Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik texnika, pedagogik mahorat va uning asosiy tamoyillari


Download 0.92 Mb.
Sana15.03.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1268784
Bog'liq
4 mavzu

Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik texnika, pedagogik mahorat va uning asosiy tamoyillari.  

Ma’ruzachi:z.n.Qurbonova

Mavzu rejasi:

  • 1.Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik texnika.
  • 2.Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik mahoratning tuzilishi, tarkibiy qismlari.
  • 3.Pedagog munosabatining turlari.

Tayanch tushunchalar:

  • Tarbiyaviy ishlar; o‘qituvchi va tarbiyachi, pedagogik mahorat, asosiy tamoyillar, pedagogik texnika, pedagogik mahoratning tuzilishi, tarkibiy qismlari, pedagog munosabati.




Pedagogik texnikani egallash o‘qituvchining o‘z kasb faoliyatidan qanoatlanish darajasining o‘sishiga olib kelishi mumkin. Rivojlangan pedagogik texnika o‘qituvchiga o‘quvchilar bilan ishlaganda muomala qilish zarurligini, zarur so‘z, gap, ohang, imo-ishora, tez va aniq topish, eng o‘tkir va kutilmagan pedagogik vaziyatlarda osoyishtalikni va aniq fikr yuritish, taxlil qilish qobiliyatini saqlab qolish imkonini beradi.
Pedagogik tehnikaning tarkibiy qismlari
Pedagogika ensklopediyasida quyidagi satrlarni o‘qiymiz « Pedagogika texnikasi-bu alohida tarbiyalanuvchi yoki bolalar jamoasiga pedagogik ta’sir etish uslublarini samarali qo‘llash uchun kerakli bilim, mahorat, malakalar majmui.
«Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, xazillashishni, quvnoq, jahldor bo’lishni bilishi lozim, u o’zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati o’quvchini tarbiyalasin.».


(А.S.Маkarenko)
O‘z-o‘zini el ishiga bag’ishlagan, inson tarbiyasiga jon tikkan oliyjanob o‘qituvchilarni, mo‘tabar muallimlarni bundan buyon ћam boshimizga ko‘taraylik.


(Islom Karimov)
Pedagogik mahorat- tug’ma talant yoki nasldan-naslga o’tuvchi xususiyat emas, balki izlanish, ijodiy mehnat mahsulidir. Bu ko’p qirrali pedagogik faoliyat zaminida ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun ham pedagogik mahorat hamma o’qituvchilar uchun standart,ya’ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir o’qituvchining o’z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi. Bu jarayonda ilg’or o’qituvchining pedagogik mahorati va tajribalari boshqa o’qituvchi o’rganishi, undan ijodiy foydalanishi va o’z faoliyatini ilg’or tajribalar bilan boyitishi zarur. O’qituvchining pedagogik mahorati asosan, sinf auditoriya mashg’ulotlarida yaqqol ko’rinadi.
Mahorat-bu yuksak va doim mukammal oshiriladigan bolalarni sevuvchi, havas bilan ishlovchi odam qo‘lidan keladigan tarbiya va ta’lim san’ati. O‘z ishining ustasi, pedagog-bu yuksak madaniyat mutaxassisi, o‘z fanini chuqur biladigan, fan va san’atning munosib tarmoqlarini yaxshi biladigan, umumiy va bolalar psixologiyasi masalalarini yaxshi tushunadigan, ta’lim va tarbiya uslublarini mukammal biladigan odamdir
Ocherklarini birida A.S.Makarenko adabiyot o‘qituvchisi Mefodiy Vasilevich Nesterov haqida so‘zlab berdi. U o‘quvchilarga qattiq ta’sir etardi. O‘quvchilarga qahramonlik voqealarini so‘zlagan chog’ida sodda nutq bilan gapirar edi, ammo mimikasida shunchalik tuyg’u bor ediki, o‘quvchilar uning yuzidan ko‘zlarini uzaolmas edilar.
Shunday qilib o‘qituvchining mahorati avvalo o‘quv jarayonini shunday tashkil etish mahoratidirki, har qanday qulay emas sharoitda ham o‘quvchilarning tarbiyasi, bilimi va rivojlanishi saviyasiga erishish mumkinligidadir. Xaqqoniy o‘qituvchi har qanday savolga nostandart javob bera oladi, o‘quvchining ko‘ngliga o‘zgacha yo‘l topa oladi, fikrini to‘liq namoyon eta oladi. Bunday o‘qituvchi o‘z fanini chuqur biladi, o‘qitadigan fanining ilmiy rivojlanish istiqbolini, zamonaviy adabiyot, madaniyat, sport yangiliklaridan xabardor, halqaro voqealarni tahlil eta oladi, tarbiyalanuvchilarning sevimli ommabop jurnallarini muntazam o‘qib boradi.
XULOSA
1.Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik texnikani ahamiyati haqida nimalar bilasiz?
2.Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik mahoratning tuzilishi, tarkibiy qismlarini aniqlang.
3.Pedagog mahorati va tehnikasi haqida allomarning qarashlaridan o’rganib kelish.
Uyga vazifa
Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling