“Tarbiyaviy soat” mashg„ulotlarining o„quv-mavzu rejasi 4-sinf mmibdo`


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/43
Sana21.11.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1791614
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
4-sinf Tarbiyaviy soat

 
 
MMIBDO„:
 
 
 
 
___________________ 
Sinf rahbar:
 
 
 
 
___________________ 


Mavzu: 
Velosipedda va piyoda harakatlanish qoidalari (Yo„l harakati qoidalari)
 
I.Kirish: 
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q jahonda. O`quvchilarda kitob barcha 
bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o‘rgatuvchi murabbiy ekanligi 
haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o‘qishga bo‘lgan munosabat, kitobni 
asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg`ularini singdirish. 
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat. 
Tarbiyaviy mashg`ulotning borish: 
Tayanch kompetensiya elementlari: 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib 
bera olish. 
O‟z-o‟zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish
jamoat joylarga o‘zini tuta bilish. 
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan 
tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash. 
Tashkiliy qism. 
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti. 
II.Asosiy qism: 
Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yo'lkasidan, ular bo'lmaganda esa yo'l yoqasidan yurishlari kerak. 
Qo'pol yuklarni olib ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz aravasida borayotgan shaxslarning trotuar 
yoki yo'l yoqasidan yurishlari boshqa piyodalarning harakatlanishiga halaqit berayotgan bo'lsa, ular qatnov 
qismining chetidan yurishlari kerak. Trotuarlar, piyodalar yo'lkasi, yo'l yoqasi bo'lmasa yoki ulardan 
yurishning imkoniyati bo'lmagan hollarda piyodalar velosiped yulkasidan yoki qatnov qismining chetidan 
(ajratuvchi bo'lagi bor yo'llarda qatnov qismining o'ng chetidan) bir qator bo'lib yurishlari mumkin. 
Aholi yashaydigan joylardan tashqarida yo'lning qatnov qismida harakatlanayotgan piyodalar transport 
vositalarining 
harakatiga 
qarshi 
yo'nalishda 
yurishlari 
kerak. 
Nogironlarning yurgizgichsiz aravasida ketayotgan, mototsikl, moped, velosiped etaklab ketayotgan shaxslar 
esa 
bunday 
hollarda 
transport 
vositalarining 
harakat 
yunalishi 
buylab 
yurishlari 
kerak. 
Eslatma: piyodalar yulkasida, trotuarlarda, yo'lning yoqasida piyodalarning harakatlanishiga halaqit 
beradigan qurilma va jihozlar o'rnatish man etiladi. 
Velosiped 
va 
moped 
haydovchilariga 
quyidagilar 
taqiqlanadi: 
rulni bir qo'lda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish bundan mustasno); 
yo'lovchi tashish (ishonchli oyoq qo'gich bilan jihozlangan qo'shimcha o'rindiqda 7 yoshgacha bo'lgan 
yulovchini 
tashish 
bundan 
mustasno); 
gabaritdan bo'yiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshkarishga halaqit beradigan yuklarni 
tashish; 
velosiped 
yo'lkasi 
bo'lgani 
holda 
yo'lning 
qatnov 
qismida 
harakatlanish; 
tramvaylar harakatlanadigan yo'llarda va tegishli yo'nalishda bo'lagi bittadan ko'p bo'lgan yo'llarda chapga 
burilish 
yoki 
qayrilib 
olish; 
velosipedlarni va mopedlarni shatakka olish, shuningdek, ulardan shatakka olishda foydalanish, (velosiped 
yoki mopedlarga mo'ljallangan tirkamalar bundan mustasno). 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling