Tarbiyviy tadbirlarni tashkil etish usullari. Bayram tadbirlarini tashkil etish usullari


Download 48.25 Kb.
bet2/3
Sana04.05.2023
Hajmi48.25 Kb.
#1424737
1   2   3
Bog'liq
Tarbiyviy tadbirlarni tashkil etish usullari.

Gul bayramlari. Gul bayramlari tabiatdagi eng go`zal mo``jizalarning biri – gullarga bag`ishlangan shodiyonadir. Ma`lumki, gul - bu hayotning ko`rki, shodlik manbai. SHuning uchun ham gul bilan uchrashish - go`zallik bilan uchrashish, go`zallik bilan uchrashish esa, xursandchilik, baxtiyorlik, bayram kayfiyati demakdir.
Go`zallikni tabiatan nafis his etuvchi ko`pgina xalqlar qadimdan «go`zallik malikasi» - gulga bag`ishlab turli marosim va sayillar yaratganlar.
SHaharda, jumladan, O`zbekiston territoriyasida qadim zamonlardan beri qir-adirlarda maysalar yashnashi, gullar qiyg`os ochilishi munosabati bilan turli sayillar o`tkazilgan. Tarixiy manbalarga qaraganda, Xorazm va Buxoroda «qizil gul sayli», Farg`ona vodiysi, Qo`qon va Toshkent atroflarida «Lola sayli», ba`zi tog`li rayonlarda, xususan, CHust va Denov rayonlarida «Sumbula sayli» kabi bayramlar uyushtirilgan. SHuni ta`kidlash kerakki, an`anaviy (lola) gul sayillari va zamonaviy gul bayramlari kelib chiqishi jihatidan ma`lum ma`noda bir-biridan farq qiladi. Ba`zi tadqiqotchilar bu ikki o`ziga xos sayil va bayramlarni bir-biridan ajratolmay, umumiy tarzda izoh beradilar. Biroq ularda o`zlariga xos asosiy xususiyatlari mavjud bo`lib, ana shular haqida ba`zi aniqliklar kiritish maqsadga muvofiq bo`ladi.
An`anaviy gul (lola) sayillari bahor fasli tabiat qo`yni - sayilgohlarda uyushtirilsa, zamonaviy gul bayramlari esa yozning oxiri - «baxmal mavsum»da shahar va qishloqlar gullarga burkangan bir paytda madaniyat va istirohat bog`larida o`tkaziladi. Gul sayillari qadimdan an`anaviy tarzda uyushtirilib kelingan, gul bayramlari esa rivojlangan davrda shakllangan bayramdir. O`zbek xalqi hayotida gul sayillariga oid boy an`analar bo`lgani sababli, ular asosida qiziqarli zamonaviy gul bayramlari vujudga kelmoqda. Xalqdan meros bo`lib kelayotgan an`anaviy gul sayllari hozirgi davrga kelib yanada yangi mazmun bilan boyidi.
«Qizil gul sayli», asosan, hamal (mart) oyining oxirlarn Xorazm va Buxoro oblastlarida o`ziga xos qiziqarli shakllarda uyushtirilgan. A.X. Hamroev bergan ma`lumotlarga qaraganda, «Qizil gul sayli» (sayli-guli surx) taxminan, bir haftadan bir oygacha davom etib, uning qatnashchilari bir joydan ikkinchi joyga ko`chib sayil qilib yurishgan. Sayil o`tkazilayotgan qishloqlar va sayilgohlarda bir joyda kun bo`yi ashulalar aytishgan, raqsga tushishgan. Ikkinchi maxsus belgilangan joyda masxaraboz va dorbozlar tomosha ko`rsatishgan, uchinchi joyda, xo`roz, qo`chqor, tuyalar urishtirilgan, ko`pkarilar (uloqlar) tashkil qilingan. To`rtinchi joyda katta bozor uyushtirilgan, beshinchi joyda lazzatli taomlar pishirilgan va hokazo.
O`tmishdagi bunday xalq bayramlariga mahalliy amaldor va diniy arboblar «qora xalqning ko`ngilxushligi» deb, qizil gul bayramlarida qatnashishni o`zlariga ep ko`rmaganlar. Xorazmda «Qizil gul» maxsus marosim bilan ochilib, unda barcha xalq, hatto xotin-qizlar ham erkin qatnashgan. Aholi bir-birlarini gullar bilan tabriklashgan. Musobaqa va o`yinlar uyushtirilgan, san`atkorlarning chiqishlarini tomosha qilganlar. Yigitlarning o`zlariga yoqqan qizlarga olma, anorlar otishi sayilning o`ziga xos o`yinlaridan biri sifatida namoyon bo`lgan. Sayil davomida yosh yigit-qizlar ishqi tushib, tanlaganlariga yosh bolalar orqali har xil shirinliklar, holva, mayiz yuborishgan. O`z navbatida, qizlar ularni ma`qul ko`rsa, «javob» shirinliklarini yo`llashgan.
Buxoro va Xorazmda o`tkaziladigan gul sayillaridan shu narsa yaqqol ma`lum bo`ladiki, ular deyarli diniy elementlardan holi bo`lib, haqiqiy xalq sayillari sifatida uyushtirilgan.
Hozirgi kunda «qizil gul sayli» ma`lum ma`noda zamonaviylashib, mehnatkash xalqning dalalarga chiqib mazmunli dam olish shakliga aylangan.
Sumbula sayli ham bahorda tog` yonbag`irlarida turli gullar, jumladan, sumbulalar ochilgan vaqtda o`tkaziladi. Tabiat go`zalliklarining birlashgan joyi: bir tomoni tog`, ikkinchi tomoni suv (ko`l, daryo, soy), uchinchi tomoni o`rmonga ega bo`lgan er dam olish, go`zallikdan bahramand bo`lish uchun eng qulay joy hisoblanadi. O`zbekistonda bunday joylar kam emas. Masalan, CHust rayonidagi Toshqo`rg`on ana shunday tabiiy go`zalliklar birlashgan joy. Baland tog`lar, oppoq qorlardan hosil bo`lgan «G`ova» soyi va uning atrofidagi yovvoyi, mevali daraxtlar, turli qushlar va hayvonlar yashaydigan o`rmonzor aynan sayil qilish uchun eng qulay joy.
Lola sayli - bu bahor fasli qir-adirlarda lola qiyg`os ochilgan paytlarda shahar va qishloq ahli dalalar va bog`-rog`larga kollektiv bo`lib chiqib, nishonlanadigan bayram.
Etnograflarning bergan ma`lumotlariga qaraganda, «Lola sayli» bayramini xalq tomonidan saylangan «Lolachi»lar boshqarganlar. Bayram o`ziga xos marosimlar, maxsus aytiladigan qo`shiqlar, tomoshalar, o`yinlar bilan boy bo`lib, butun aholining sayilgoh tomon yo`l olishidan boshlangan.
«Lola sayli» hozirgi kunda aprel’ oyining ikkinchi yarmida O`zbekistonning ko`pgina joylari, jumladan, Toshkent oblastining Bo`stonliq, Parkent, Keles rayonlarida, shuningdek, Farg`ona vodiysi, Samarqand oblasti rayonlarida shanba va yakshanba kunlari uyushtirilmoqda. SHahar sanoat korxonalari, o`quv va madaniyat muassasalari mehnatkashlarning tabiat qo`yniga chiqib dam olishlari uchun maxsus avtobuslar tashkil qilishmoqda. Sayilgohlarga kollektiv bo`lib chiqqan kishilar o`yin-kulgi, ashula-raqslar uyushtirishmoqda, lazzatli taomlar tayyorlab yaxshi dam olishmoqda.



Download 48.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling