .
O’zbek xalqi mexnat go’zalligini o’g’il va qizlar yaratgan duppi telpak zirak palak zebigardon marjon choyshab chopon etik kavish maxsi mis va sopol idishlar umuman qul xunarida ruzg’or buyumlarida ayollar taqinchoqlarida kurgan .
Ulug’ mutafakkir olim Abu Ali ibn Sino: “ Xayo insonning abadiy go’zalligi va latofatidir. Xayosiz yuz jonsiz jasadga uxshaydi»- deydi .
Ota – bobolar bolalarni guzal xulqli axlu muxabbatda sodiq sharmu xayoli sabru qanoatli shirin suz va tavozeli qilib tarbiyalashga xarakat qilganlar. Ular xulq atvori bilan xalq qoshida marg’ub va maxbub bulgan odamning uziga yordam berganlarni xech vaqt unutmasligiga ishonganlar
Ota - bobolar bolalarda go’zallikka xavas tuyg’usini ustirishda ularning axloqiy go’zallik bilan birga tashqi go’zallikka – til dustlik kiyinish yuz uz taom yeyish choy ichish ziyorat uyqu koʻpchilik oʻrtasida oʻzini tuta bilish odoblarini egallashga xam axamiyat berganlar.ular o’g’il va qizlariga katta yoshli odamlar uzaro gaplashib turganda ularning suzlariga aralashmaslikni komil aqlli tug’ri fikrli va yaxshi xulqli bulganlar bilan dustlashishini boshqalarning shodlik va qayg’uli kunlarida tayanch xamrox bulishini tushintirganlar .
Kattalarning turli mavzularda utkazgan suxbatlari va guzal xulq atvorlari bilan namuna bulishlari bolalarning go’zallikni chuqur tasavvur etishlarida muxim axamiyatga ega .
Tabiat go’zallik timsolidir. Tabiat badiiy so’z va tasvir san’ati namoyandalari uchun ilxom
manbaidir.Ona tabiat go’zalligi xalq uchun uziga xos ilxom manbai bulgan va xozir xam shunday . SHu tufayli xam xalq yaratgan badiiy ijodda u uz aksini topgan, Yil fasllariga xos chiroy, xususiyat guzal tariflangan. Buni mashxur olim Maxmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit turk” asarida berilgan misollarda koʻrish mumkin .
Baxor shunday ta’riflanadi: “Yashin yashnadi, bulut qoʻzg’alib, xayajonga tushdi. Ayg’ir va biyalar baxor kelgandan zavqlanib, shodlik bilan kishnashadi va yayrashib olishadi…”
“Baxor tongi yorishdi, muzlar erib sel suvlari kabi qattiq oqa boshladi. Yorug’ tong yulduzi xam nur sochib chiqdi”.
Yoz quyidagicha ta’riflanadi :“ Turli tuman chechaklar tizildi ,g’unchasidan ,kurtagidan yozilib kurindi. Ular yer ustida uzoq yotib ezilgan edi, yerdan bosh kutarib bir biridan ayrilishayotir”.
O’tmishda ota ,bobolarimiz yosh avlodni tabiat bilin tanishtirishga, ularda tabiat go’zalligiga xavas tuyg’usini tarbiyalashga aloxida e’tibor berib , tabiat xodisalarni , quyosh , oy, yulduzlar xaqida ijod etilgan afsonalarni aytib berganlar , shu yullar Bilan ular bolalarda tabiat , tabiiy xodisalar xaqida tasavvur qilganlar , tabiat go’zalligiga xavas , uni e’zozlash, go’zallik yaratish tuyg’usini kamol toptirganlar.
Xayotda go’zallik yaratish kup narsani bilish, tabiatni , uning go’zalligini, tabiatga go’zallik baxsh etayotgan odamlarning maxorat va qudratini chuqur xis etish kerak .


Download 290 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling