Mavzu: Xotira muqaddas (Xotira va qadrlash kuni oldidan).
(Xotira va qadrlash kuni oldidan).
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilar qalbi va ongiga
ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni
qadrlash tuyg‘ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish
hamda ajdodlarga munosib voris bo‘lish xislatlarini tarbiyalash.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Mavzuga oid rasm,plakat,va bukletlar,slaydlar,texnik vositalar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali
berilgan xabarlarni gapirib
bera olish.
O‟z-o‟zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish,
jamoat joylarga o‘zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni,
milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan
tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tashkiliy qism
O`quvchilarni darsga hozirlash
O`qituvchi:
Men seni sevaman onajon Vatan,
Xushsurat,xushsuhbat momolarimni.
Men seni
sevaman jonajon Vatan,
Har so`zi hikmat bobolarimni.
II.Asosiy qism:
Bu ko`hna dunyo paydo bo`libdiki,Yer yuzida hayot guli-Hazrati Inson yaralibdiki,Xotira bor,mehr-
muhabbat bor.Demak,Qadr bor.Ayniqsa,bizning mamlakatda Xotira va Qadr o`zgacha mazmun,nufuz va
ma`noga ega.Davlatimiz Rahbari 9-may—―Xotira va Qadrlash kuni‖ni umumxalq bayrami deb e`lon qilar
ekan:‖Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini,bor kuch-quvvatini
ayamagan biror-bir faxriy,biror-bir kishi
unutmasligi
kerak.Ularning
har
biriga
munosib
hurmat-ehtirom
ko`rsatilishi
shart‖,deya
ta`kidlagan,edi.Zero,bizning Vatanda har bitta insoning o`z munosib o`rni,qadr-qimmati,xotirasi
bor.Biz,urush ko`rgan insonlar,faxriy pedagoglar bundan buyon ham yosh avlodni iymon-e`tiqodli qilib
tarbiyalashda,ularni milliy va umuminsoniy
qadriyatlarimizga hurmat ,Vatanga sadoqat,mehr-
muhabbat,kelajakka ishonch ruhida tarbiyalashda o`z hayotiy tajribamiz,bilimimizni sarf etaveramiz.Inson
sha`ni,qadr-qimmati har narsadan ustun bo`lgan yurtimizda kelajak avlod baxtu saodati uchun kurashgan
jasorat sohiblari bemisl hurmat ,izzat-ikrom,beqiyos
tashakkur,tahsinga loyiq.
III.Yakuniy qism.
Mavzu yuzasidan test.
1.Yurtdoshlarimiz nima maqsadda kurashdilar?
a) Tinchlik uchun
b) Urush uchun
d) Boylik uchun
e
Mustaqillik uchun
2. Prezidentimiz nima maqsadda 9-may ―Xotira va qadrlash kuni‖ deb e`lon qildilar?
a) O`tgan ajdodlarimizni xotiralash maqsadida
b) Qatog`on qurbonlarini xotiralash maqsadida
d) Keksalarni holidan habar olish
e) Barcha javoblar to`g`ri
Vatan haqida qanday maqol bilasiz?
Vataning-oltin beshiging.
Vatan ostonadan boshlanadi.
Qo`shning tinch-sen
tinch
Mavzu xulosalanib, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: