Tarbiyaviy ishlar
TASVIRIY SAN’AT XONASINI JIHOZLASH
Download 36.31 Kb.
|
Davronova Muhlisa
3. TASVIRIY SAN’AT XONASINI JIHOZLASH
Bizda texnika vositalarining yetarli miqdorda ishlab chiqarilmaganligi, qolaversa, ulardan foydalanishga oid o`zbek tilida aniq bir metodik qo`llanma va tavsiyalarning yo`qligi, ta`lim jarayoniga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Tasviriy san`at xonasida to`garak ishlari mashg`ulotlarini oddiy stol yoki partada olib borish mumkin emas. Shunga qaramasdan, ko`pchilik tasviriy san`at xonalarida bunday jihozlar yo`q. Tasviriy san`at darslari molbert, planshet va tagliklar, yorug`lantiruvchi asboblar, safit, shkaf va boshqa shu kabi o`quv jihozlari bo`lishini talab etadi. Xonada ish joyini shunday tashkil etish kerakki, darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil ravishda rasm ishlash maqsadida xonaga kirgan har bir o`quvchi, u yerda o`zi uchun tegishli sharoitni his etsin. Yuqorida ta`kidlab aytganimizdek, tasviriy san`at xonasida darsdan tashqari ishlar katta o`rinni egallaydi. Bular tanlov va ko`rgazmalar, ma`ruza va suhbatlar, san`at haftaliklari va kechalar, uchrashuv va olimpiadalar o`tkazish, devoriy gazetalar chiqarish, albomlar tayyorlash, markalar yig`ish va boshqalardir. Bu ishlar xonada muntazam ravishda o`tkazilib turgan taqdirdagina samarali natijalarni kutish mumkin, xonani maktabda estetik tarbiya markaziga aylantirsa bo`ladi. Shunday ekan, tasviriy san`at xonalariga qanday talablar qo`yiladi, uning faoliyati qanday tashkil etiladi, degan savol tug`uladi. Xonani tashkil etish uchun avvalo, kengroq va oftob nuri tushmaydigan xona tanlanadi. Yuqorida qayd qilganimizdek, tasviriy san`at xonasini talablar darajasida jihozlash uchun kerak bo`ladigan o`quv qurollari va jihozlar etarli bo`lishiga erishish zarur. Masalan, texnika vositalari, natura uchun taglik, rasm chizish uchun maxsus molbert, loy va bo`yoqlar bilan ishlangan ishlarni quritish uchun etajerkalar, naturani yorug`lantiruvchi asboblar, suvni tez-tez tozalab turish uchun chelaklar shular jumlasidandir. Maxsus xona uchun joy tanlash yoki ajratish haqida gap borganda, natura va metodik fond uchun uning yonida kichik bir xona bo`lishiga e`tibor bermoq lozim. Shuningdek, xonada suv krani bo`lishi ham shart, chunki bolalar bo`yoq bilan ishlash darslarida ifloslangan suvni tez-tez tozalab turishlari kerak bo`ladi. Xonaning jihozlari haqida gap borganda shuni ham qayd qilish lozimki, derazalarga albatta oq pardalar tutilishi va ular derazaning butun yuzasini egallashi lozim. Pardalar sinf derazalaridan to`g`ri tushadigan quyosh yorug`ligini to`sadi. Bu esa chizish uchun qo`yilgan naturada yorug`-soyani ish davomida kechgacha bir xil saqlanishiga imkon beradi. Xonada texnika vositalarining bor-yo`qligidan qat`iy nazar, katta to`q rangdagi pardalarning (shtor) bo`lishi ham shart. U naturaga qarab rasm chizish mashg`ulotlarida juda zarur bo`ladi. Chunki, darsda naturaga yorug`lik faqat birgina manbadan tushishi talab etiladi. Yorug`lik ikki va undan ortiq manbadan tushgan taqdirda soyalar soni ham shuncha bo`ladi. Natijada birinchi manba yorug`ligiga qarashli soyani ikkinchi manba yorug`ligi yo`qotib, yorug`lantirib yuboradi va soyalar butunlay ko`rinmay qoladi. Naturaning o`ziga qarab rasm ishlashda iloji boricha uni tabiiy kunduzgi yorug`likda ishlash lozim. Kechki payt chizish lozim bo`lib qolgan taqdirda natura lyuminetsentli lampalar orqali yorug`lantiriladi. Oddiy lampochkalar orqali yorug`lantirilganda u natura ranglariga ta`sir ko`rsatib, ularni o`zgartirib yuboradi, ya`ni naturaning haqiqiy rangi buziladi. Naturaning o`ziga qarab rasm chizish mashg`ulotlarida sinfni normal yorug`lantirish imkoni bo`lmagan taqdirda (ayniqsa havo bulutli paytlar yoki kechqurun) naturani yorug`lantirish maqsadida maxsus yorug`lantiruvchi asboblardan foydalaniladi. U safit deb yuritiladi. Naturani to`g`ri yorug`lantirish orqali undagi yorug`, soya, yarimsoya, refleks, blik kabilar bolalarda aniq va ravshan ko`rinadi. Bunday yorug`lantiruvchi asboblar lampochka, yorug`lik qaytaruvchi va oyoqlardan tashkil topgan bo`lib, ularning oyog`ini yog`ochdan, shuningdek, metaldan oson tayyorlash mumkin. Bunday asboblarni usta yoki o`qituvchilarning o`zlari tayyorlaganlarida, uning lampochka o`rnatiladigan qismining rasmda ko`rsatilganidek vertikal va gorizontal bo`yicha bemalol harakat qiladigan bo`lishiga e`tibor berish lozim. Narsaning o`ziga qarab rasm chizish darslari uchun tagliklar kerak bo`ladi. Odatda ularning bir necha xillari ishlatiladi. Ko`p tarqalgan turlari bu oyoqli va devorga osiladiganlari hisoblanadi. U ikki gorizontal va vertikal holatdagi planshetlardan iborat bo`lib, ular o`zaro oshiq-moshiq bilan mahkamlanadilar. Bunday tagliklar, asosan doska oldiga natura qo`yish uchun mo`ljallanadi. Bunday tagliklarning gorizontal qismi naturani qo`yish, vertikal qismi esa fonga mo`ljallangan drapirovkalarga xizmat qiladi. Ma`lumki, naturani bir yerga qo`yish yetarli emas. Natura o`quvchining ufq chizig`idan pastga o`rnatilishi sababli hammaga bir xil ko`rinmaydi. Shuning uchun natura partalar orasiga ham qo`yiladi. Bunday sharoitda oyoqli tagliklarni ishlatish lozim bo`ladi. Oyoqli tagliklar polga qo`yish uchun mo`ljallab yasaladi. Yasalish jihatdan juda sodda bo`lgan oyoqli taglik oddiy taburetkaning oyog`ini 20-25 sm.ga uzaytirish va fon uchun vertikal planshetni uning ustki tomoniga mahkamlash orqali hosil qilinadi. Bunday tagliklardan faqat partalararo natura qo`yishda foydalaniladi. Darslar maxsus xonada o`tkazilmaydigan maktablarda bunday tagliklardan foydalanib bo`lmaydi. Ikkala turdagi tagliklarni ham yog`ochdan, shuningdek, metaldan maktab ustaxonalarida osonlik bilan yasash mumkin. Quyidagi jihozlarni tasviriy san`at xonasida bo`lishi maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. 1.Maxsus sinf doskasi (oddiy, magnitli v.b.) 2. Ko`rgazmali qurollar uchun shkaflar. 3.O`qituvchi va o`quvchilar uchun maxsus mebellar. 4.Bolalar ishlangan rasm va haykallarni quritish uchun stelajlar. 5.Loydan ishlangan haykallarni pishirish uchun mufel pechi. 6.Dioproektor, filmoskop, epidiaskop, televizor, video, magnitafon, kompyuter, fotoapparat v.b. 7.Diapozitiv, epipproeksiya, diafilmlarni namoyish etish uchun ekran. 8. Texnika vositalarini o`rnatish uchun taglik. 9.Sinf xonasini qorong`ilatish uchun kerak bo`ladigan pardalar. 10.Naturani yorug`lantiruvchi safitlar. 11. Haykal ishlash uchun tagiga linoleum qoplangan planshetlar. 12. Toza suv uchun chelak. 13. Mo`yqalamni bo`yoqdan tozalash uchun ishlatiladigan chelak. 14. Har bir o`quvchi uchun suv idish. 15. Oq va rangli bo`rlar. 16. Haykaltaroshlik ishlari uchun katta hajmli idishda loy. Xona uchun natura fondi va san`at asarlari reproduksiyalarini to`plashga o`quvchilarni, molbert natura uchun tagliklar, yorug`lantiruvchi asboblar, shkaf va stend tayyorlashga, texnika vositalarini sotib olishga esa xayriya tashkilotlar va ota-onalarni jalb qilish yaxshi natijalar beradi. Natura fondida turmushda qo`llaniladigan asbob va uskunalar katta o`rinni egallaydi. Ular lagan, tovoq, qoshiq, choynak, piyola, kosa, kapkir, sabzi taxta, cho`mich, kastryul, guldon, tarelka, patnis, musiqa asboblaridan-doira, childirma, rubob, dutor, g`ijjak, tor, skripka, nay, sport buyumlaridan - futbol to`pi, tennis raketkasi, ko`tariladigan toshlar-gantel, shaxmat doskasi va boshqalar shular jumlasidandir. Turmushga yaroqsiz (singan yoki chekkasi uchgan) buyumlardan natura sifatida foydalanish mumkin. Bu buyumlar bolalar yordamida natura fondi uchun yig`iladi. Ular ishlatilmay yotganligi sababli iflos va ko`rimsiz bo`ladi. Natura uchun ularni bunday holda qo`yish yaramaydi. Iflos buyumlarni tozalattirish va ishga yaroqli ko`rinishga keltirib qo`yish lozim. Tasviriy san`at asarlarining reproduksiyalari va otkritkalari haqida ham ana shunday fikrlarni bildirish mumkin. Ma`lumki, ko`plab jurnallarda tasviriy san`atga oid rangli reproduksiyalar beriladi. Ularni yig`ishga o`quvchilar kuchidan dars va darsdan tashqari vaqtlarda foydalanish mumkin. San`at asarlari reproduksiyalari va otkritkalarini yig`ishga o`qituvchi jiddiy va maqsadga muvofiq holda yondoshgandagina yaxshi natijalar olishi mumkin. Bunday namunalarni ma`lum mavzu asosida yig`dirish va ularni albomga yopishtirish, unga baho qo`yish, olib borilayotgan (surat tagiga uning muallifi nomini yozib qo`yiladi) tadbirning samarali bo`lishiga olib keladi. Tasviriy san`at xonasini maqsadga muvofiq tashkil etishda uning badiiy bezagi alohida ahamiyat kasb etadi. Xonaning badiiy bezagi deganda avvalo, xona jihozlarini joy-joyiga qo`yish, buyumlarni, xona devorlarini tegishli ranglarga bo`yash ham nazarda tutiladi. Shuningdek, xonaning badiiy bezagi uning to`g`ri yorug`lantirilishi bilan ham bog`liqdir. Badiiy jihatdan to`g`ri bezalgan xona o`quvchilarning ruhiyatiga ta`sir etib, ularda iliq kayfiyat hosil qiladi, tez toliqtirmaydi, tasviriy faoliyatlarga samarali ta`sir ko`rsatadi. Ba`zi o`qituvchilar tasviriy san`at xonasini jihozlashda unga ortiqcha e`tibor berib yuboradilar, hattoki, o`quvchilarning chizmachilikdan chizmalarini, bolalar rasmlarining ko`rgazmalarini, turli ko`rgazmali qurollarni, san`at asarlari reproduksiyalarini devorlarga osib qo`yishadi. Geometrik va gipsli shakllar, qush tulumlari va meva sabzavotlarning mulyajlarini ochiq saqlashadi, turli lozung va chaqiriqlar ham bo`ladi. Xonaning yuqori qismini buyuk rassomlarning portretlari bilan to`lg`azib tashlash hollari ham tez-tez uchrab turadi. Hattoki shunday hollar ham bo`ladiki, xona devorlarida bo`sh joy qolmaydi. Bu yo`sinda bezatishning zarari shundaki, xonada turli-tuman qurollar, ko`rgazmali materiallarning ko`pligi, ularning ranglari xonaga kirgan o`quvchi ruhiyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Natijada, o`quvchi o`zini sinfda siqilib qolayotgandek his qiladi va xonadan tezroq chiqib ketishga harakat qiladi. Ba`zan, xonalar uning jihozi va badiiy bezagi yillab o`zgarmay turaveradi. Natijada, ular o`quvchilarni me`dasiga tegadi va ularni mutlaqo qiziqtirmay qo`yadi. Natijada bu yerdan bolalar yangi ma`lumot va yangi taassurotlar ololmaydilar. Xonaning devorlarini tinch, sokin ranglar bilan bo`yash maqsadga muvofiqdir. Chunki, keskin va yorqin ranglar bolalarni tez toliqtiradi. Shuningdek, xonadagi eshik, deraza, pol, shift, doska kabilarning ranglarini ham xonaning umumiy rang gammasiga bo`ysundirish lozim. Ular bir-birlaridan och-to`qligi bilan, rang tusi, to`yimliligi bilan keskin farq qilmagani ma`qul. Xona devorlarida turli-tuman, umuman, rang-barang ko`rgazmalarning bo`lishi dars jarayonida ba`zi bolalarning e`tiborini o`ziga tortadi. Natijada, bola chalg`iydi, unga o`qituvchining nutqi e`tibordan qoladi. Bular hammasi xonada olib boriladigan ta`lim-tarbiyaviy ishlarga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun ham tasviriy san`at xonasida ortiqcha narsalarning bo`lmasligi, sinfda mashhur rassomlardan birontasining portreti, texnika vositalari (u ham usti yopiq holda), tuvakli gullarni sinf burchagining bo`lishligi yetarlidir. Ko`rgazmali qurollar esa maxsus shkaflarda (o`quvchilarni ko`zi tushmaydigan joyda) saqlanishi lozim. Turli xil ko`rgazma, fotostend va e`lonlar, diplom va yorliqlarni maktab yo`lagiga (tasviriy san`at xonasiga yaqin joyga) o`rnatish maqsadga muvofiqdir. Maktabda tasviriy san`at xonasi ko`rgazmali qurollar, texnika vositalari va boshqa jihozlar saqlanadigan, ta`lim-tarbiya ishlari olib boriladigan madaniyat o`chog`idir. Yuqorida qayd qilib o`tganimizdek, xonaning tashkiliy, o`quv-metodik, tarbiyaviy ishlari shunchalik ko`p va turli-tumanki, ularni faqat reja asosida olib borgandagina yaxshi natijalarga erishish mumkin. Rejada tadbirning mazmuni, o`tkaziladigan vaqti, unga javobgar shaxslar, tadbirning o`tkazilishi, ish tartibi uchun joylar ajratilgan bo`ladi. O`qituvchida bunday rejaning tayyorlanmaganligi tasviriy san`atdan xonada olib boriladigan ishlarining chala-chulpa, pala-partish, tartibsiz bo`lishiga olib keladi. Hattoki, ba`zi muhim ishlar o`qituvchining e`tiboridan butunlay tushib qolishi ham mumkin. Shuningdek, rejaning bo`lmasligi tadbirlarning epizodik xarakterda bo`lishiga olib keladi. Chunki, uni o`tkazishga ajratilgan vaqt nihoyatda chegaralangan bo`ladi va natijada ish sifati pasayadi, ular bolalarda yaxshi taassurot qoldirmaydi. XULOSA Insoniyat ma'naviy tarkibiy qismi san'atdir. U musiqa, teatr, kino, badiiy adabiyot, xoreografiya, tasviriy va amaliy bezak san'ati kabi turlarini o'z ichiga oladi. San'atning har bir turi o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni aks ettirishda har xil vositalardan foydalanadi, musiqa - tovushlardan, tasviriy san'at-rang va chiziqlardan va hokazo. Shu bilan birga har bir san'at turi o'z ichida yana xillarga va janrlarga bo'linadi. San'atni tushunish uni kishilar hayotidagi rolini aniqlash masalasi butun madaniyat tarixi davomida keskin bahs, tortishuvlarga sabab bo’lib kelgan. Tasviriy san'at inson ongiga tezda ta'sir etib, unda ezgu hislar uyg'otadigan, kishini ruhlantirib, ma'naviy olamini boyitadigan san'at turlaridan biridir. Shu bilan birga, tasviriy san'at inson shaxsining shakllanishiga va kamolotiga yordam beradigan tarbiyachi hamdir. San'atkor o'z asarida voqea, hodisa, holatning ma'lum bir zumdagi ko'rinishini ifodalab, u tasvir orqali rivojini, mohiyatini ochib berishga intiladi, kishilarning ma'naviy qiyofasi, psixologik holati va boshqa fikrlarni ilgari suradi va tasavvur qiladi. Rassom biror shaxsni rasmini ishlar ekan, u hech vaqt uni faqat o'ziga o'xshatishga ishtilish bilan chegaralanmaydi. Rassom shu ishlayotgan tasvir orqali avvalo o'zining fikr va tuyg'ularini tomoshabinga yetkazishga harakat qiladi. Ishlamoqchi bo'lgan tasvirida avvalom bor g'oyasiga mos mavzu, syujet tanlaydi, voqea kompozitsiyasini quradi, shu yo'lda izlanadi, dastlab hayotni o'rganib, naturani kuzatib, eskizlar chizadi, etyudlar yaratadi. Rassomlik san'atida predmetlarning shakli, hajmi, rangi, ularning o'zaro muvozanatini to'g'ri ko'rsatishda rasmni aniq va to'g'ri ishlashning juda muhim ahamiyati bor. San'atkor o'z asarida real borliqda uchraydigan, balki inson fantaziyasi mahsuloti bo'lgan voqea va predmetlar ham aks ettirilishi, hayotda mavjud bo'lgan hodisalaming ayrim jihatlari o'zgartilib, bo'rttirib ko'rsatishi ham mumkin. Bundan ko'rinib turibdiki, tasviriy san'at asarlari - insondagi ajoyib fazilat - borliqni bilish, uni o'rganish va sirlarini ochishga bo'lgan ehtiyojlarni qondirishga ta'sir ko'rsatadi. Ma'lumki, bugungi o'quvchi kelajakda ishchi, xizmatchi, dizaynkonstruktor, muhandis, shifokor, o'qituvchi, yurist yoki harbiy mutaxasis yoki biron bir sohani yaratuvchisi bo'ladilar. Ularning har biri uchun rasm chizish, undan foydalanish lozim bo'ladi. Hatto uy bekasi ham rasmni ko'ra olishi, tushunishi, bu zamonning eng zarur faoliyatidir. Hozirgi davrda har bir erkak zoti mashina haydashni, texnika bilan shug'ullanishiga, uy bekalarini esa dazmol, tikuv mashinasi, radio, televizor, kir yuvish mashinalari, muzlatgich, elektr plita, sut, qaymoq olish mashinalari kabi yuzlab texnik buyumlar bilan shug'ullanadilar. Ularga bu asbob-texnika vositalarini ishlatish va ularni sozlash uchun grafik bilim va malakalar darkor. Shu boisdan har bir kishi rasm chizishni, grafik tasvirlarini bilishi maqsadga muvofiqdir. Oliy va o'rta rnaxsus pedagogika o'quv yurtlarida ta'lim mazmuni kunning eng dolzarb vazifalaridan biri bo'lib turibdi. Bu vazifani hal etish hozirgi davr o'qituvchisini o'z fani doirasida chuqur va keng bilimli, shuningdek, ijodkor va izlanuvchan bo'lishini talab qiladi. Tasviriy san’at fanning asosiy maqsadi talabalarni boshlang'ich sinflardagi «Tasviriy san'at» darslarini o'qitishga tayyorlash, tabiatdagi hamda tasviriy san'at asarlaridagi go'zallikni ko'ra bilish va idrok etish, badiiy did, ko'rish xotirasi, rangni sezish, fazoviy tasavvur, kuzatuvchanlik va badiiy ijodiy qobiliyatlami o'stirishdan iborat. Download 36.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling