“Tarbiyaviy soat” mashg„ulotlarining o„quv-mavzu rejasi 4-sinf mmibdo`


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/43
Sana21.11.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1791614
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
Bog'liq
4-sinf Tarbiyaviy soat

 
 
 
 
 
 
 
 
 
MMIBDO„:
 
 
 
 
___________________ 
Sinf rahbar:
 
 
 
 
___________________ 


Mavzu: Oila - muqaddas dargoh. 
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarni oila va oila a`zolarini hurmat qilishga o`rgatish , 
insoniylik fazilatlarini tarbiyalash. 
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: mavzuga oid rasm,tarqatma material,DVD
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: 
Tayanch kompetensiya elementlari: 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib 
bera olish. 
O‟z-o‟zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, 
jamoat joylarga o‘zini tuta bilish. 
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan 
tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash. 
Tashkiliy qism 
O`quvchilarni darsga hozirlash 
Ma`naviyat daqiqasi 
II.Asosiy qism: 
Rivoyat 
Sherning oilasida uch nafar shervachcha dunyoga keldi.Ularning hali ko`zlari ochilmagan, shuning 
uchun ona sherning bag`ridan hech qayoqqa jilishmas,talashib-tortishib sut emishar edi.Oradan kunlar 
o`tib,sher bolalari ancha katta bo`lib qolishdi. Ular bir-birlari bilan kurash tushishar va vaqti- vaqti bilan ona 
sherning oldiga borib,sutga to`yib kelishar edi.Ularning o`sishini chetdan kuzatayotgan ota endi bolalarini 
ov qilishga o`rgatish payti kelganini tushundi va sekin 
irillab bolalarini chaqirdi. Lekin shervachchalar ota 
chaqirig`iga 
e`tibor 
ham 
berishmadi, avvalgidek 
o`yinlarini 
davom 
ettirib, 
yana 
talashib-tortishib 
onalarini ema boshladilar.Buni ko`rgan sherning jahli 
chiqib, qattiq na`ra tortdi. Uning ovozi hamma yoqni 
larzaga soldi, barcha jonivorlar tum-taraqay qochib 
ketishdi. Sher bolalari ham dahshatdan joylarida qotib 
qolishdi.Otalarining bunday vajohatini ular hech 
ko`rishmagan edi.Mag`rur turgan sherga ular ham 
qo`rquv, ham g`urur bilan qarashdi va shu paytda 
kimning naslidan ekanlarini ,hamda ulardan nima talab 
qilinayotganini birdan tushunishdi.Ona sher ularga xotirjam qarab turar edi.
III.Yakuniy qism: 
Qissadan hissa shuki tarbiya oiladan boshlanadi.Oilada otaning o`rni alohida.uning qattiqqo`lligi esa 
farzandlari uchun foydalidir. 
Oila tuyg`usi har bir insonning qon-qoniga tabiatan singdirilgan bo`ladi. 
Oilaning fayzli, farovon bo`lishi esa, albatta unda yashaydigan kishilar-oila a`zolariga bog`liq.Ular o`zaro 
hamjihat bo`lib yashasa, bir maqsadni ko`zlasa, bu xonadon obod bo`ladi.Tejamkorlik, mehnatning to`g`ri 
taqsimlanishi, shukronalik bilan yashash oilaga qut-baraka keltiradi. 
O`zbekistonda oilaga e`tibor katta, uning farovonligi haqida qayg`urish ustivor vazifaga aylangan.Kam 
ta`minlangan oilalarga berilayotgan katta ahamiyat ham g`amxo`rlikning bir ko`rinishidir.
Oila mavzusi bo`yicha savol-javob o`tkazish. 
―Galereo‖metodi
O`quvchilar guruhlarga bo`linib,‖oila‖mavzusi bo`yicha rasm ishlanadi.Guruhlar o`z ishlarini devorlarga 
osib qo`yishadi.Bitta guruh a`zolari qolib, boshqa guruh a`zolari ishlarini ko`rib, o`z fikrlarini bildirishadi. 
Oila haqida maqol yoki hikmatli so`z topish 
Mavzu xulosalanib, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling