“Tarbiyaviy soat” mashg„ulotlarining o„quv-mavzu rejasi 4-sinf mmibdo`


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/43
Sana21.11.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1791614
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Bog'liq
4-sinf Tarbiyaviy soat

 
MMIBDO„:
 
 
 
 
___________________ 
Sinf rahbar:
 
 
 
 
___________________ 
 
 


Mavzu: Sog„ tanda-sog„lom aql. 
I.Kirish: 
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni kuchaytirish 
orqali ularni jismoniy va axloqiy jihatdan barkamol etib tarbiyalash, o‘quvchilar ongiga sog‘lom turmush 
tarzi asosida yashash qoidalarini singdirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Odam tanasi a`zolari va chiniqishga oid foto va illyustratsiyalar, 
plakatlar hamda slayd va SD, DVD disklar. 
Tashkiliy qism. 
Tayanch kompetensiya elementlari: 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib 
bera olish. 
O‟z-o‟zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, 
jamoat joylarga o‘zini tuta bilish. 
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan 
tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash. 
O`quvchilar bilan salomlashish. Davomatni aniqlash. Mashg`ulot mavzusining maqsad va vazifasi bilan 
o`quvchilarni tanishtirish.
II.Asosiy qism. O`quvchilar faolligini oshirish maqsadida ―Nima uchun?‖ metodidan foydalaniladi. sinfga 
umumiy savol beriladi.
O`qituvchi o`quvchilarni faolligiga va zerkib qolmasligini inobatga olgan holda savollar beradi hamda 
ularning javoblarini umumlashtirib, yangi mavzuni tushuntiradi. 
Inson organizmi atrof-muhit bilan doimiy va chambarchas bog`liqlikda bo`ladi. Unga havo haroratining, 
namlikning, shamol tezligining keskin o`zgarishi o`zining ta`sirini ko`rsatadi. Inson organizmini maxsus 
tadbirlar yordamida atrof-muhitning zararli ta`sirlariga, hattoki infeksion kasalliklar kabilarga nisbatan 
chidamliligini oshirish mumkin.Bular chiniqtiruvchi muolajalar yordamida amalga oshiriladi. 
Chiniqish –bu organizmni kasalliklarga qarshilik ko`rsata olishi uchun jismoniy turg`unlikni o`zlashtirishiga 
aytiladi. Kasalliklardan tabiiy omillar yordamida forig` bo`lish organizmni sog`lomlashtirish deyiladi. 
Quyosh vannalari inson organizmini turli kasalliklardan himoya qilish bilan birga uni davolaydi.Quyosh 
vannalarini qabul qilish jarayonida oddiy qoidalarga rioya qilish lozim.Oftobda toblanishni 3-4 daqiqa 
davomida daraxtlarning soyasida 10 daqiqa tanaffus bilan olishni boshlang. Quyoshda bo`lish vaqtiga har 
kun 2-3 daqiqadan qo`shib boring. Quyoshda bir necha daqiqa va soyada bir necha daqiqa bo`lishni ketma-
ket almashtirib borish juda ham foydali. Ertalabki va kechki paytlarda, quyosh nurlariga vaqti-vaqti bilan 
orqa, ko`krak yoki yonbosh tarafni qo`ygan holda toblanish kerak. quyoshga chiqayotganda boshingizga 
bosh kiyim: shapka, kepka, panama kiyish yoki ro`mol o`rashni yodingizdan chiqarmang. Ba`zi bolalarda 
quyosh nurlarini yomon qabul qilish hollari ham uchraydi, ular oftobda toblanayotganlarida yanada ehtiyot 
bo`lishlari kerak. Agar shifokorlar oftobda toblanishni umuman ta`qiqlagan bo`lsalar, u holda xafa bo`lib, 
umidsizlanmaslik kerak. Iliq bulutli ob-havoda havo vannasini qabul qilish mumkin. 
Musaffo havo.Musaffo, toza havo – barcha bolalar uchun foydali. Havo vannalarini quyosh va soyada olish 
mumkin. Havo vannalarini qabul qilayotganda ko`proq harakatda bo`lishga harakat qiling. 
Shamoldan himoyalangan joylarda havo vannalarini qabul qilish maqsadga muvofiq.Uni qabul qilishni yoz 
faslida boshlagan yaxshi. Birinchi vanna +16°,+18° haroratda, 2-4 daqiqa davom etishi kerak, keyinchalik 
esa 20 daqiqagacha uzaytiriladi. Agar harorat +20° bo`lsa – qabul qilish vaqtini ikki barobar 
ko`paytirish kerak. Kunduzgi uyquni toza havoda oynalari ochiq xonada, ayvon yoki 
shiyponda tashkillashtirish mumkin.
Tayyorlangan joyda yelvizak bo`lishiga imkon yaratish juda ham yaxshi, lekin o`zingiz yelvizakda 
qolishingiz kerak emas. Havoning tozaligini muntazam kuzatib borish, tungi uyqudan oldin xonani 
shamollatish maqsadga muvofiq. 
Suv bilan chiniqish.Suvning asosiy sog`lomlashtirish xususiyati: organizmda mavjud bo`lgan moddalar 
almashinuvining zararli mahsulotlarni chiqarishda teriga yordam beradi va kasallik qo`zg`atuvchi 
mikroblardan tozalaydi (cho`miliganda, vanna qabul qilganda). 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling