Tаriхshunоslik fanidan o`quv uslubiy majmua bilim sоhаsi: Gumаnitаr sоhа
Download 1.54 Mb.
|
portal.guldu.uz-TАRIХSHUNОSLIK (1)
1.4. Ushbu kursning mazmuni:
«Manbashunoslik va tarixshunoslik» kursini 4 kurs 8 semestrda o`rganish jarayonida mavjud o`quv dasturiga asoslangan holda masalalarning tub mohiyati, tarixiy manbalar turlari, tarixiy davrlarga oid manbalar haqida bilimlar beriladi. 1.5. Fanni o`zlashtirgan talabaning malakaviy darajalari Fanni o`zlashtirgan talaba: Talabalar O`zbekiston tarixining turli bosqichlarida, hususan ibtidoiy davrdan to xozirgi kunlarga qadar insoniyat tomonidan yaratilgan asarlarning yuzaga kelishi va ularning o`ziga xos xususiyatlarini bilishi; «Manbashunoslik va tarixshunoslik» fanini o`rganish jarayonida Vatanimiz hududidagi ilk tsivilizatsiyalar va davlatchilikka oid asarlar, “Avesto”, qadimgi tosh bitiklar, g`orlarga chizilgan sura`tlar, to`g`risida bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishi; «Manbashunoslik va tarixshunoslik» fanini o`rganish jarayonida SHarq Renessansi taraqiyotining mohiyatini bilishi; «Manbashunoslik va tarixshunoslik» fanini o`zida aks ettirgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolar, o`zbek xalqining yuzaga kelishi tarixi va o`ziga xos xususiyatlari, turli hududlarda paydo bo`lgan dastlabki moddiy va yozma manbalarning O`zbekiston xalqlariga o`zaro ta`siri haqida tasavvurga ega bo`lishi; «Manbashunoslik va tarixshunoslik» kursinining asosiy bosqichlarini, davrlarning roli va o`rnini, daliliy xulosalarini umumlashtirish uchun aniq tarixiy ma`lumotlarni bilishi va ulardan foydalana olishi; «Manbashunoslik va tarixshunoslik» kursinining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari bo`yicha manbalarini qidirishi va o`rganishi, O`zbekiston tarixini o`rganishda oid ashyolar, manzilgohlar, manbalar va me`morchilik yodgorliklarini tahlil qilishi; O`zbekiston tarixini davrlashtirish va sanalari, ibtidoiy to`da davri, antropogenez jarayonining mohiyatini bilishi; O`zbekiston tarixidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xo`jalik - faoliyati, ma`naviy madaniyatni tahlil qilishda manbashunoslik va tarixshunoslik fanining rolini, mohiyatini bilishi; O`zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, davlat suverinitetining tarixiy ahamiyatini, Vatanimizning mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma`naviy, siyosiy ravnaqini manbalar asosida tahlil qila olishi; Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling