“Tarbiyaviy soat” mashg„ulotlarining o„quv-mavzu rejasi 4-sinf mmibdo`
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
4-sinf Tarbiyaviy soat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy va umummadaniy kompetensiyasi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib
bera olish. O‟z-o‟zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o‘zini tuta bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash. Tashkiliy qism O`quvchilarni darsga hozirlash Ma`naviyat daqiqasi II.Asosiy qism: Sahna ko`rinishi: 4-5 yoshli Alisher sahnada kitob varaqlaydi,shu payt otasi kirib qoladi. -G`iyosiddin;-Iy-a, men sizni izlab yursam, siz bu yerda kitob varaqlab o`tiribsizmi, Alisher! Alisher:(o`rnidan turib)-Uzr, padaribuzrukvor, men bilmabmen,assalomu alaykum. Otasi:-Vaalaykum assalom.Alisher bu kitobni o`ynamang, yirtib qo`yursiz. Alisher:-Yirtmaymen otajon,avaylab ko`rurmen. Otasi:-Menga bering .Bu kitobning joyi javondadur. Bu kitobni men ikki qo`y bahosiga olganmen,siz mana bu o`yinchoqni o`ynangiz.(qo`chqor o`yinchog`ini beradi) Alisher(kitobni yopib, otasiga beradi va o`yinchoqni olib,xursand bo`lib chiqib ketadi)-Men bu qo`chqorni Husaynning qo`chqori bilan urushtururmen. Otasi esa kitobni javonga qo`yadi. A.Navoiy kichik yoshidan ta`lim olishga qiziqib,maktabda o`qib yurgan kezlari Faridudin Attorning mashhur ―Mantiq ut-tayr‖dostonini yod olgan.U ikki tilda –turkiy va fors tillarida ijod etgan.51230 misradan tashkil topgan ―Xamsa‖ shoh asarini yaratdi.Navoiy o`zbek adabiyotini yuksakligiga ko`targan va avlodlarga boy adabiy meros qoldirgan shoir. |Amir Temurning uchinchi farzandi Mironshohning nabirasi Sulton Abusaid Mirzoning o`g`li Bobur mashhur shoir va davlat arbobi edi.U 12 yoshida otasidan ayrilib,otasining o`rniga Farg`ona viloyatiga hokim bo`ldi.Bobur ko`pgina qarshiliklarga uchrab,o`z vatanidan chiqib ketishga majbur bo`ladi va qolgan umrining oxirigacha Hindistonning Agra shahrida yashab ijod etadi.Bobur ijodiy faoliyatini ruboiy va g`azallar yozishdan boshlagan edi.Umrining oxirida esa sohibi devon adib sifatida shuhrat qozondi.U ―Boburnoma‖nomli shoh asar yaratib qoldirdi.Shukronalik,hayot go`zalliklari va tabiat ko`rkamliklaridan bahramandlikka undash,dunyo lazzatlariva chin do`stlar davrasida bo`lganidagi quvonch, bahor latofati va sozlar navosidan yayrash shoir devonidagi ko`plab she`rlarda bosh g`oya darajasiga ko`tarilgan. III.Yakuniy qism. Aqliy hujum.Mavzu bo`yicha savol-javob o`tkaziladi. ―Venn‖diagrammasi A.Navoiy va Z.M.Bobur ijodlaridan ―Mushoira‖o`tkaziladi. Mavzu xulosalanib, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling