“Tarbiyaviy soat” mashg„ulotlarining o„quv-mavzu rejasi 4-sinf mmibdo`
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
4-sinf Tarbiyaviy soat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Bayrog„imizni baland tutaylik
- Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi
- O‟z-o‟zini rivojlantirish kompetensiyasi
- Tashkiliy qism O`quvchilarni darsga hozirlash Ma`naviyat daqiqasi
MMIBDO`: ___________________ Sinf rahbar: ___________________ Mavzu: Bayrog„imizni baland tutaylik (18 noyabr - O‗z.Res. Davlat bayrog‗i qabul qilingan kun munosabati bilan). I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish,O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishda ularning o‘rni kattaligini uqtirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i o`zga yurtlarda ko`tarilganda g`urur va iftixor tuyg`usini oshirishini singdirish. Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i, tarqatma materiallar. Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. O‟z-o‟zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o‘zini tuta bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash. Tashkiliy qism O`quvchilarni darsga hozirlash Ma`naviyat daqiqasi: Nilpira, bayrog`im, hilpira mag`rur, Ozod, hur xalqimga bag`sh etib surur. Birlashgan millatlar koshonasida, Hilpira bizlarga bag`sh etib g`urur. II.Asosiy qism: Qadimdan ham jahon tarixida davlatlar mavjud ekanki, ularning ramzlari bo`lgan. Bu ramzlar mazkur davlat fuqarolalariga go`yoki ruxsatnoma yoxud hujjat hisoblangan. Buyuk Amir Temur bobomiz davlat ramzlariga juda yuksak siyosiy ahamiyat berganlar. Jumladan, jang maydonida lashkardan bir nafari omon qolsa ham, u mamlakat bayrog`ini baland tutsin, deb farmon berganlar. Bayroqning egilishi mag`lubiyat belgisi deb qabul qilingan. Xalq idrokida bayroqning yuqori qismi O`zbekistonning doim moviy osmonini, bayroq o`rtasi xalqimizning oq ko`nglini va uning oq paxtasini, bayroqning tub qismi esa bizning cheksiz yashil dalalarimiz va tabiatimizni ifoda qiladi. O`n ikki yulduz- keng va behad O`zbekistonimizning azaliy tariximizga sodiqligini bildiradi, yarim oy esa yurtimizning tarixiy an`analari bilan bog`liq. Ayni paytda qo`lga kiritilgan mustaqilligimizdan darak beradi, bayroqdagi ikki qizil yo`l-mavjud birlik va buzilmas do`stlikka erishish uchun yurtimiz farzandlari qon to`kkanlariga ham ishora qiladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i mamlakat Prezidenti, Oliy Majlis, O`zbekiston hukumati, mahalliy davlat idoralari, O`zbekistonning turli vakolatxonalari ish olib borayotgan binolarda O`zbekistonning rasmiy delegatsiyalari qatnashayotgan xalqaro tadbirlarda ko`tariladi. Bu qoidalar alohida qonun asosida belgilangan. O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`iga nisbatan hurmatsizlik bildirgan shaxs yoki tashkilot belgilangan tartibda jazolanadi. III.Yakuniy qism: O`quvchilarga rangli qog`ozlar tarqatiladi.(Iste`dodlilar va ijodkor o`quvchilar kuzatiladi, rag`batlantiriladi) Ular O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`ini yaratadilar. O`tilgan mavzu xulosalanib,o`quvchilar rag`batlantiriladi. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling