“Tarbiyaviy soat” mashg„ulotlarining o„quv-mavzu rejasi 4-sinf mmibdo`
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
4-sinf Tarbiyaviy soat
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi
- Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi
- O‟z-o‟zini rivojlantirish kompetensiyasi
- O`quvchilar bilan salomlashish
MMIBDO„: ___________________ Sinf rahbar: ___________________ Mavzu: Sog„ tanda-sog„lom aql. I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni kuchaytirish orqali ularni jismoniy va axloqiy jihatdan barkamol etib tarbiyalash, o‘quvchilar ongiga sog‘lom turmush tarzi asosida yashash qoidalarini singdirish. Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Odam tanasi a`zolari va chiniqishga oid foto va illyustratsiyalar, plakatlar hamda slayd va SD, DVD disklar. Tashkiliy qism. Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. O‟z-o‟zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o‘zini tuta bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash. O`quvchilar bilan salomlashish. Davomatni aniqlash. Mashg`ulot mavzusining maqsad va vazifasi bilan o`quvchilarni tanishtirish. II.Asosiy qism. O`quvchilar faolligini oshirish maqsadida ―Nima uchun?‖ metodidan foydalaniladi. sinfga umumiy savol beriladi. O`qituvchi o`quvchilarni faolligiga va zerkib qolmasligini inobatga olgan holda savollar beradi hamda ularning javoblarini umumlashtirib, yangi mavzuni tushuntiradi. Inson organizmi atrof-muhit bilan doimiy va chambarchas bog`liqlikda bo`ladi. Unga havo haroratining, namlikning, shamol tezligining keskin o`zgarishi o`zining ta`sirini ko`rsatadi. Inson organizmini maxsus tadbirlar yordamida atrof-muhitning zararli ta`sirlariga, hattoki infeksion kasalliklar kabilarga nisbatan chidamliligini oshirish mumkin.Bular chiniqtiruvchi muolajalar yordamida amalga oshiriladi. Chiniqish –bu organizmni kasalliklarga qarshilik ko`rsata olishi uchun jismoniy turg`unlikni o`zlashtirishiga aytiladi. Kasalliklardan tabiiy omillar yordamida forig` bo`lish organizmni sog`lomlashtirish deyiladi. Quyosh vannalari inson organizmini turli kasalliklardan himoya qilish bilan birga uni davolaydi.Quyosh vannalarini qabul qilish jarayonida oddiy qoidalarga rioya qilish lozim.Oftobda toblanishni 3-4 daqiqa davomida daraxtlarning soyasida 10 daqiqa tanaffus bilan olishni boshlang. Quyoshda bo`lish vaqtiga har kun 2-3 daqiqadan qo`shib boring. Quyoshda bir necha daqiqa va soyada bir necha daqiqa bo`lishni ketma- ket almashtirib borish juda ham foydali. Ertalabki va kechki paytlarda, quyosh nurlariga vaqti-vaqti bilan orqa, ko`krak yoki yonbosh tarafni qo`ygan holda toblanish kerak. quyoshga chiqayotganda boshingizga bosh kiyim: shapka, kepka, panama kiyish yoki ro`mol o`rashni yodingizdan chiqarmang. Ba`zi bolalarda quyosh nurlarini yomon qabul qilish hollari ham uchraydi, ular oftobda toblanayotganlarida yanada ehtiyot bo`lishlari kerak. Agar shifokorlar oftobda toblanishni umuman ta`qiqlagan bo`lsalar, u holda xafa bo`lib, umidsizlanmaslik kerak. Iliq bulutli ob-havoda havo vannasini qabul qilish mumkin. Musaffo havo.Musaffo, toza havo – barcha bolalar uchun foydali. Havo vannalarini quyosh va soyada olish mumkin. Havo vannalarini qabul qilayotganda ko`proq harakatda bo`lishga harakat qiling. Shamoldan himoyalangan joylarda havo vannalarini qabul qilish maqsadga muvofiq.Uni qabul qilishni yoz faslida boshlagan yaxshi. Birinchi vanna +16°,+18° haroratda, 2-4 daqiqa davom etishi kerak, keyinchalik esa 20 daqiqagacha uzaytiriladi. Agar harorat +20° bo`lsa – qabul qilish vaqtini ikki barobar ko`paytirish kerak. Kunduzgi uyquni toza havoda oynalari ochiq xonada, ayvon yoki shiyponda tashkillashtirish mumkin. Tayyorlangan joyda yelvizak bo`lishiga imkon yaratish juda ham yaxshi, lekin o`zingiz yelvizakda qolishingiz kerak emas. Havoning tozaligini muntazam kuzatib borish, tungi uyqudan oldin xonani shamollatish maqsadga muvofiq. Suv bilan chiniqish.Suvning asosiy sog`lomlashtirish xususiyati: organizmda mavjud bo`lgan moddalar almashinuvining zararli mahsulotlarni chiqarishda teriga yordam beradi va kasallik qo`zg`atuvchi mikroblardan tozalaydi (cho`miliganda, vanna qabul qilganda). Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling