Tarbiyaviy ishlar
TASVIRIY SAN’ATNING TALIMIY- TARBIYAVIY AHAMIYATI
Download 36.31 Kb.
|
Davronova Muhlisa
1.TASVIRIY SAN’ATNING TALIMIY- TARBIYAVIY AHAMIYATI
Tasviriy san'at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo bo'ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go'zallik hissi ortdi, voqelikdagi go'zallik, qulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi. Sinfiy jamiyat vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o'zgarishlar sodir bo'ldi; aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqa boshladi. Bu esa fan va san'at rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Professional san'at va san'atkorlar shu davrda paydo bo'ldi. Tasviriy san'at esa o'ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, hukmron sinfning ideologiyasini targ'ib etuvchi kuchli g'oyaviy qurolga aylandi. Lekin shunga qaramay, omma orasidan yetishib chiqqan iste'dodli ijodkorlar mehnatkash xalq ommasining orzu-istaklarini, ularning go'zallik va xudbinlik, oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar. Xalqning turmushi, xulq va odatlari, yutuq va mag'lubiyatlari ularning asarlarida o'z ifodasini topdi. Har bir davrda mavjud bo'lgan ana shunday san'at hayot go'zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilishga da'vat etdi. Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy boyliklar bo'lib qolmay, balki o'zida inson aql-zakovati, hayot to'g'risidagi fikr-o'ylarini aks ettiruvchi ko'zgu hamdir. Jahon san'ati tarixini o'rgatish, uning taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o'tmish odamlarning his-tuyg'u, hayotiy tajribalarini o'rganish g'oyaviy-estetik qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu so'zsiz. kishilarda hayotiy tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondashishga yordam beradi. Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilar borliqni va san’atni estetik idrok qilish yo‘llarini o‘zlashtiradi. Bu fan orqali o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati, ko‘rish xotirasi, ijodiy tafakkuri, badiiy didi, estetik hissiyotlari rivojlanib boradi. Tasviriy san'at inson ongiga tezda ta'sir etib, unda ezgu hislar uyg'otadigan, ma'naviy olamni boyitadigan san'at turlaridan biridir. Shu bilan birga, tasviriy san'at inson shaxsining shakllanishi va kamolga yetishiga yordam beradigan tarbiyachi hamdir. Demakki tasviriy san’atning hayot faoliyatimizda nechog’lik muhim o’rin tutushini bilar ekanmiz avvalo tasviriy san’atni umumiy o’rta ta’lim maktablarimizda boshlang’ich sinflarda qanday tarzda o’tilayotganiga va fanni o’qitish metodikasiga ham katta ahamiyat qaratishimiz lozim. Xususan umumiy o‘rta ta'lim maktablarida boshlang’ich sinflarda «Tasviriy san’at» o‘quv fani o‘quvchilarda badiiy-estetik madaniyatni uyg‘un rivojlanishiga xizmat qiladi va shaxs uchun muhim bo‘lgan qator sifatlarni shakllantirish va rivojlantirishga yordam beradi. Bu esa o‘quvchilarning milliy merosni o‘zlashtirishlari uchun hamda umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqindan tanishishlari uchun ko‘maklashadi. Maktabda tasviriy san’atdan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar quyidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi: - o‘quvchilarda badiiy-ijodiy qobiliyatlarni o‘stirish; - o‘quvchilarni tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardagi go‘zalliklarni ko‘ra bilish va idrok etish, hamda kuzatish asosida olingan his-tuyg‘u va tushunchalarni hayotga tatbiq etishga o‘rgatish; - o‘quvchilarning tasviriy-ijodiy malakalarini shakllantirish; - bolalarda ko‘rish xotirasini, chamalash qobiliyatini, rang sezishni, kompozitsion madaniyatni, fazoviy fikrlash, obrazli tasavvur va kombinatsiyalash kabi xususiyatlarni rivojlantirish; - xalq amaliy san'ati, tasviriy san’at bilan tanishtirish orqali barcha bolalarni badiiy-estetik didini o‘stirish; - o‘quvchilarni tasviriy va amaliy bezak san’ati, me'morlik asoslari bilan tanishtira borib, ularda ushbu san’at turlarining o‘ziga xos xususiyatlarini idrok etishga o‘rgatish vositasida, ularni badiiy fikr doirasini kengaytirish; - o‘quvchilarda amaliy va tasviriy san’atga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash; - amaliy va tasviriy san’at, darslarida olingan bilim va malakalarni hayotda qo‘llay olishga o‘rgatish; - estetik va emotsional sezgirlikni o‘stirish. Tasviriy san’atdagi ta’limiy va tarbiyaviy jarayon o‘quvchilarda rasm chizish, me’morchilik ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birgalikda atrof-muhitdagi go‘zalliklarni estetik idrok etish, uni tasviriy vositalar asosida aks ettirish bo‘yicha ham nazariy bilim va malakalarni rivojlantiradi. Shuni aytib o‘tish lozimki, bu maqsadlarga to‘laqonli erishishda o‘qituvchining darsga yondashuvi va mahorati muhim o‘rin egallaydi. Chunki tasviriy faoliyat jarayonida shakllanadigan bilim, malaka va ko‘nikmalar asosan dars davomida amalga oshiriladi. “Borliqni idrok etish”, “San’atni idrok etish”, “Naturaga qarab tasvirlash” va “Kompozitsion faoliyat” yo‘nalishlari bo‘yicha mavzu mazmunini yoritib berish maqsadida o‘qituvchilar tasviriy san’at darslarini ko‘proq amaliy jihatdan tabiat qo‘ynida o‘tkazishlari, muzeylarga sayohat uyushtirishlari tavsiya etiladi. Bunda o‘quvchilarning ona tabiatga, jonajon o‘lkaga mehr-muhabbati oshadi, milliy qadriyatlarimizni, me’moriy yodgorlik va san’at durdonalarimizni asrab-avaylash hamda qadrlashni o‘rganadilar. Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilar borliqni va san’atni estetik idrok qilish yo‘llarini o‘zlashtiradi. Bu fan orqali o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati, ko‘rish xotirasi, ijodiy tafakkuri, badiiy didi, estetik hissiyotlari rivojlanib boradi. Tasviriy san’at o’quv fani umumiy o’rta ta’lim fanlari ichida ma’naviy sog’lom avlod tarbiyasi masalasini ijobiy hal etishda keng imkoniyatlarga ega. Tasviriy san’at darslarida san’at va san’atkor olami, san’atning ijtimoiy vazifasi va o’ziga xos xususiyati, uning tasviriy ifodaviy vositalarini o’rganib borish orqali o’quvchilar atrof muhit, tasviriy, amaliy san’at va me’morchilikdagi go’zalliklarni ko’ra bilish, qadrlash va muhofaza qilishni o’rganib boradilar. O’quv fanining bosh maqsadi o’quvchilarda estetik madaniyatni va badiiy tafakkurni yuksaltirish hamda tasviriy savodxonlikni tarbiyalashdan iboratdir. Estetik madaniyat san’at tarixi va undagi badiiy jarayonlarni to’g’ri tushuna bilish, o’z fikrini o’zgalarga gapirib berish, badiiy tafakkur tushuniladi. Tasviriy savodxonlik esa tasviriy san’atning barcha turlaridan (rang tasvir, grafika va haykaltaroshlik), shuningdek, amaliy san’at, dizayn va me’morchilikning o’ziga xos tasviriy usullaridan, ifodaviy vositalardan amaliy-ijodiy faoliyatda to’g’ri foydalana olishni nazarda tutiladi. Tasviriy san’at ta’limining vazifalari quyidagilardan iborat: — tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardagi go’zalliklarni ko’ra bilish va idrok etish hamda kuzatish asosida olingan taassurotlarni hayotga tatbiq etishga o’rgatish; — o’quvchilarda badiiy-ijodiy qobiliyatlarni o’stirish; — o’quvchilarning tasviriy-ijodiy malakalarini shakllantirish; — bolalarda ko’rish xotirasini, chamalash qobiliyatini, rang sezishni, kompozitsion madaniyatni, fazoviy fikrlash, obrazli tasavvur va kombinatsiyalash kabi xususiyatlarni rivojlantirish; — xalq amaliy san’ati, tasviriy san’at bilan tanishtirish orqali bolalarni badiiy-estetik didini o’stirish; — o’quvchilarni tasviriy va amaliy- bezak san’ati bilan tanishtira borib, ularda ushbu san’at turlarining o’ziga xos xususiyatlarini idrok etishga o’rgatish vositasida ularni badiiy fikr doirasini kengaytirish; — o’quvchilarda amaliy va tasviriy san’atga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash; — estetik va emotsional sezgirlikni o’stirish. Tasviriy san`atni o`qitishda o`qituvchining e`tibor berishi lozim bo`lgan asosiy jihatlar quyidagilardan iborat: 1. O`quvchilarni borliqdagi (tevarak atrofdagi) va san`at asarlaridagi nafosatni ko`rishda idrok etishga va undan zavqlanishga hamda qadrlashga o`rgatish. 2. Bolalarni ijodiy abstrkt mantiqiy fikrlashga ayniqsa ijodiy qobilyatlari va fantaziyalarini o`stirishga yo`naltirish. 3. Tasviriy amaliy me`morchilik san`atlari yuzasidan nazariy biroq umumiy elementlar bilimlar berish. 4. O`quvchilarda kuzatuvchanlik, ko`z xotirasi, chamalash, fazoviy tasavvur kabi shaxs uchun muhim bo`lgan sifatlarni o`stirish. 5. Rasm va mashq haykal ishlash yuzasidan tasviriy malakalarni o`stirish. 6. Estetik his hayajonni tarbiyalash va rivojlantirish. 7. San`atga qiziqishni o`stirish va muhabbatni tarbiyalash. Bu vazifalar maktabga tasviriy san`at darsini olib boruvchi har bir o`qituvchini mutaxasis bo`lishini ta`lab etadi. O'quvchilar tasviriy san'at faniga oid quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlari shart: - tasviriy san'atning kishilar hayotidagi ahamiyatini tasavvur qilish; - tasviriy, amaliy-bezak san'ati, me'morlik san'atida ishlatiladigan asosiy atama va tushunchalarni hamda ularning ma'nosini bilish; - miniatyura san'ati haqida umumiy ma'lumotga ega bo'lish; - tasviriy san'atning nazariy asoslarini bilish va ularga amaliy tasviriy faoliyatda rioya qila olish; - tasviriy san'at asarlarining ifodalilik vositalari (chiziq, siluet, rang, ritm, simmetriya, assimetriya, kompozitsiya)ni bilish va ularni amalda qo'llay olish; - tasviriy san'atning asosiy tur va janrlarini bilish; - o'zbek xalq amaliy bezak san'atining turlari va uning mashhur ustalari va ularning asarlarini bilish; - tasviriy san'atda ijod qiluvchi eng mashhur o'zbek va chet el rassomlarining hayoti va ijodini, ularning ayrim asarlarini bilish; - O'zbekiston va chet el mamlakatlarining eng mashhur me'morchilik obidalarini bilish; - 15-20 rang nomlarini bilish va ularni amaliy faoliyatda to'g'ri qo'llay olish; - tasviriy va amaliy san'at asarlarini badiiy idrok eta olish; - badiiy bezak ishlarini erkin bajara olish; - qush, hayvon, odamni asliga qarab rasmi va haykalini tasvirlay olish; - tasviriy faoliyatda turli material va uslublardan foydalana olish; - afsonaviy mavzularda rasm va haykallar ishlaganda ularni fantaziya asosida tasvirlay olish; - tasvirlar ishlaganda o'zbek san'atining milliy badiiy an'analarida maqsadga muvofiq foydalana olish; - tasviriy faoliyat jarayonida texnika xavfsizligi va gigiyena qoidalariga rioya qila olish. Download 36.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling