Tarbiyaviy ishlar


TASVIRIY SAN’ATNI O’QITISHDA MAXSUS XONANING


Download 36.31 Kb.
bet3/5
Sana14.02.2023
Hajmi36.31 Kb.
#1195999
1   2   3   4   5
Bog'liq
Davronova Muhlisa

2. TASVIRIY SAN’ATNI O’QITISHDA MAXSUS XONANING
BO’LISHLIGINING ZARURLIGI
Hozirda tasviriy san`at darslarini davlat ta`lim standartlari talablari darajasida o`tkazish uchun uning moddiy texnikaviy asoslarini yaratish zarur. Chunki, tasviriy san`at darslarida texnika vositalari, ko`rgazmali va metodik materiallar shunchalik ko`p ishlatiladiki, ularni maxsus xonalarsiz to`plab bo`lmaydi.
Tasviriy san`atdan olib boriladigan ishlarning hajmi va turlari ham xilma-xildir. Maxsus xonaning zaruriyati quyidagilar bilan izohlanadi:
- tasviriy san`at va chizmachilik darslarini yuksak metodik saviyada olib borish:
- tasviriy va amaliy san`atdan to`garak ishlarini o`tkazish;
- tasviriy va amaliy san`atdan sinfdan tashqari ishlarni (uchrashuv, tanlov, ko`rgazma, suhbat, munozara, kecha v.b.) tashkil etish;
- o`quvchilarning darsdan tashqari mustaqil ishlarini o`tkazish;
- jamoa bo`lib televidenia orqali beriladigan maxsus ko`rsatuvlarni tomosha va munozara qilish va boshqalar.
Ayniqsa, san`at asarlarini perspektiva, rangshunoslik, yorug`soya qonunlarini, rassomlarning hayoti va ijodini o`rganishda tasviriy san`at xonasining ahamiyati beqiyosdir. Tasviriy san`atdan ko`rgazmali qurollar hisoblangan gipsli geometrik shakllar, gipsli rozetkalar, uy-ro`zg`or buyumlari (lagan, choynak, piyola, guldon, kapkir, bidon, qumg`on, patnis, sabzi taxta v.b.) musiqa asboblari (rubob, dutor, nay, childirma, surnay, skripka, v.b.) meva va sabzavotlar (olma, nok, behi, qovun, tarvuz, qovoq, sabzi, piyoz, baqlajon, uzum, anor, v.b.)ning modellari, qush va hayvonlarning (quyon, chumchuq, qaldirg`och, kabutar, qarg`a, bulbul, sa`va, to`ti, tipratikon, laylak, turna v.b.) tulumlarini saqlash va ulardan foydalanish uchun maxsus xona talab etiladi.
Tasviriy san`atdan o`zbek va chet el rassomlari, xalq amaliy san`ati va me`morchilik asarlarining reproduksiyalari, rangshunoslik, yorug`-soya va perspektiva qonunlariga oid chizish va bo`yash usullarini ko`rsatuvchi jadvallar borki, ulardan unumli foydalanish ko`p jihatdan maxsus xonaga bog`liqdir.
Ma`lumki, tasviriy san`at mashg`ulotlarini dastur talablari darajasida o`tkazish, rasm chizish uchun molbert yoki moslamali parta, natura qo`yish uchun taglik, naturani sun`iy ravishda yorug`lantiruvchi asboblar kerak bo`ladi. Tasviriy san`at xonasi bo`lmagan taqdirda bu ko`rsatilgan ko`rgazma va texnika vositalarini (mavzuga taaluqli bo`lganlarini albatta) o`quvchi sinfdan-sinfga ko`tarib yurishiga to`g`ri keladi. Bu ishlar esa ma`lum qiyinchiliklar bilan bog`liq bo`lganligi sababli ularni amalga oshirib bo`lmaydi. Natijada, mashg`ulotlarning ko`pchiligi ko`rgazmaliliksiz o`tiladi va u dastur talablariga javob bermaydi. Hozirda, boshqa fanlar qatori tasviriy san`at darslarini texnika vositalarisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Chunki, san`atshunoslik asoslari kursini o`tishda ko`plab slaydlar, diopozitiv, diafilm, kinofilmlar namoyish etish kerak. Maktablarni yoppasiga kompyuterlashtirish amalga oshirilayotgan bir davrda maxsus xonaning bo`lishi yanada oydinlashadi. Mana shuning uchun ham hozirda tasviriy san`at predmetining o`qitilishini talablar darajasiga ko`tarish uchun har bir maktabda bu fandan maxsus xona bo`lish shart.
Hali ko`pchilik maktablarimizda maxsus xonalar tashkil etilmagan, tashkil etilganlari esa zamon talablari asosida jihozlanmagan.
O`qituvchilar maxsus xonani tashkil etishda ota-onalar, faollar, jamoatchilik, xayriya tashkilotlar yordamiga tayanmaydilar, mehnat o`qituvchisi bilan hamkorlikni ravo ko`rmaydilar.
Ma`lumki, maxsus xonalarda tasviriy san`at darslari, to`garak mashg`ulotlari asosiy o`rinni egallaydi. Shunga qaramasdan, ba`zi bir o`qituvchilar mashg`ulot jarayonini takomillashtirishda, uning samaradorligini oshirishda xonaning katta imkoniyatlaridan yaxshi foydalana olmaydilar. Masalan, o`quvchilar darsga kirganlarida qo`yiladigan natura, texnika vositalari orqali ko`rsatiladigan ko`rgazmalar, reproduksiyalar tayyor holda keltirib qo`yilmaydi, sinfni qorong`ilashtiruvchi shtorlar, texnika vositalari avtomatik ravishda emas, qo`l bilan boshqariladi.
Ba`zi bir o`qituvchilar, ta`lim va tarbiyadagi imkoniyatlaridan samarali foydalanishda san`atga oid kitoblar, broshyura, albom, diafilm, diapozitiv, san`at asarlari reproduksiyalarining roli kattaligini tushunib yetmaydilar yoki tushunib yetsalar ham unga yetarlicha e`tibor bermaydilar. Tajribali o`qituvchilar esa ko`rgazmali qurollar uchun shkaf va stol ostlarida alohida-alohida o`rinlar ajratadilar va ulardan maqsadga muvofiq foydalanadilar. Ko`rgazmalar xonada shunday joylashtiriladiki, o`qituvchi ishlatish vaqti kelganda har qanday sharoitda xohlagan ko`rgazmasini hech qiynalmasdan bir zumdayoq topa oladi. Yana shuni ham qayd qilish lozimki, bu ko`rgazmali qurollarning doimo toza va bejirim bo`lishiga harakat qiladilar. Ishdan chiqqan yoki shikastlangan ko`rgazmalar bolalar yordamida yaroqli holga keltirib qo`yiladi.
Shuningdek, o`quvchilar tasviriy san`at mashg`ulotlarining qiziqarli va sermazmun bo`lishi uchun xonaning maxsus shkaflarida guash, akvarel bo`yoqlar, flomaster, pastel, ugol, sangina sous, rangli tushlar, plastilin, rangli qog`ozlar, gazlama parchalari, sabzavot va meva urug`lari, haykaltaroshlik uchun maxsus loy, tabiiy materiallarni saqlaydilar. Ko`rgazmali qurollarni yig`ishda (reproduksiyalar, otkritkalar, turmushda qo`llaniladigan buyumlar, uy-ro`zg`or buyumlari, musiqa asboblari, v.b. ) bolalar kuchidan unumli foydalanadilar.
Xona jihozlari, ko`rgazmali qurollarni yig`ishda turli-tuman, tadbirlarni o`tkazishda bolalarning kuchidan yetarlicha foydalana olmaslik olib borilayotgan ishlarning to`laqonli va sermazmun bo`lishiga imkon bermaydi. Shu narsa aniqki, bola qilgan mehnatining samarasidan zavqlansagina uning qadriga etadi. Shuning uchun ham xonadagi hamma ishlarga bolalarni jalb qilish va ularning sevimli joyiga aylanishiga erishish lozim.
Maktab tasviriy san’at xonasi ko’rgazmali qurollar, texnika vositalari va boshqa jihozlar saqlanadigan, ta’lim-tarbiya ishlari olib boriladigan madaniyat o’chog’idir.



Download 36.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling