21. Sillogizning birinchi figurasini toping.
*A) M-P B) P-M C) M-P D) P-M E) barcha javoblar to’g’ri
S-M S-M M-S M-S
22. SHartli sillogizm deb nimaga aytiladi?
*A) asoslarning biri yoki ikkisi ham shartli hukmdan tashkil topgan sillogizmga aytiladi
B) asoslaridan biri shartli, ikkinchisi qat’iy hukmdan tashkil topgan xulosa chiqarishga aytiladi
C) asoslaridan biri yoki ikkalasi ham ayiruvchi hukmdan tashkil topgan sillogizmga aytiladi
D) asoslardan biri shartli hukmdan, ikkinchisi ayiruvchi hukmdan tashkil topgan sillogizmga aytiladi
E) asoslardan har biri polisillogizmdan tashkil topgan sillogizmga aytiladi
23. Asoslaridan biri yoki xulosasi tushirib qoldirilgan sillogizm mantiqda qanday nomlanadi?
*A) entimema B) polisillogizm C) sorit D) epixeyrema E) defitsit
24. Regressiv polisillogizm nima?
A) asoslaridan biri yoki xulosasi tushirib qoldirilgan sillogizm
*B) bir sillogizmning xulosasi ikkinchi sillogizmning kichik asosi o’rnida kelsa, bunday sillogizm progressiv polisillogizm deyiladi
C) bir sillogizmning xulosasi ikkinchi sillogizmning katta asosi o’rnida kelsa, bunday sillogizm progressiv polisillogizm deyiladi
D) qisqartirilgan murakkab sillogizm bo’lib, uning har bir asosi entimema, ya’ni qisqartirilgan sillogizmdir
E) pollisillogizmni to’liqsiz induksiya shakliga keltirish
25. Isbotning tuzilishi?
*A) tezis, argument va demonstratsiya B) tushuncha, hukm va xulosa chiqarish
C) sillogizm, entimema va epixeyrema D) muammo, faraz va nazariya
E) to’g’ri javob yo’q
26. Muammoli vaziyat nima?
A) bilish taraqqiyotining turli bosqichlari va bo’g’inlarida olam va uni bilish haqidagi mavjud tasavvurlarni, bilish metodi va vositalarini o’zgarishning ob’ektiv zaruriyati
B) javobi bevosita mavjud bilimda bo’lmagan va yechish usuli noma’lum bo’lgan savol
C) o’rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli taxmin tarzidagi bilim
D) ma’lum bir predmet sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, g’oyalarni sistemaga solib, u haqida yaxlit tasavvur hosil qiladigan, yangi fundamental umumlashmalar yaratishga olib keladigan, shu sohadagi hodisalarni tushuntirish, oldindan ko’rish imkonini beradigan ishonchli bilim
E) munozara jarayonida suhbatdoshiga o’z fikrini ifodalay olmaslik holati
Do'stlaringiz bilan baham: |