Mavzu: Ta‟magirlik - yomon illat
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O‘quvchilargahalollik
- inson ziynati ekanligi, ta‘magirlik esa
insonni yomon yo‘lga boshlab, odamlar nafratiga duchor qilishini singdirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta,DVD.
Tarbiyaviy mashg`ulot borishi:
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib
bera olish.
O‟z-o‟zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish,
jamoat joylarga o‘zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi
yashab turgan
tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tashkiliy qism
O‘qituvchi:
II.Asosiy qism:
TAMAGIRLIK VA TEKINXO'RLIK – ofatdir. Bejizga bobolarimiz bu haqda shunday deyishmagan.
Ta‘ma aylar kishini xoru - zalil,
Xorlik kelgach, g'amgin bo'ladi ko'ngil.
M. Bobir.
Ta‘ma gulgun yuzni qilur za'faron,
Ta‘ma boshin kesgan bo'lsang mard inson.
Nosir Xisrov.
Ta‘magirlik bu juda ham yomon illat hisoblanadi.Ta‘magirlik bu biror kishiga xolis xizmat qilmasdan
biron
narsani ko‘zlab yordam berishga aytiladi. Inson tamagirlik qilsa bunga o‘rganib qoladi. Biror bir foydasi
bo‘lmasa yordamga muhtoj bo‘lgan insonga qo‘lidan kelsa ham yordam qo‘lini cho‘zmaydi.
Inson doimo
halol yo‘l bilan yashash kerak. Halol yo‘l bilan topilgan boylik baxt keltiradi. Ta‘magirlik bilan topilgan
boylik halokatga olib keladi.Bu dunyoda hamma komil inson bo‘lishga intiladi.
Komillik yaxshi fazilatlar
orqali yuksaklikka yetadi. Shuning uchun doimo hammaga yaxshilik qilishdan charchamang. Bu dunyoda
odamdan yaxshi nom qoladi. Siz ham yaxshi nom qoldirishga harakat qilishingiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: