Tarbiyaviy ishlar jarayonida xalq ogzaki ijodidan foydalanish


Xalq og’zaki ijodi janrlarida mehnat tarbiyasining targʼib etilishi


Download 290 Kb.
bet5/8
Sana20.06.2023
Hajmi290 Kb.
#1628309
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar jarayonida xalq ogzaki ijodidan foydalanish

4. Xalq og’zaki ijodi janrlarida mehnat tarbiyasining targʼib etilishi.


Mehr - oqibat, komil inson shakllantirishda mehnat tarbiyasining oʼrni juda kattadir. Mehnat inson hayoti uchun, uning faravon turmush kechirishi uchun hamisha asos boʼlib kelgan va shunday boʼlib qoladi. Mehnat faravon va baxtli hayot kechirishning eng asosiy shartli boʼlganligi sababli hamma fidokorlar uchun majburiydir. Mehnat odamlarning biror maqsad uchun sarflanadigan vaqti, aqliy va jismoniy kuchi yoki jasur faoliyatidir. Mehnat inson hayotining sir mazmun qiladi va boyitadi. Odamlar mehnat qilish jarayonida sogʼliqlarini mustahkamlaydilar, oʻz kelajaklarini yaratadilar.
Oʼzbek xalqining ogʼzaki ijodi maʼnaviy madaniyat shakllarini va rivojlanishi qonunlar asosida shakllanib va rivojlanib, xalqning tarixiy rivojlanishi qonunlar asosida shakllanib va rivojlanib, xalqning tarixiy rivojlanishi, ijtimoiy va sinfiy munosabatlari, milliy psixologiya va harakteri oʼziga xosligi bilan, boshqa mamlakatlar bilan madaniy aloqalari bilan belgilangan oʻzining xususiyatlariga ega. Shuning uchun oʼzbek xalq ogʼzaki ijodida samimiyatni tarixiy rivojlanishini, undagi sinfiy va ijtimoiy munosabatlarini toʼgʼri ochib berishga, dunyo qarashni rivojlantirish darajasini bilishga koʼmaklashadigan holatlar bilan bir qatorda ilgʼor gʼoyalarni yosh avlodni anʼanalarida tarbiyalashda foydalanish uchun katta imkoniyatlar mavjud.
Xalq eposi asoslari hunarmandlar mehnatini kuyladi, ular hayoti haqida, hunarmandchilik mohiyati tushuncha beradi. Buyuk xalqimiz, otalar va bobolarning oʼzaro bir - biriga hurmatini qadrlaydi. Shuning uchun ham xalq og‟zaki ijodining barcha asoslarini pedagogik bo‟lib, bolalarni kattalarga xususan ota - onalarga hurmatda tarbiyalash, ularda yuksak axloqiy sifatlarni shakllantirish fikri xizmat qiladi. Masalan: “Zumrad va Qimmat” ertagi bolalarni oiladagi mehnatga odatlantirishga qaratilgan. Maqol va matallarda mehnatkash xalqi oʼylari, axloqiy normalari va mehnat muammolari aks etgan. Avloddan avlodga oʼtib ular aniqlanib, qoʼshilib asta sekin qisqa, ammo oʼtkir va aqlli qoidalarga aylangan.
Xalq maqollarida yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash bilan kasb - hunar egallashga daʼvat ham asosiy oʼrinni egallaydi. "Hunar oʼrgatish uchun ham hunar kerak," "hunar yoshdan, - aql boshdan," kasbi yaxshining asabi yaxshi." "Qunt bilan oʼrgan hunar, hunardan rizqing unar." "Yigit kishi er boʼlur," "mehnat qilsa sher boʼlur” kabi mazmunli maqollardan xalqimiz bolalarni tarbiyalash vositasi sifatida foydalanadilar. Mehnatkash xalq ijod qilgan maqollar mehnatni, oʼzaro yordam va hamjihatlikni ulugʼlaydi. “Daryo suvini bahor toshirar, Odam dardini mehnat oshirar”. “Oltin o‟tda bilinar, Odam - mehnatda”. “Qunt bilan oʼrgan hunar, Hunardan rizqing unar". "Hunari yoʼq kishining, Mazasi yoʼq ishining". Faqat yaxshi mehnat qilib, inson maqsadga erishishni va baxtli boʼlish mumkin. Bu fikrni xalq bolalarga ibtidoiy jamoada, soʼng feodal va boshqa davrlarda ham singdirgan.
Bizning fikrimizcha, kasb - hunarga qiziqtirishda mehnat anʼanalarini qoʼlash pedagogik - psixologik yondashuvga quyidagi sifatlar kiradi:
-mutafakkirlar merosidan foydalanib oʼquvchilarda oila manfaati uchun mehnat qilishga qiziqishini shakllantirish:
-mehnat qilish ehtiyoji va qobiliyatini rivojlantirish:
-turgʼun iroda sifatlarini tarbiyalash;
-mahalla, jamoatchilik tarbiyasini tarkib toptirish;
-oilada mehnat, kasb - kor, hunar madaniyati haqida tushunchalarni shakllantrish:
Xalq – insoniyatning oliy axloqiy boyliklarini, jumladan eng qimmatli anʼanalarini ijodkoridir. Xalq oʻz anʼanalarini oʼzining mustaqilligi uchun matonatli kurashda ijod qilgan, ularni mehnatda, chet el bosqichlari bilan kurashda chiniqtirgan. Anʼanalarning ijtimoiy, siyosiy, ma‟naviy mazmuni keskin sinfiy tortushuvlar davrlarida ayniqsa yaqqol yuzaga chiqqan. Ommaviy xalq harakatlari davrida insonlar katta ijtimoiy ehtiyojlar bilan yashaganlar, kelajak uchun kurashadilar va shu davrda yuksak anʼanalar shakllanadi.
Taraqqiyot jarayonida milliy harakter xislatlari va insonlar ruhiy tizimini xususiyatlari bilan bir qatorda yangi ijtimoiy munosabatlar natijasida hosil bo‟lgan va barcha millatlarni yuksak anʼanalarni mujassamlashtirgan maʼnaviy qiyofaning umumiy hujjatlari shakllanadi va rivojlanadi. Anʼanalarga faqat shunday tarixiy yondashish ular rivojlanishning murakkab dialektikasini ochib berish mumkin, anʼanalar tarixida qaysinisi esa ixtiyoriy davr uchun xos boʼlgan insonlar ijtimoiy ehtiyoji bilan birga vujudga kelganligini aniqlash mumkin. Tarbiya inson jamiyati bilan birga mehnat va maʼnaviy tarbiya sifatida paydo boʼlgan. Ijtimoiy - meʼyoriy tajribani mustahkamlash va uzatishning eng qadimgi shakli odat bo‟lgani tufayli jamoada ham "umumiy aloqa, jamiyatni oʼz, intizom, mehnat tartibi odat, anʼana kuchi tufayli ishlangan”.
Axloqni hamda axloqiy tarbiyani tiklashi va rivojlanishi birinchi navbatda turli anʼana va odatlar shakllanishi va rivojlanishi bogʼliqdir. Mehnat an'analari insonlarni mehnat malakalari va mehnat jarayoni koʼp marta qaytarish natijasida shakllangan va odatda aylangan insonlarni oʼziga xos axloqiy, psixologik sifatlarini yigʼindisidir.
Xalqning mehnat an‟analari mehnat doirasida axloqiy munosabatlarini amalga oshirish mustahkam oʼrnatilgan uslublarining mustaqil sohasini hosil qiladilar. Mehnat anʼanalarining maʼnaviy mazmunini hosil qiladigan gʼoyalar, xis-tuygʼular, tuzilmalar toʼplashi quyidagi elementlarni oʼz ichiga oladi.
1. Xalq avloddan yuqori baholangan mehnatkashlarning sifatlari.
2. Xalqqa taaluqli elementlar boshqa insonlarning mehnat yutuqlaridan quvonib, mehnatga hayot mazmuni sifatida qarash lozim.
Ota - bobolarimiz asrlar davomida mehnatni ulugʼlab kelishgan, oʼzlari sidqidildan qilishgan.
Bizga ulardan meros boʼlib qolgan barcha xazinalar ilmiy - badiiy kitoblar, turli xildagi sanʼat asarlari meʼmorchilik obidalari va boshqa narsalar ana shu mehnatning mavjuddir. Jahon fanining rivojiga bebaho hissa qoʼshgan al-Xorazmiy, ibn Sino, Buxoriy, Mirzo Ulugʼbek, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur singari bobokalonlarimiz mehnatsevarliklari tufayli ulkan yutuqlarni qoʼlga kiritgan va yoshlarni ham mehnatni sevishga, mehnatsevar boʼlishga chaqirishgan. Mehnat hayot chirogʼiga yoʼq qoʼyib turadi.Mehnat bilan charxlanib turmagan kuch susayadi. Ishlamaslik har doim lanjlikni keltirib chiqaradi, lanjlikdan keyin esa nogironlik keladi. Mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirishning asosiy omili hisoblanadi. Shuning uchun bolalarni juda kichik yoshdan boshlab mehnatga oʼrgatish zarur. Sharq madaniyatining buyuk namoyondasi Mirzo Ulugʼbek ham yosh avlodga tabiat va uni muhofaza qilish, tabiat yaratgan neʼmatlarni tejab - tergab tasarruf toʼgʼrisidagi bilimlar berish kerakligini taʼkidlagan.
Yoshlar bilimlarni ongli ravishda oʼzlashtirishlari, oʼz fikr - mulohazalarining toʼgʼriligiga bevosita kuzatuv orqali ishonch xosil qilishlari muhim ahamiyatga ega ekanligini koʼrsatib oʼtgan. Umuman maʼrifatparvarlar yoshlarning mehnat taʼlimi va tarbiyasi masalalariga aloxida eʼtibor berib turli asoslarida yoshlardagi qiziquvchanlik, tejamkorlik, do‟stlik va odamiylik kabi olijanob fazilatlar mehnat orqali vujudga gʼoyat taʼsirchan shakllarda ifodalanganlar, ular yoshlarni kasb - hunar oʼrgatishga, har kim oʼzi qiziqqan va oʼziga munosib faoliyat bilan shugʼullanishiga daʼvat etganlar. Mehnatkash odam kuch vaqt birovga qaram boʼlib qolmaydi degan fikrni ilgari surganlar.
Yoshlar mehnatsevar bo‟lib tarbiyalanish bilan bir vaqtda inson qoʼli bilan yaratilgan narsalarni qadrlashga, ardoqlashga va uni uvol qilmaslikka chaqirilgan. Uvolning oqibati gunoh boʼlishi ajoyib oʼgitlarda, xalq ogʼzaki ijodida ham keng oʼrin olgan.
Mehnat faqat hayotiy zarurat va moddiy farovonlik manbai boʼlib qolmay yoshlarda yaxshi xulq va maʼnaviy sifatlarni vujudga keltiradi. Loqaydlik va beparvolik kabi illatlarni bartaraf etib, kishida quvonch va mamnunlik xislarini paydo qiladi. Mehnat kishining va kishilik jamiyatning eng zarur yashash shartidir. Inson nima bilan faxrlansa va u nima bilan eʼzozlansa, ularning hammasi mehnatning natijasidir. Mehnat barcha boyliklarning manbai bo‟lishi bilan birga, u inson hayotining oʼzini mazmuni hamdir. Buning boisi shundaki, insonning oʼzini inson sifatida shakllantirgan ham insonning qudrati nimalarga qodir ekanligini namoyon qilgan ham ana shu mehnatdir.
Mehnat tarbiyaning vazifalari koʼp qirralidir. U oʼquvchilarning mehnat faoliyatiga amaliy va ahloqiy tayyorgarligining juda koʼp tomonlarini qamrab oladi. Mehnat tarbiyasining eng muhim vafasi yosh avlodda mehnat qilish istagi va intilishini tarkib toptirishi hamda ularni mustaqil davlatning turli sohalarida mehnat qilishga amaliy tayyorlashdan iborat boʼlib, oʼquvchi yoshlarda mehnatga ongli va mustaqil munosabatni shakllantiradi. Bu muhim masalani hal etish oʼquvchilarda mehnatga muhabbat va mehnat aqlga nisbatan chuqur hurmat kuchlarini tarbiyalashni, jamiyat foydasi uchun sidqidildan va samarali mehnat qilish mehnatda tashabbus koʼrsatish va unga nisbatan ijodiy munosabatda bo‟lish umum ishi uchun jonbozlik va maʼsuliyat hissi kabi yuksak axloqiy fazilatlarni tarkib toptirishni boyishni talab etadi. Mehnatga mustaqil munosabat bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarda quyidagi vazifalarni bajarish orqali aalga oshiriladi. Oʼquvchilarni mehnatga psixologik va amaliy tayyorlash, kollektivda mehnat koʼnikmalarini tarbiyalash oʼquvchilarda fan, madaniyat va texnikaga qiziqish uygʼotish va qobiliyatini rivojlantirish.
Oʼquvchilarni mehnatda tarbiyalash dastlab oilalarda, maktabda - oʼquv - tarbiya ishining butun sistemasida, ishlab chiqarish kollektivlari mehnatida ishtirok etishlari orqali amalga oshiriladi.
Mehnat faoliyati davomida oʼquvchilarning mehnat va uning mohiyati haqidagi bilimlari kengayib boradi. Mehnatda ishtirok etishlari orqali mehnat qilish tajribalarining ortib borishi bilan oʼquvchilarning mehnat qobiliyatlari ham rivojlanib boradi.
Bolalarning oʼquv mehnati, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda faol qatnashishlari, maktabda oʼz-oʼziga hizmat qilishning keng yoʼlga qoʼyishni, ijtimoiy - foydali va unumli mehnatda qatnashishlari mehnat tarbiyasi vazifasini ham qilib borishda yordam beradi. Oʼquvchilar mehnat tarbiyasi jamoalari xilma - xildir. Taʼlim jarayonida mehnat tarbiyasi, sinfdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ishlar jarayonida mehnat, oʼz - oʼziga xizmat qilish boʼyicha mehnat, ijtimoiy foydali mehnat va unumli mehnat normalari tarbiyaviy taʼlim va adabiyoti bilan ajralib turadi.


Download 290 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling