Tаriхshunоslik fanidan o`quv uslubiy majmua bilim sоhаsi: Gumаnitаr sоhа


Download 1.54 Mb.
bet3/64
Sana26.03.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1298119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
portal.guldu.uz-TАRIХSHUNОSLIK (1)

1.2. Fanning maqsadi.
1.2. Kursning vazifalari:
YUqorida ta`kidlangan maqsaddan kelib chiqib, fanni o`qitishda quyidagi vazifalarni hal etish ko`zda tutiladi:

  • Turli manbalarni o`rganish hamda ulardan ilmiy foydalanishning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish;

  • Tarixiy manbalar turlarini tasniflash;

  • O`zbekiston tarixining turli davrlariga oid manbalar haqida tushuncha hosil qildirish;

  • Talabalarda tarixiy manbalar bilan ishlash malakalarini takomillashtirish.

  • Talabalarga tarixiy hodisalar nima va ularning ijobiy yoki salbiy oqibatlar farqini ko`rsatish, asoslash hamda, tarix, etnografiya, arxeologiya, antropologiya, manbashunoslik, tilshunoslikka oid dalillarni qo`llashga o`rgatish;

  • Tarixiy qonuniyatlar bilan talabalarni tanishtirib borish;

  • Tarixiy voqea-hodisalarni izohlab, analitik tahlilga qarab yo`naltirilgan tadqiqot olib borish yo`lini o`rgatish;

  • Berilayotgan dalillarga o`z munosabatlarini bayon qilish zarurligini anglatish va bunga ko`niktirish yo`llarini izlash;

  • Voqealarning to`g`ri yozilish yo`llarini, to`g`ri va oqilona holatda izoh berish yo`llarini o`rgatish;

  • Respublikamiz hududi tarixini o`rganishni kuchaytirish, O`zbekistonning asl tarixini yaratish uchun hamda amaliy tadqiqotlar olib borishni davom ettirish zarurligini ko`rsatish;

  • YOshlarda tarixga muhabbat, ajdodlar xotirasiga xurmat, moddiy va ma`naviy merosni ko`z qorachig`iday asrash hissini uyg`otishni ko`zda tutadi.

1.3. Kursni o`rganishda talaba tarixiy manbalar, ko`rgazmali qurollar, statistik ma`lumotlardan, davriy marbuot, arxiv hujjatlari, Internet resurslaridan foydalanish, shuningdek, mushohada, tahlil usullaridang keng foydalanishni va tadqiqotlarni tarixshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilishni o`rganadi. Kursni o`rganishda “O`zbekiston tarixi” fanidan olingan bilimlarga suyanadilar. Bundan tashqari bu fan asoslarini teran anglashda talabalarga “O`rta asrlar tarixi”, “Arxivshunoslik”, “Epigrafika”, «Paleografiya» kabi fanlar ham asqotishi shubhasiz.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling