Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari


o’rta ta’lim maktabi ___-“ ” sinf rahbari ______________________ning haftalik ish rejasi


Download 1.68 Mb.
bet35/55
Sana03.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1744189
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari (1)

_____ o’rta ta’lim maktabi ___-“ ” sinf rahbari ______________________ning haftalik ish rejasi





Bajariladigan ishlar mazmuni

Bajarish muddati

Bajarish uchun ma’sul

D u sh a n b a

1

O’quvchilarni kiyinish madaniyati, davomatini nazorat qilish

Soat 800 dan 830gacha

Sinf rahbari

2

Dars tahlil qilish, fan o’qituvchilari bilan hamkorlik

Soat 1000 dan 1130gacha

Sinf rahbari

3

Sinfda “O’rgan – o’rgat” dasturi ijrosini tashkil qilish, iqtidorli va past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlash

Soat 1300 dan 1330gacha

Sinf rahbari

4

Dushanba – “Siyosiy va iqtisodiy bilimlar kuni” munosabati bilan soha mutaxasislari ishtirokida “O’zbekistonning siyosiy maydondagi o’rni” mavzusida davra suhbati o’tkazish

Soat 1300 dan 1330gacha

Sinf rahbari

5

Dars qoldirgan o’quvchilar va ularning ota – onasi bilan ishlash

Soat 1400 dan 1530gacha

Sinf rahbari

S e sh a n b a

1

O’quvchilarni kiyinish madaniyati, davomatini nazorat qilish

Soat 800 dan 830gacha

Sinf rahbari

2

Dars tahlil qilish, fan o’qituvchilari bilan hamkorlik

Soat 1000 dan 1130gacha

Sinf rahbari

3

Seshanba – “Sport va sog’lomlashtirish kuni” munosabati bilan ommaviy sport musobaqalari tashkil etish va o’quvchilarni sport to’garaklarida ishtirok etishlarini o’rganish

Soat 1200 dan 1230gacha

Sinf rahbari

4

O’quvchilarning kundalik daftarlarini yuritilishi va darsliklarning saqlanishini nazorat qilish

Soat 1300 dan 1330gacha

Sinf rahbari

5

Dars qoldirgan o’quvchilar va ularning ota – onasi bilan ishlash

Soat 1400 dan 1530gacha




CH o r sh a n b a

1

O’quvchilarni kiyinish madaniyati, davomatini nazorat qilish

Soat 800 dan 830gacha

Sinf rahbari

2

Tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan ishlash, bunda o’quvchilarga tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan turli qisqa metrajli filmlar namoyishini tanishtirish

Soat 1200 dan 1230gacha

Sinf rahbari

3

CHorshanba – “Huquqiy savodxonlikni oshirish kuni” munosabati bilan “Bola huquqlarini Konventsiyasi” asosida sinf o’quvchilari o’rtasida davra suhbatlari o’rganish

Soat 1300 dan 1330gacha

Sinf rahbari

4

Dars qoldirgan o’quvchilar va ularning ota – onasi bilan ishlash

Soat 1400 dan 1530gacha

Sinf rahbari

P a y sh a n b a

1

O’quvchilarni kiyinish madaniyati, davomatini nazorat qilish

Soat 800 dan 830gacha

Sinf rahbari

2

Dars tahlil qilish, fan o’qituvchilari bilan hamkorlik

Soat 1000 dan 1130gacha

Sinf rahbari

3

Payshanba – “Ota-onalar kuni ” munosabati bilan sinf o’quvchilari ota – onalari bilan “Farzand tarbiyasi uchun hammamiz birdek ma’sulmiz” mavzusida suhbat, uchrashuvlar tashkil qilish, aloqa daftarlarining yuritilishini nazorat qilish

Soat 1300 dan 1330gacha

Sinf rahbari

4

Dars qoldirgan o’quvchilar va ularning ota – onasi bilan ishlash

Soat 1400 dan 1530gacha

Sinf rahbari

J u m a

1

O’quvchilarni kiyinish madaniyati, davomatini nazorat qilish

Soat 800 dan 830gacha

Sinf rahbari

2

Tarbiyaviy soat darsini tashkil qilish

Soat 830 dan 910gacha

Sinf rahbari

3

Juma – “Ma’naviyat kuni” munosabati bilan maktabda o’tkaziladigan ma’naviyat saboqlari mashg’ulotlarida she’riyatga a’loqador shaxslar haqida suhbatlar tashkil qilish

Soat 1300 dan 1330gacha

Sinf rahbari

4

Sport musobaqalari va ommaviy tadbirlarni tashkil qilish, ishtirok etish, o’quvchilarni turli to’garaklarga jalb qilish ishlarini tahlil qilish

Soat 1330 dan 1430gacha

Sinf rahbari

5

Dars qoldirgan o’quvchilar va ularning ota – onasi bilan ishlash

Soat 1430 dan 1530gacha

Sinf rahbari

SH a n b a




O’quvchilarni kiyinish madaniyati, davomatini nazorat qilish

Soat 800 dan 830gacha

Sinf rahbari




Bilimlar bellashuviga tayyorgarlik

Soat 830 dan 910gacha

Sinf rahbari




SHanba – “Ozodalik kuni” munosabati bilan maktabda shanbalik tashkil qilish

Soat 1300 dan 1330gacha

Sinf rahbari




2 – navbatda keladigan o’quvchilarni kiyinish madaniyati, davomatini nazorat qilish

Soat 1330 dan 1430gacha

Sinf rahbari




Dars qoldirgan o’quvchilar va ularning ota – onasi bilan ishlash

Soat 1430 dan 1530gacha

Sinf rahbari

Tuzuvchi MMIB direktor o’rinbosari : _______________




Nazorat uchun savollar.
1. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad nimalardan iborat?
2. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining oldiga qanday vazifalar qo’yilmoqda?
3. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining qanday yo’nalishlari mavjud?
4. Tarbiyaviy ishlarni to’g’ri yo’lga qo’yish uchun nimalarga ahamiyat qilish kerak?
5. Tarbiyaviy ishlarni uzluksiz olib borishdan maqsad nima?
6. Hozirgi kunda “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” faninig oldida qanday muammolar mavjud?
7. Bu muammolarni bartaraf etish uchun qanday chora – tadbirlarni qo’llash lozim deb o’ylaysiz?
8. Yoshlarni tarbiyalashda “Odobnoma” faning o’rni qanday deb o’ylaysiz?

8-MAVZU: SINF TARBIYAVIY SOATLARI HAQIDA TUSHUNCHA
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
1. Sinf tarbiyaviy soatlarining tarkibiy qismlari.
2. Sinf tarbiyaviy soatlarni tashkil etish, uyuushtirish va o‘tkazishning tartib va uslublari.
3. Sinf tarbiyaviy soati uchun joy tayyorlash va uning davom etish vaqti

Tayanch so’z va iboralar: sinf rahbari nizomi, tarbiyaviy soat, milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar





  1. Sinf tarbiyaviy soatlarining tarkibiy qismlari.

Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.
Shavkat Mirziyoyev

Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi. O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” gi 187-sonli Qarori e’lon qilindi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmunan qayta ko`rib chiqilib, kompetensiyaviy yondashuv asosida amalga oshirilishi bеlgilandi.


Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom” asosida tashkil etiladi.
Mazkur dastur va metodik qo’llanma yuqorida nomlari keltirilgan ta’limga oid huquqiy va me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga asoslangan.
Tarbiyaviy soat dasturning maqsadi — tarbiyaviy soatlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, zamon talablariga javob beruvchi, ma’naviy barkamol, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat.
Tarbiyaviy soat dasturining vazifalari:
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashdan iborat.
Bugungi kunda axborot oqimining tezligi natijasida hayotimizga ommaviy madaniyatni salbiy ta’sirlari ham sezilmoqda. Bu masalani o’quvchilarning ijtimoiy hayotlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Ba’zida ota-onalar tomonidan bolalarning beodobligi, o‘z fikrini og‘zaki yoki yozma tarzda aniq ifodalay olmasligi, mas’uliyatning yetishmasligi, atrofidagilar bilan kelisha olmasligi, o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘largni to‘g‘ri taqsimlay olmasligi haqidagi fikrlarni eshitib qolamiz. SHuning uchun ham dasturni ishlab chiqishda xaqlaro va milliy tajribaga asoslanilganligini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir.
“Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom”ga asosan“Sinf rahbari - Ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo`lib, o`ziga biriktirilgan sinf o`quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.”SHu nuqtai nazardan olib qaraganda bugungi kunda ta’lim muassasalari sinf rahbarlari faoliyatida quyidagilarga o‘xshash muammolar ko‘zga tashlanmoqda:
− Ayrim sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida o‘z oldilariga qo‘ygan maqsad va vazifalarining to‘g‘ri tashkil etilmaganligi;
− Tarbiyaviy soatlarning aniq o‘quv-mavzu reja asosida tashkil etilmayotganligi;
− Ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid qonunlar va qonunosti hujjatlarning ko‘pchiligidan o‘qituvchi va sinf rahbarlarining yetarli darajada xabardor emasligi;
− Ba’zi sinflardagi muhitning qoniqarli emasligi, ahil va mustahkam jamoaning shakllanmaganligi;
− Ayrim ta’lim muassasalarida davomatning pastligi, muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar mavjudligi;
− Ba’zi sinflardagi o‘quvchilarda kundalik daftarlarining mavjud emasligi, borlarining ham sinf rahbari tomonidan nazorat qilinmaganligi;
− Ayrim o‘quvchilarning darslarga tayyorgarliksiz, hatto darsliklarsiz ishtirok etishlari;
− O‘quvchilar internet va mobil telefon qaramligining jismoniy va ruhiy xatarlari haqida yetarli tushunchalarga ega emasliklari;
− Voyaga yetmaganlar o‘rtasida turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolish, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining uchrayotganligi;
− O‘quvchi tarbiyasida muhim o‘rin tutadigan kompetensiyalarga erishilmaganligi;
− Ba’zi o‘qituvchi va tarbiyachilarimizda kasbiy kompetensiyalar yetishmasligi;
− Tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligining pastligi;
− Ota-onalar bilan samarali muloqotning yo‘lga qo‘yilmaganligi;
− Huquqbuzarlik, mobil telefon va internet qaramligi, narkomaniya, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishga qarshi kurash hamda oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilmaganligi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling